Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Download 3.78 Mb.
bet59/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Fransiya


  • DPSD mudofaa xavfsizligi boshqarmasi

    • Davlat harbiy kontrrazvedka xizmati, Fransiya razvedka hamjamiyatining a'zosi

    • maqsadi: Fransiya Qurolli Kuchlari joylashgan joylarda faoliyatni amalga oshiradi, shuningdek, sanoat xavfsizligi sohasida iqtisodiy kontrrazvedka funksiyalarini bajaradi.

    • hukumatga bo'ysunadi

    • boshliq - direktor

    • shtab-kvartirasi: Fort de Vanves, Stalingrad bulvari 141, Parijning G'arbiy Faubourgi Malakoff, Hauts-de-Seine departamenti

    • tashkil etilgan: 1981-yil 20-noyabr

    • oldingi: 1948-yil 31-yanvar, Qurolli Kuchlarning yaqona xavfsizlik xizmati. 


А16/9-Mashg’ulot: Kuzatuvchi va uning vazifalari. Joylarni kuzatish usullari.



      1. Kuzatuvchi va uning vazifalari.

      2. Joylarni kuzatish usullari.




      1. Kuzatuvchi va uning vazifalari.

Kuzatish uchun joy tanlash. Ko‘rinish cheklangan sharoitda joy va joydagi predmetlarni o‘rganish Joy va dushman razvedkasini olib borish uchun askar kuzatuvchi qilib tayinlanishi va kuzatish posti tarkibida harakatlanishi mumkin. Kuzatish posti yashirincha jihozlanadi, niqoblanadi va dushmanni kuzatish uchun kerak bo‘lgan barcha vositalar bilan ta’minlanadi. Kuzatish punkti uchun joy, joyni va dush manning postdagi predmetlarini, o‘z qo‘shinlari harakati ko‘rsatilgan polosada imkon qadar, uzoqlikdan kuzatish imkonini ta’minlashi kerak. Odatda, kuzatish uchun polosa dushmanni razvedka qilishdan tashqari, o‘z qo‘shinlari harakatini kuzatib borish; sektor faqat dushmanni va o‘ta kesishgan sharoitli joyni kuzatish uchun belgilanadi. Kuzatuv postida okopda, transheya da, snaryad (bomba) portlagan chuqur maxsus jihozlangan inshootda, jangovar mashinada yoki kuzatish qulay bo‘lgan joyda bo‘lishi mumkin.


Kompas —ufq (gorizont) tomonlarni to‘g‘ri aniqlash uchun kerak. Yirik masshtabli xarita — 1:25000, 1:50000 unga kuzatuv posti shartli belgisining kuzatuv sektorini, dushman paydo bo‘lib qoladigan yo‘nalishni, dushman mudofaasining old chegarasini, uning o‘t ochish vositalari joyla shuvi va boshqalarni chizish uchun ishlatiladi. Durbin — bu kuzatish vositasi bo‘lib, uning yordamida joy va dushmanni kuzatuvchi kuzatadi. Durbinning optika tizimi shunday qurilganki, undankuzatilganda barcha predmetlar haqiqiy joylashuvchidan 2 dan 15 maro tabagacha yaqin masofaga keltiriladi. Kuzatish jurnali — kuzatish natijalari haqida barcha ma’lumotlarni kiritishga mo‘ljallangan. Soat — aniq vaqtni bilish uchun foydalaniladi. Telefon (radiostansiya) — komandir bilan aloqa bog‘lab turish hamda kuzatuv natijalarini yuborish uchun foydalaniladi. Ofitser chizg‘ichi va qalami — xaritada ishlash uchun mo‘ljallangan. Kuzatuv punkti ko‘rsatilgandek bo‘lishi kerak. Kuzatuv posti plansheti — dala sharoitida dushman va joyni razvedka bilan kuzatuv olib borishni shaxsiy tarkibga yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling