Masofani vaqt va xarakat tezligi bilan aniqlashda - o‘tilgan masofa qiymatini taxminan aniqlash uchun o‘rtacha tezlikni xarakat vaqtiga ko‘paytiriladi. Piyodaning o‘rtacha tezligi soatiga 5 km ni tashkil qiladi.
Masofani ovoz va yorug‘lik tezligiga nisbatan o‘lchash.
Ovoz xavoda soniyasiga 330 metr tezlikda tarqaladi, taxminan 3 (uch) soniyada 1(bir) km tarqaladi, yorug‘lik esa soatiga 300 000 km tezlikda tarqaladi. Shunday qilib, agar portlash yuz bersa, shu joygacha bo‘lgan masofa qiymati, portlash ko‘ringan vaqtdan to uning ovozi eshitilgan vaqt orasidagi farqni 3(uch) soniga bo‘lganda chiqadi.
Masalan, kuzatuvchi portlash ovozini 11 soniyadan so‘ng eshitdi. Portlash joyigacha bo‘lgan masofa D= 11: 3=3,7 km ni tashkil qiladi.
Masofani shovqin eshitish orqali aniqlash.
Eshitish qobiliyati yaxshi bo‘lsa, tunda masofa o‘lchash oson bo‘ladi. Bu usulni sermaxsul qo‘llash uchun eshitish joyini to‘g‘ri tanlash kerak.
Tanlangan joyda, shamol to‘g‘ridan-to‘g‘ri quloqqa kirmaydigan bo‘lishi zarur. Atrofdan bir necha metr uzoqlida shovqin chiqarishi mumkin bo‘lgan jismlar (qurigan o‘tlar, butazor shoxlari, quruq barglar va x.k.z) yo‘qotiladi. Shamolsiz va ovoz yaxshi eshitiladigan tunda shovqin chiqaruvchi jismlargacha bo‘lgan uzoqlik masofasi quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan:
Jadval № 3
-
Shovqin chiqaruvchilar
|
Eshitilish uzoqligi, m
|
Odam qadami
|
40
|
Singan shox
|
80
|
Past ovoz, qurol o‘qlanishi
|
100
|
Daraxt kesilishi yoki arralanishi, (bolta ovozi)
|
300
|
Kesilgan daraxt yiqilishi
|
600
|
Yo‘ldagi texnika xarakati
|
800
|
Shag‘al yo‘ldagi tank xarakati.
|
2000
|
Do'stlaringiz bilan baham: |