Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Kompas yordamida mo‘ljallanish


Download 3.78 Mb.
bet75/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Kompas yordamida mo‘ljallanish.
Joylarda mo‘ljallanishda Adrianov va to‘pchilar kompasi keng qo‘llaniladi. Adrianov kompasi quyidagilardan iborat;

Asos (korpus)


-igna o‘tkazilgan yo‘nalish ko‘rsatkichi (to‘xtatgich bilan to‘xtatilmagan vaqtda ko‘rsatgich faqat shimolni ko‘rsatadi.)
-to‘xtatgich
-kompas ichidagi aylana sonlar ko‘rsatgichi (limb), u 120 bo‘lakka bo‘lingan bo‘lib, xar bir bo‘lagi 3 darajaga teng yoki 50 kichik burchak o‘lchagich bo‘laklariga (0-50) bo‘lingan. Sonlar ko‘rsatgichi ikki qatorli raqamlardan iborat. Ichki raqamlar soat ko‘rsatgichi yo‘nalishi bo‘yicha joylashgan bo‘lib, 0 (nol) dan 360 darajagacha bo‘ladi va xar 15 darajada yoziladi (besh bo‘lakdan keyin). Tashqi raqamlar esa soat yo‘nalishiga teskari joylashgan bo‘lib, xar beshta katta bo‘laklardan keyin yoziladi.
To‘pchilar kompasi quyidagilardan iborat;

-asos (korpus)


-burchak o‘lchash son ko‘rsatgichi (shkala)
Burchak o‘lchash son ko‘rsatgichi 60 bo‘lakka bo‘lingan bo‘lib, xar bir bo‘lak burchak o‘lchagichning 100 ta kichik bo‘lakchalariga teng. Bo‘laklar xisobi soat ko‘rsatgichi yo‘nalishi bo‘yicha o‘sadi. Kompasning asosiga mo‘ljallash moslamasi joylashtirilgan. Burchak o‘lchash son ko‘rsatgichi asosni aylantirishda, kompasning xolatini o‘zgartirmasdan, son ko‘rsatgichini nolg‘ bo‘lagiga magnit ko‘rsatgichini shimoliy uchini tez to‘g‘rilashni taminlaydi.
Kompas qopqog‘ining ichki qismida oyna joylashgan bo‘lib, u kompasni biron-bir jismga to‘g‘rilash bilan bir vaqtda, magnit ko‘rsatgichi xolatini va son ko‘rsatgichi natijasini kuzatishni taminlaydi.
Kompas bilan ishlash vaqtida shuni doim yodda tutish kerakki, kuchli elektromagnit to‘lqinlar yoki yaqin joylashgan metall jismlar, ko‘rsatgichni to‘g‘ri xolatidan adashtiradi. Shuning uchun kompas bilan ishlashda, elektro‘tkazgich tarmoqlari, temir yullari, jangovor mashinalar va boshqa katta temir jismlardan 40-50 metr uzoqlikda turish kerak.
Dunyo tomonlari yunalishlarini kompas yordamida aniqlash quyidagi tartibda bajariladi:
1.To‘g‘rilash moslamasi nishon ko‘rsatgichi sanoq ko‘rsatgichining nolg‘ bo‘lagiga to‘g‘rilab, kompasni yotiq xolatda ushlanadi.
2. Magnit ko‘rsatgichi to‘xtatgichini qo‘yib yuborib, kompasni shunday aylantirish kerakki, uning shimol tomoni nolg‘ xisobi bilan to‘g‘ri tushishi kerak.
3. Kompasni xolatini o‘zgartirmasdan, shimol tomonni ko‘rsatish uchun olingan mo‘ljalni, to‘g‘rilash moslamasi va nishon ko‘rsatgichi orqali kuzatiladi.
Dunyo tomonlari yo‘nalishlari o‘zaro bog‘langan bo‘lib, agar ulardan birortasi mahlum bo‘lsa, boshqa tomonlarini ham topish mumkin.
S himolning qarama-qarshi tomoni janub, o‘ng tomoni sharq va chap tomoni g‘arb bo‘ladi.



Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling