Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Masofani jismlarning chiziqli o‘lchami bilan aniqlash


Download 3.78 Mb.
bet73/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Masofani jismlarning chiziqli o‘lchami bilan aniqlash.
Ko‘zdan 50 sm uzoqlikda joylashgan chizg‘ich yordamida kuzatilayotgan jismning balandligi (eni) millimetrda o‘lchanadi. Keyin jismning santimetrdagi xaqiqiy balandligi (eni) ni chizg‘ich yordamida o‘lchangan millimetrga bo‘linadi, olingan qiymatni doimiy son 5 (besh) ga ko‘paytiramiz va qidirilgan jismning metrdagi balandligini olamiz. Masalan, (№18 rasmga qarang) 6 m balandlikka ega bo‘lgan telegraf ustuni chizg‘ichning 12 mm bo‘lagini yopadi. Shunday qilib, ungacha bo‘lgan masofa



Masofalarni burchakli va chiziqli qiymati o‘lchanayotgan masofa uzunligidan 5-10% farq qilishi mumkin. Masofani burchakli va chiziqli o‘lchamlarda o‘lchash uchun quyida ko‘rsatilgan jadvaldagi jismlar qiymati (eni, balandligi, uzunligi) ni eslab qolish tavsiya qilinadi.
Jadval № 2

Jismlar

O‘lchami, m

balandligi

uzunligi

kengligi

eni

1. O‘rtacha tank

2-2,5

6-7

3-3,5

3-3,5

2. Zixrli transportyor

2

5-6

2-2,4

2-2,4

3. Kolyaskali mototsikl

1

2

1,2

1,2

4. Yuk avtoulovi

2-25

5-6

2-3,5

2-3.5

5. Engil avtoulov

1,6

4

1,5

1,5

6. To‘rto‘qli odam tashish vaqoni

4

20

3

3

7. To‘rto‘qli temiryo‘l sisternasi

3

9

2,8

2,8

8. Yog‘ochli aloqa ustuni

5-7

-

-

-

9. O‘rta bo‘yli odam

1,7

-

-

-



Masofani qadamda o‘lchash.
Bu usul asosan azimut bo‘yicha xarakatlanishda, joy chizmasini tuzishda, alohida qurilmalarni va mo‘ljallarni xaritaga tushirishda va boshqa xollarda qo‘llaniladi. Qadamlar hisobi asosan juft qadamlarda hisoblanadi. Uzoqqa cho‘zilgan masofani o‘lchashda, o‘ng va chap oyoqni almashtirib, qadamni uchlikda sanash qulayroq bo‘ladi.
Xar qaysi yuzta juft qadamdan so‘ng biron-bir belgi qo‘yiladi va sanoq boshidan boshlanadi. Qadam bilan o‘lchangan masofani metrga aylantirishda, juft yoki uchlik qadamlar soni bitta juft yoki uchlik qadam uzunligiga ko‘paytiriladi.
Masalan, yo‘nalishdagi ikki nuqta orasidagi masofa 284 juft qadam bo‘lsin. Bir juft qadam uzunligi 1,6 m ga teng. Unda, D= 284 x 1.6 = 454 m ga teng bo‘ladi.
Odatda o‘rta bo‘yli odam qadami 0,7-0,8 m ga teng. O‘z qadamini uzunligini quyidagi tenglama orqali aniqlash mumkin
D= R : 4 + 0,37 unda,
D – bir qadamni metrdagi uzunligi
R – odamning bo‘yi, metrda
Masalan, agar odam bo‘yi 1,84 m bo‘lsa, unda qadam uzunligi
D= 1,84 : 4 + 0,37= 0,83 m.
Qadam uzunligini aniqroq bilish uchun biron-bir to‘g‘ri chiziqli joy bo‘lagini olish kerak, masalan, 200-300 m masofaga ega bo‘lgan, oldindan o‘lchagich lentasi bilan o‘lchangan yo‘l. Juft qadamlar uzunligini taxminan olganda, uni 1,5 m ga teng deb olinadi.
Masofani qadamda o‘lchashda xarakat sharoitiga qarab, xato 2-5% ni tashkil etadi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling