Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Joyning kuzatuv sharoiti va yashirinishga bo‘lgan tahsiri


Download 3.78 Mb.
bet67/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Joyning kuzatuv sharoiti va yashirinishga bo‘lgan tahsiri.
Joylarning ko‘rinuvchanlik va yashirinuvchanlikga tahsiri, ularning umumiy ko‘rinishi, ko‘rinish uzoqligi, shuningdek relg‘ef tuzulishi, o‘simlik qoplami va maxalliy jismlarga bog‘likdir.
Bir yoki bir nechta yo‘nalishlar ko‘rinishi yaxshi bo‘lgan joydagi aloxida ajralib turgan balandlik qumondonlik tepaligi deyiladi.
Joylarning yashirinish xususiyatlari undagi relg‘ef va maxalliy jismlar yordamida paydo bo‘lgan tabiiy berkinish vositalari xamda joyning umumiy ko‘rinishi va rang-barangligi bilan ifodalanadi.
YAshirinish uchun eng qulay sharoit o‘rmonlar va kesishgan joylardir.
Xar qanday joyni kuzatish va yashirinish sharoitini baxolashda avvalom bor undagi relg‘ef va maxalliy jismlarning umumiy ko‘rinishiga nisbatan qulayligi xamda noqulayligi inobatga olinadi.
Shunga qarab joylar:
- ochiq
- yarimyopiq
- yopiq joylarga bo‘linadi.
Ochiq joylar relg‘ef va joyda jismlar yordamida paydo bo‘lgan yashirinish xususiyatlaridan maxrum yoki ular maydonning 10%dan kamroq joyni egallaydi. Bunday joylarni qo‘mondonlik tepaligidan kuzatish oson, ular jang maydoni kuzatuvini engillashtiradi, lekin dushman kuzatuvidan va otishmadan yashirinishga xalaqit beradi. Shunday ekan ochiq joy, dushman xarakatini qulay kuzatish va barcha qurol turlaridan uni yakson qilish uchun ximoyaning oldingi tomonida bo‘lishi kerak.
Maydonning 20% atrofida tabiiy niqoblarga ega bo‘lgan qir-adirlik, past tog‘lik yoki tekkis relefli joylar yarimyopiq joylar deyiladi. Joylardagi mavjud tabiiy niqoblar, o‘rinda turgan qo‘shinlarning yashirinishini taminlaydi. Biroq, bunday joylarning taxminan 50% ini qo‘mondonlik tepaligidan kuzatish mumkin.


Yopik joylardan esa maydonning 25% dan kam bo‘lgan qismini kuzatish mumkin. Bunday joylar dushman o‘qidan saqlanishga va yashirinishga qulay sharoit yaratadi, lekin jangni boshqarishga, mo‘ljallantirish va birgalikda xarakatlanishini qiyinlashtiradi.



Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling