Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Download 3.78 Mb.
bet96/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Sianid kislota — rangsiz, tez buglanib ketadigan suyuqlik bo‘lib, undan taxir bodom hidi keladi. Kuchli va tez ta’sir qiladigan zahar inson organizmiga zaharli havo bilan nafas olishda kiradi. Sianid kislota bilan zaharlangan insonning og‘zida metallga xos maza seziladi, tomog‘i qiriladi, boshi aylanadi, mushaklari zaiflashadi va qo‘rquv bosadi. Zaharlanishning dastlabki alomatlari sezildi deguncha, darhol gazdan himoyalanish niqobini kiyib olish lozim. Agar zaharga qarshi moddali ampula bo‘lsa, ampulani sindirib, maska ostiga kiritish kerak. Xlorsian — rangsiz, oson uchuvchan suyuqlik bo‘lib, undan o‘tkir hid keladi. Ta’siri sianid kislota kabi umumiy zaharlashdan iborat. Xlorsian bilan zaharlangan kishining ko‘zlari va nafas olish yo‘llari qattiq shikastlanadi.
Terini yiringlaydigan zaharlovchi moddalaiga iprit kiradi.
Iprit (haydalgan iprit) — moyga o‘xshash, rangsiz suyuqlik bo‘lib, undan sarimsoq yoki xantal hidi keladi. Iprit kuyali zaharlar jumlasiga kiradi, teriga iprit tom- chilari tushsa, teri dastlab qizaradi, shundan keyin (birinchi kun oxirida) qavarib chiqadi. 2—3 kun o‘tgandan keyin pufakchalar yoriladi va ular o‘mida uzoq vaqt tuzalmaydigan yara hosil bo‘ladi. Nafas yo‘llarining iprit bilan zaharlanganlik alomatlari burun va tomoqning og‘rishi, aksirishi va burundan suv kelishidir. Inson og‘irroq zaharlanganda bromdt va zotiljam bo‘lib qolishi ham mumkin. Iprit ko‘zga, ayniqsa, tez ta’sir etadi. Iprit bug‘i ta’sir etganda ko‘zning shilliq pardasi qizaradi, sanchiq paydo bo‘ladi, ya’ni kishi o‘z-o‘zidan siqiladi, ko‘zdan yosh oqadi. Ipritning shikastlash ta’siriga xos xususiyati shundaki, u yashirin ta’sir etadi va unda kumulativlik xossasi bo‘ladi, ya’ni inson organizmida shikast to‘planib boradi.
Ruhiy ta’sir qiluvchi zaharli moddalarga Bi-Zet (BZ) kiradi. BZ alohida o‘ziga xos xususiyati bilan markaziy asab tizimiga ta’sir qilib, insonlami mhan esankiratadi, qo‘rqinch paydo qiladi yoki jismonan izdan chiqarib, eshitmaydigan, ko‘rmaydigan qilib qo‘yadi. Bo‘g‘uvchi zaharli moddalaiga fosgen kiradi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling