Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


А19/6-Mashg’ulot: Fuqaro muhofazasining himoya inshootlari mavzusi bo’yicha mashgulotlarga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish uslubiyoti


Download 3.78 Mb.
bet108/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

А19/6-Mashg’ulot: Fuqaro muhofazasining himoya inshootlari mavzusi bo’yicha mashgulotlarga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish uslubiyoti.
Reja

        1. Aholini muhofaza qilishning muhandislik vositalari (pana joylar).

2. Radiatsiyadan yashirinish joylari, yertoja va boshqa joylami muhofaza inshootlariga moslashtirish.

        1. Aholini muhofaza qilishning muhandislik vositalari (pana joylar).

Aholini radiatsiyadan muhofazalash uchun turli xildagi inshootlar mavjud. Muhofaza inshootlari aholini muhofazalovchi ishonchli vositadir. Bu inshootlar aholini turli favqulodda vaziyatlardan hamda ommaviy qirg‘in qurollarining ta’sir etish omillaridan saqlaydigan boshpana hisoblanadi. Muhofazalovchi inshootlar muhofazalash xususiyatiga ko‘ra, pana va radiatsiyaga qarshi pana joylarga bo‘linadi. Bunday inshootlar quyidagi xususiyatlardan kelib chiqqan holda quriladi:
1.Yo‘nalishga ko‘ra — fuqarolarni saqlashga, boshqamv tizimlarini joylashtirishga mo‘ljallangan.
2. Joylashgan o‘miga ko‘ra — alohida joylashgan (metropolitenlar va tog‘-kon qurilishlari).
3. Qurilish muddatiga ko‘ra — boshpana RSB (radiatsiyadan saqlovchi boshpana) va oddiy boshpanalar. Pana joylar — bu maxsus inshoot bo‘lib, u yashiringan odamlami yadroviy portlashdan, zaharlovchi moddalardan, bakterial vositalardan, shuningdek, yuqori harorat, yong‘in paytida zaharli gazlardan muhofaza qiladi.
Boshpanalar odamlami qabul qilish soniga qarab besh guruhga bo‘linadi. Kichik hajmdagi boshpana 150—300 odamni, o‘rtacha boshpana 360—600, katta boshpana esa 600 dan ko‘p odamni qabul qiladi.
Pana joylar asosiy va yordamchi binolardan iborat. Asosiy binoda yashirinuvchilarni joylashtirish joyi va ikki yoki uch qavatli so‘ri mavjud. Ikkinchi yordamchi binoda sanitariya tarmog‘i, havoni tozalab almashtirib beruvchi kamera va sig‘imi katta inshootlarda tibbiyot xonasi, oziq-ovqat saqlanadigan ombor, artezian quduq va dizelli elektr stansiyasi uchun xona mavjud. Saqlanuvchi joyda, qoidaga muvofiq, kamida ikkita kirib-chiqish eshiklari, kichik pana joylarda kirish va avariya vaqtida chiqadigan eshiklar bo‘ladi. Ofat yuz berganda, qo‘shimcha eshiklardan narvon bilan yoki shunday ko‘chaga chiqish mumkin. Halokat paytida eshiklardan yerosti yo‘llari orqali shaxtaga chiqiladi. Ko‘p o‘rinli (300 dan ortiq odam) inshootlarda quriladigan eshiklarning bittasiga shluzli dahliz, zararlangan havodan muhofaza qilinadigan sirtqi va ichki shamol kirmaydigan eshiklar bilan jihozlanadi. Havo tozalash tizimi havoni changlardan tozalovchi va havoni tozalab almashtiruvchi tartibda ishlaydi.
Pana joyning energiya, suv isitish, kanalizatsiya tarmoqlari tashqi tarmoqqa ulangan. Ular shikastlanganda pana joylar ko‘chirma elektr fonarlar, suv zaxiralari, chiqindilar uchun idishlar bilan ta’minlangan.
Bulardan tashqari, tekshirish va nazorat qilish majmuyi, muhofaza kiyimlari, yong'inni o‘chiruvchi moslama tayyor holatda saqlanadi. Aholi pana joylaiga joylashganda u yerda quyidagilar taqiqlanadi:
— zaharlovchi moddalaming dog'i, izlari mavjud kiyimlar bilan kirish;
— radioaktiv zaharianish sodir bolganda zaharlangan kiyim bilan kirish;
— poyabzaldagi chang va loy, qor bilan kirish;
— chekish, to‘polon qilish;
— ruxsatsiz kerosinli lampalami yoqish;
— sham, tez alangalanuvchi moddalardan foydalanish;
hayvonlami olib kirish;
— yosh bolali onalar, kasallar alohida ajratilgan joylarga joylashtiriladi.


Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling