Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Qo‘l ostidagi jismlar yordamida burchaklar o‘lchash


Download 3.78 Mb.
bet71/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Qo‘l ostidagi jismlar yordamida burchaklar o‘lchash.
Burchaklar o‘lchashda qo‘l osti jismlari (qalam, patron, gugurt qutisi va boshqalar) dan foydalanish mumkin, qachonki ularning o‘lchovi ko‘zdan 50 sm masofada mm xisobida va mos xolda mingdan bir birligida bo‘lganligi mahlum bo‘lsa.
Joyda qo‘l barmoqlari yordamida ko‘zdan (50 sm uzoqlikda) ham burchak o‘lchash mumkin. Bosh barmoq bilan o‘rta barmoq orasidagi burchak 90 daraja, ko‘rsatgich barmoq bilan o‘rta barmoq orasidagi burchak esa 40-45 darajaga teng. Bu qiymatlarni bilgan xolda yon bag‘irlar qiyaligini aniqlash mumkin.

Yon bag‘irlar qiyaligini ofitserlar chizg‘ichi yordamida ham aniqlash mumkin. Buning uchun ipga kichik og‘irlikda yuk bog‘lab, chizg‘ichdagi transportir usti yon bag‘irga yo‘naltiriladi, ip qiymati xamda 90 daraja ko‘rsatgichi oralig‘idagi farq qiyalikning darajasini bildiradi.


Masofa o‘lchash.
Joydagi masofa bajariladigan vazifaning sharoiti va xususiyatiga ko‘ra ko‘z, avtoulov masofa ko‘rsatgichi, jismlarning uzunchoq va burchakli o‘lchami, qadam o‘lchami, yorug‘lik xamda ovoz tezligiga nisbatan, xarakat tezligi, vaqti va joylardagi geometrik qurilmalar yordamida o‘lchanadi.
Ko‘z bilan.
Ko‘z bilan masofa, joydagi biron-bir aniq bo‘lgan masofaga solishtirgan xolda aniqlanadi. Ko‘z bilan masofani o‘lchashda, uning masofasi aniq bo‘lishiga yorug‘lik, jismlar o‘lchami, uni tashqi muhit bilan o‘xshashligi, xavoning tiniqligi va boshqa sifatlar tahsir ko‘rsatishi mumkin.
Katta va alohida joylashgan qurilmalarni suv xavzalari, vodiy va daralar orqali kuzatilganda ulargacha bo‘lgan masofa qisqa, va aksincha, yorug‘likka qarshi, tumanda, yomg‘ir va bulutli xavoda qaralganda ular orasidagi masofa uzoq ko‘rinadi. YUqoridagi sharoitlarni ko‘z bilan masofa o‘lchashda inobatga olish zarurdir. Masofani ko‘z bilan o‘lchashda kuzatuvchining maxorati katta axamiyatga ega. Maxoratli kuzatuvchi 1000 metr masofani 10-15% xatosi bilan aniqlashi mumkin. Agar masofa 1000 m dan oshiq bo‘lsa, xato 30 %ni, kuzatuvchi maxoratsiz bo‘lsa, xato 50% ni tashkil qilishi mumkin.



Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling