Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Joylarning asosiy turlari, ularning taktik va ximoyalanish xususiyatlari


Download 3.78 Mb.
bet68/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Joylarning asosiy turlari, ularning taktik va ximoyalanish xususiyatlari.

Joylarning turlari asosan maydonning va o‘simliklar qoplamiga qarab tariflanadi. Relg‘ef tuzulishiga ko‘ra joylar, tekisliklar, past - balandlik va tog‘liklarga bo‘linadi.


Tekkis joylar gorizont ko‘rinishi darajasida relg‘ef tuzulishi tekkis yoki yassi adirliklar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Ularda bilinmas tepaliklar mavjud va aniq ko‘rinadigan tepaliklar bo‘lmasligi mumkin. Tekkis joylarda ko‘rinishga va kuzatuvga xalaqit beradigan jismlar bo‘lmasa ochiq bo‘ladi, yoki maydonda o‘rmon, axoli yashash joylari, butazorlar bo‘lsa yopiq bo‘ladi.
Agar tuproq xolati xalaqit bermasa, tekkis joylar qo‘shinlar xarakati uchun barcha yo‘nalishlarda xox yo‘l bilan, xox yo‘lsiz qulaydir. Tekkis joylarda daryo va ko‘llar soni ko‘p bo‘lsa, harbiy texnikalar xarakati qiyinlashadi. Tekkis joylarni qoplagan loy, namtuproqli yo‘llardan yozning quruq xavosida va qishning muz qoplagan vaqtida ham xarakatlanish mumkin, lekin yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lsa va kuchli namgarchilik vaqtida o‘tish qiyinlashadi, bahzan esa umuman o‘tib bo‘lmaydi.
Past-balandlik joylar tekkis joylardan unchalik baland bo‘lmagan, barcha harbiy texnikalar va transportlar o‘tishi mumkin bo‘lgan tepalik va pastliklar mavjudligi bilan farq qiladi. Relg‘efning eng ko‘p tarqalgan turlariga past-balandliklar (200 m dan baland bo‘lmagan tepaliklar), tog‘ daralari (cho‘zilgan, bir tomonga qarab pasayuvchi chuqurliklar), kam darali joylar kiradi. Relg‘efining tuzulishiga qarab past-balandlik joylar yopiq yoki yarimyopiq bo‘lishi mumkin. Past – balandlik joylar qo‘shinlar xarakatiga qiyinchilik tug‘dirmay, ularning xarakatini dushman kuzatuvidan saqlash bilan bir qatorda raketa va to‘pchi qo‘shinlariga o‘q otish joylarini tanlash imkonini beradi. Adirlarning cho‘qqilaridan kuzatuv joyi sifatida foydalanish mumkin, lekin ular kesishgan joylar bo‘lganligi sababli uzoq joylar ko‘rinmasligi mumkin. Ular minaotuvchilarning o‘q otish joyi, ximoya uchun xamda berkinish va yashirinish qurilmalari uchun tabiiy qulaylik yaratadigan joylar xisoblanadi.
Tog‘lik joylar – aniq ajralib turadigan balandliklar va chuqurlik joylardan iboratdir. Relg‘ef ko‘rinishining asosini tog‘lar, adirlar, daralar, past-balandliklar va chuqurliklar tashkil qiladi.
Odatda, aylana yoki uchli ko‘rinishga ega bo‘lgan katta balandliklar tog‘lar deyiladi. Tog‘ning cho‘qqisi aylana ko‘rinishga ega bo‘lsa, bunday tog‘lar aylana tog‘lar, tekkis maydonli bo‘lsa yassi (plato) yoki uchli bo‘lsa cho‘qqi (pik) deyiladi. Tog‘ning pastki qismi esa tovon deyiladi. Tog‘ning cho‘qqisidan tovonigacha bo‘lgan yon-bag‘ir qiyalik deyiladi. Tog‘ tizmalari shakllari asosan qoyali, tik qoyali va chuqurliklardan iborat. Tog‘larning tuzulishi bir-biriga o‘xshashligi sababli tog‘larda mo‘ljallanish qiyinlashadi.



Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling