Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Kimyoviy qurollar uning zararlovchi omillari


Download 3.78 Mb.
bet95/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

2. Kimyoviy qurollar uning zararlovchi omillari.
Zaharlovchi moddalarning umumiy tasnifi Hozirgi kunda dunyoning bir nechta davlatlarida kimyoviy qurollar borligi hech kimga sir emas. Lekin ushbu qurollar xalqaro konvensiyalar talabiga ko‘ra ishlatilishi mumkin emas. Ushbu mavzuda kimyoviy qurol va uning insonga ta’siri to‘g‘risida tushunchalar beriladi. Kimyoviy qurol ham ko‘plab shikast yetkazish vositalari jumlasidandir. Kimyoviy qurolning ta’siri zaharlovchi moddalarning jangovar xossalaridan foydalanishga asoshangan, zaharlovchi moddalar esa odamlami, hayvonlami shikastlaydi, joyni, suv havzalari va o‘simliklami zaharlaydi. Zahariovchi moddalar raketa, aviatsiya, artilleriya, maxsus kimyoviy asboblar yordamida ishlatilishi mumkin.
Zaharlovchi moddalar joyni zaharlash uchun tomchilar holida, havoni zaharlash uchun bug‘ holida (tuman, tutun tarzida) bo‘ladi. Shu sababli inson zaharlangan havo bilan nafas olganda, terisiga, ko‘ziga, kiyimiga zaharlovchi moddalartushganda, shuningdek, zaharlangan ovqat yeganda yoki suv ichganda zaharlanib qolishi mumkin. Zaharli moddalaming shikastlash ta’siri ulaming konsentratsiyasi, zaharlash zichligi va turg‘unligiga qarab baholanadi. Zahariangan havoning hajmi biriigida zaharlovchi moddalaming og‘irlik miqdori uning konsentratsiyasi deb ataladi. Konsentratsiya, ko‘pincha 1 litr havodagi zaharlovchi moddalaming hisobidagi miqdorimg// bilan ifodalanadi. Zaharlanish zichligi joyning yoki boshqa yuzaning sathi birligidagi zahar- lovchi moddalar miqdoridir. Zaharlanish zichligini g/m2 bilan ifodalash qabul qilingan. Zaharlovchi moddaning turg‘unligi zaharlovchi moddalarning havoda yoki joyda o‘zining shikastlash ta’sirini ma’lum vaqt saqlab turish xususiyatidir.
Shikastlash ta’sirini bir necha soatdan bir necha kungacha saqlab turadigan zaharlovchi moddalar turg‘un zaharlovchi moddalar jumlasiga (Vgazlar, iprit) kiradi. Turg‘unmas zaharlovchi moddalar (sianid kislota, fosgen, xlorsian) shikastlanish xossalarini bor-yo‘g‘i bir necha daqiqagacha saqlab tura oladi. Zaharlovchi moddalami shikastlash ta’sirining tavsifiga qarab: nervni shikat- laydigan, terini yiringlatadigan, bo‘g‘uvchi, umumiy zciharlaydigan, psixo- kimyoviy, ta 'sirkmtiruvchi zaharlovchi moddalar gumhiga bo‘lish qabul qilingan. Umumiy zaharlovchi moddalar jumlasiga sianid kislota, xlorsian kiradi. Nervni shikastlaydigan zaharlovchi moddalar jumlasiga zarin va V gazlar kiradi. Bular kuchli va tez ta’sir qiladigan zaharlardir. Bu zaharlovchi moddalar inson organizmiga nafas olish organlari, teri qoplamalari va ovqat hazm qilish yo‘llari orqali kirib, asab tizimini shikastlaydi. Zarin — rangsiz yoki och sariq tushi, hidsiz, juda zaharli suyuqlik. Qishda muzlamaydi, suv ta’siriga chidamli. Yog‘larda yaxshi eriydi. Odatdagi ob-havo haroratida ishqorlar va ammiak eritmalari ta’sirida tez parchalanib ketadi. Zarin bilan zaharlanganlik alomatlari darhol namoyon bo‘ladi: ko‘z qorachiqlari torayadi, so‘lak oqadi, nafas olish qiyinlashadi, kishi qusadi, hushidan ketadi. Shundan keyin kishining qo‘l-oyoqlari qattiq qaltiray boshlaydi, og‘ir zaharlanganlaming nafas olish markazlari falaj bo‘lib qolishi va ular hayotdan ko‘z yumishlari mumkin. Zaharlanishning dastlabki alomatlari sezilishi bilan darhol gazdan himoyalanish niqobi kiyib olish hamda oiganizmga zahaiga qarshi modda (antidot) yuborish zamr, antidot esa shpris-tyubikda yoki paketlarda bo‘ladi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling