Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Joyda xaritasiz mo‘ljal (oriyentir) olish


Download 3.78 Mb.
bet64/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

2. Joyda xaritasiz mo‘ljal (oriyentir) olish.
Joyni o‘rganish va qo‘llashda jangovar nizomlarning talablari.

Zamonaviy umumqo‘shin jangi o‘zining tezkorligi, o‘zgaruvchanligi, sharoitni tez va to‘satdan o‘zgaruvchanligi bilan ko‘rinadi. Qo‘shinlarda yuksak o‘tuvchan va chaqqon xarakatlanuvchi texnikalarning mavjudligi joylarda turli jangovor topshiriqlar bajarish imkonini yaratadi. Shunga qaramay joylarning fiziko-geografik sharoitlari va tuzilishlari, jangovor xarakatlar olib borilishiga turlicha tahsirini o‘tkazadi.


Bahzi bir xolatlarda joy va uning xar-xil tuzulishi jang olib borilishiga ham ijobiy, ham salbiy tahsirini o‘tkazishi mumkin. Jangovor amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bir xil ko‘rinishdagi joy, kimki shu joyni yaxshi o‘rganib, undan moxirona foydalana olsagina, muvofaqqiyat va qulaylikga ega bo‘ladi.
Joyning jangni tashkillash va olib borishga tahsiri doimiy emas, u jang olib borish usullari, yangicha jang olib borishning takominlanishi va qismlarda zamonaviy harbiy texnikalarning paydo bo‘lishi tufayli o‘zgarib turadi. Zamonaviy jangda oddiy qurollar yoki boshka zamonaviy ommaviy qirg‘in qurollari qo‘llanilishi mumkin. Katta talofat etkazish qudratiga ega bo‘lgan yangi qurollar faqat shaxsiy tarkib xamda texnikalarni yakson qilibgina qolmay, maxalliy jismlarga ham zarar etkazadi, joyning relg‘efini, uning taktikaviy va ximoyalanish xususiyatlarini ham o‘zgartirib yuborishi mumkin. Shuning bilan bir qatorda joyning tuzulishi, ayniqsa relg‘fning ko‘rinishi xamda joydagi xaqiqiy va yasama jismlar dushman tomonidan ommaviy qirg‘in qurollari qo‘llanilganda shaxsiy tarkib va texnikalarni yakson qilishga tahsirini kuchaytirish yoki kuchsizlantirish kabi omillarga egadir. Shunday kilib, zamonaviy jangda joyni o‘rganishda va baxolashda uning ximoyalanish xususiyatlarini xisobga olish zarurdir.
Joyning ximoyalanish xususiyatlari birinchi o‘rinda relg‘ef ko‘rinishi va o‘simliklar qoplami bilan ifodalanadi.
Tabiiy yashirinish vositalari sifatida g‘orlar, shaxtalar, tunellar va shu kabi er osti qurilmalaridan foydalanish mumkin. Kichik gurux va askarlarga berkinish joyi sifatida chuqurliklar xamda tabiiy pastlik va balandliklar (kanava, kurgan, jarliklar va boshkalar) qo‘l keladi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling