Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Takrorlash uchun nazorat savollar


Download 3.78 Mb.
bet70/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Takrorlash uchun nazorat savollar:
1. Harbiy topografiya fani va unga qo‘yilgan vazifalarni aytib bering.
2. Joyning jangdagi axamiyati bo‘yicha ma’lumot bering.
3. Joyni o‘rganish va qo‘llashda jangovar nizomlarning talablarini sanab bering.
4. Joyning taktik xususiyatlari va bo‘linmalarning jangda xarakatlanishiga tasiri ni aytib bering.
5. Joyning taktik xususiyatlarini mavsumiy o‘zgarishlari qanday turlari mavjud.
6. Joylarning asosiy turlari, ularning taktik va ximoyalanish xususiyatlari bo‘yicha ma’lumot bering.
А17/2-Mashg’ulot: Kompas, soat, quyosh va mahalliy predmetlar yordamida gorizont tomonlarini aniqlash. Magnit azimuti va uni aniqlash.
1. Kompas, soat, quyosh va mahalliy predmetlar yordamida gorizont tomonlarini aniqlash.
2.Magnit azimuti va uni aniqlash.
Tayanch iboralar:
Mo‘ljallar, mo‘ljallanish, maydonli, chiziqli, aniq, maxsus, yordamchi, kompas yordamida, maxalliy jismlar yordamida, quyosh yordamida, soat yordamida, tunda yulduzlar yordamida, umumiy mo‘ljallanish, aniq mo‘ljallanish.

1. Kompas, soat, quyosh va mahalliy predmetlar yordamida gorizont tomonlarini aniqlash.
Kompas yordamida burchaklar o‘lchash.
Bu usul bilan burchaklar o‘lchash quyidagi tartibda bajariladi:
Kompas vizir moslamasining nishon ko‘rsatgichini son ko‘rsatgichi 0 (nol) ga to‘g‘rilanadi.
Kompasni yotiq xolatda aylantirib, nishon ko‘rsatgich chapda turgan mo‘ljal yo‘nalishiga to‘g‘rilanadi.
Kompas xolatini o‘zgartirilmasdan, nishon ko‘rsatggich o‘ngda turgan jism yo‘nalishiga to‘g‘rilanadi.
Son ko‘rsatgich (shkala) bo‘yicha xisob olinadi va bu xisob, darajada aniqlanayotgan burchak o‘lchamiga to‘g‘ri keladi.
Minglikda burchak o‘lchovi o‘tkazishda nishon ko‘rsatgich avval o‘ng tomonda turgan jism yo‘nalishiga to‘g‘rilanadi, keyin esa chap tomondagi jismga, chunki minglik xisobi soat ko‘rsatgichi xarakatiga qarshi o‘sib boradi.
Millimetrli chizg‘ichlar yordamida burchaklar o‘lchash.
Millimetrli chizg‘ichlar yordamida burchaklarni burchak o‘lchami bo‘lagida va darajada o‘lchash mumkin.
Bu usul quyidagicha bajariladi:
CHizg‘ichni ko‘zdan 50 sm orliq masofada tutamiz va uni jism balandligi yoki kengligiga to‘g‘rilaymiz.

Chizg‘ichdagi 1mm ikki minglik (0-02) burchak o‘lchoviga teng bo‘ladi. Burchak o‘lchovi o‘tkazishda chizg‘ichning jism mo‘ljallar oralig‘iga to‘g‘ri keladigan millimetrlar soni hisoblab chiqiladi va 0-02 ga ko‘paytiriladi.


Olingan natija o‘lchanayotgan burchakning qiymatiga teng bo‘ladi. Rasmda ustunlar orasidagi burchak 0-32, daraxt balandligi esa 0-21 ga teng.
Burchakni darajada o‘lchash uchun, chizg‘ich ko‘zdan 60 sm oraliq masofaga chiqariladi, chizg‘ichdagi 1sm 1darajagaga teng bo‘ladi.



Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling