Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Download 3.78 Mb.
bet97/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Fosgen — rangsiz gaz bo‘lib, undan achigan xashakka xos kuchsiz hid keladi. O‘yuvchi ishqorlar, novshadil spirti, sodaning suvdagi eritmasi fosgenni tez parchalab yuboradi. Fosgen nafas olish organlarini shikastlaydi: og‘izda shirinroq maza seziladi, inson biroz yo‘taladi, uning boshi aylanadi, inson o‘zini umuman darmonsiz sezadi. Fosgenda yashirin ta’sir etish davri bo‘lganligidan zararlanishning dastlabki alomatlari 4—6, ba’zan esa 12 soatdan keyin seziladi.
Ta’sirlovchi zaharli moddalarga xlorasetofenol, adamsit, dibenzoksazepin kiradi. Bu moddalar ko‘z va nafas yo‘llarini shikastlaydi.
Kimyoviy zaharlanish o‘chog‘i — bu zaharli moddalar ta’sirida bo‘lgan hudud. Bunday hududda odam va hayvonlar shikastlanadi yoki ularning shikastlanishi mumkin bo‘lib qoladi. Kimyoviy zaharlanish o‘chog‘ining tavsifi, awalo, dushman tomonidan ishlatilgan zaharli moddalaming turiga va ishlatilish usuliga, meteorologik sharoitga va joyning relyefiga bog‘liq. Kimyoviy qurol bevosita ishlatilgan zonada havoni zaharlovchi zaharli moddalar bug‘i va aerozol hosil bo‘ladi. Zaharli moddalar bug‘i (zaharlangan havodan iborat birlamchi bulut) shamol esgan tomonga qarab, bir necha o‘n kilometrga tarqalishi mumkin, bu esa odamlar va hayvonlaming, har xil obyekt va narsalaming zaharlanish xavfini oshiradi. Zaharlangan havoning saqlanish vaqti va tarqalish masofasiga shamolning yo‘nalishi, tezligi, zaharli moddalar, havo harorati, yil fashi katta ta’sir ko‘rsatadi. Zaharlangan bulut daryolar, qiyaliklar, daralar va jarlar bo‘ylab uzoq masofalarga tarqaladi. Chuqur daralar, o‘tloqlar, botqoqlildar, jarlar, daraxtzorlar, aholi yashaydigan punktlar zaharli moddalar uzoq vaqt turib qoladigan joylar bo‘lishi mumkin.
Shaharlarda zaharlangan bulut ko‘chalar, tonnellar, quvurlar bo‘ylab katta masofaga tarqaladi. Zaharli moddalar bug‘i berk dahalar, saylgohlarda turib qolishi mumkin. Zaharli moddalar bug‘i germetik qilinmagan yashirinish joylariga, xonadonlarga, yerto‘lalarga kira oladi, yo‘lak va tom ustida turib qoladi. Turg‘unmas zaharli moddalar ishlatilishi paytida havoning yerga yaqin qatlamida zaharlangan bulut hosil qiladi. Bu bulut esa shamol esgan tomonga qarab boradi va tezda yoyilib ketadi. Joyning ochiq, shamol o‘tib turadigan uchast- kalarida havo zaharli moddalar bug‘idan tezda tozalanadi. Ammo zaharlangan havo berk dahalarda, hovlilarda va boshqa joylarda turib qolishi mumkin. Himoyalanish choralarini tez ko‘rish uchun joy va havoning zaharlan- ganligini ko‘rsatuvchi o‘ziga xos alomatlarni yaxshi bilish kerak. Zaharlanganlikni ko‘rsatuvchi tashqi belgilar tuproq, daraxt barglari, bino devorlari va boshqa narsalardagi tomchilar bo‘lishi mumkin. Kimyoviy qurol portlaganda, joy tepasida kichikroq bulut hosil bo‘ladi. U ba’zan biror ochroq rangga kiradi. Bulutni shamol tez tarqatib yuboradi. Agar dushman zaharli moddalarni to‘kuvchi aviatsiya asboblari yordamida ishlatgan bo‘lsa, samolyot havoda sezilarii darajada to‘q yoki sal bo‘yalgan tuman yo‘l qoldirishi mumkin. Zaharli moddalar ishlatilganlik alomatlari payqaldi deguncha, himoyalanish choralari darhol ko‘riladi (gazdan himoyalanish niqobi va terini himoya qilish vositalari kiyib olinadi).

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling