Farg’ona Davlat Universiteti Ijtimoiy-Iqtisodiy fakulteti


Download 194.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana26.11.2021
Hajmi194.53 Kb.
#177592
  1   2
Bog'liq
Jamiyatning ijtimoi siyosiy manaviy tizimi (Ubaydullayev Javoxirbek1)



                                     

Farg’ona Davlat Universiteti 

                                Ijtimoiy-Iqtisodiy fakulteti 

                            Mintaqaviy Iqtisodiyot yo’nalishi 

                                   19-125 guruh talabasi 

                                Ubaydullayev Javohirbek 

 

   Jamiyatning ijtimoiy siyosiy va ma'naviy tizimi. 



       Reja: 

1.Ijtimoiy sohaning asosi. 

2.Jamiyatning ijtimoiy strukturasi. 

3.O'zbekiston jamiyatining ijtimoiy tuzilmasidagi o'zgarishlar. 

4.Jamiyatning ma’naviy sohasi. 

5.Manaviyat va milliylikni o'zini-o'zi anglash. 

6.Mustaqil O'zbekistonda manaviyat va mafkuraning ro'li. 

Timologik  nuqtai  nazardan  «ijtimoiy»  degan  so‘z  «jamiyat»  atamasi  bilan 

sinonimdir.  U  keng  ma’noda  «jamiyatning  ijtimoiy  sohasi»ni  belgilaydi.  Shu 

jihatdan jamiyatning hamma sohalar – iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy sohalari ijtimoiy 

sohalar deyiladi. Biroq shu bilan birga jamiyatning alohida ijtimoiy sohasi bo‘lib, u 

–  har  xil  ijtimoiy  guruhlar,  turli  darajada  uyushgan  elatlar  (ijtimoiy  qatlam, 

strategiya, etnoslar, ijtimoiy demokrafik guruhlar, alohida jamoalar va boshqalar) 

o‘rtasidagi  munosabatlarni  ifodalaydi.  Ijtimoiy  munosabatlarning  xususiyatlari 

shundaki, ular jamiyatning hamma sohalariga kirib borgan. Ularni faqat iqtisodiy, 

siyosiy yoki ma’naviy munosabatlar, deb ajratish mumkin emas. 

Shuni aytish mumkinki, ijtimoiy sohaning asosini individning ijtimoiylashuvi tashkil 

qiladi,  ya’ni  bunga  uning  me’yorlar,  qadriyatlar,  namunali  xulq  ko‘rsatmalarini 

bajarishi kiradi. Agar iqtisodiy va ma’naviy sohalarda individ moddiy va ma’naviy 

boyliklarni  ishlab  chiqaruvchi  va  ehtiyojlarni  ta’minlovchi  bo‘lsa,  siyosiy  sohada 




siyosatning ob’ekti va sub’ekti bo‘lsa, ijtimoiy sohada esa ijtimoiy individdir, ya’ni 

u  sotsiumning  (jamiyatning)  a’zosidir.  Individ  sotsiumga  turli  guruh  va 

birlashmalar  orqali  a’zo  bo‘lgani  uchun  turli  guruh  va  birlashmalarning  faoliyati 

ijtimoiy sohaning asosiy mazmunini tashkil qiladi. Ijtimoiy birlashmalar va guruhlar 

jamiyatning ijtimoiy tuzilishini (strukturasini) tashkil qiladi. 

Jamiyatning ijtimoiy strukturasi 

jtimoiy  struktura  o‘z  tabiatiga  ko‘ra  ob’ektiv  xususiyatga  ega  bo‘lib,  u  qonun 

chiqaruvchining qarorlari bo‘yicha ta’sis etilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. 

Jamiyatning ijtimoiy strukturasi undagi guruhlarning o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro 

ta’sirini ham o‘z ichiga oladi. 

Jamiyat  strukturasining  quyidagi  turlarini  ajratish  mumkin:  demokrafik,  etnik, 

ijtimoiy-sinfiy, joylashishiga ko‘ra hududiy, kasbiy-ma’rifiy, konfessional tuzilish va 

boshqalar. 

Har bir individ yoshligi yoki keksaligi, shaharli yoki qishloqdan ekanligi, qaysi etnos, 

konfessiya  vakili,  sinf,  kasbi  va  boshqa  xususiyatlari  bo‘yicha  turli  xil  tuzilmaga 

kiradi.  Jamiyatning  demografik  strukturasida  aholining  tarkibini  jinsi,  yoshi, 

mehnatga  yaroqliligi,  aholining  zichligi  va  umumiy  soni,  o‘sish  darajasi, 

migratsiyaning xarakteri, sog‘lig‘ining holati aks etadi. Ko‘plab mutafakkirlar asrlar 

davomida  jamiyatning  demografik  holatiga  o‘z  e’tiborlarini  qaratganlar.  Ularning 

mashhurlaridan biri T.Maltus nazariyasi bo‘lib, u XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida 

«aholi o‘sishining abadiy qonuni»ni asoslab berishga harakat qildi. Bu qonunning 

mohiyati  shundan  iboratki,  «hamma  yirik  jonzot  kabi  aholi  (xalq)ning  o‘z 

tasarrufidagi oziq-ovqatga nisbatan tezroq ko‘payishga intiladi». Maltus aholining 

yashash uchun kerak bo‘lgan vositalari arifmetik (1, 2, 3, 4, 5…), aholining o‘zi esa 

geometrik (1, 2, 3, 4, 8, 16…) progressiya bo‘yicha ko‘payishini hisoblab chiqdi. Yer 

aholisining  umumiy  soni  va  zichligi  nisbatan  uncha  yuqori  bo‘lmagan  davrlarda 

Maltus  nazariyasiga  yetarlicha  ahamiyat  berilmadi.  Osiyo,  Afrika  va  Lotin 

Amerikasida demografik inqiroz aholining ko‘payib ketishi bilan bog‘liqligi Maltus 

nazariyasiga e’tibor qaratish kerakligini taqozo qildi. 



Polietnik  (ko‘pmillatli)  va  polikonfessiyaviy  jamiyat  uchun  etnik  va  konfessiyaviy 

struktura  dolzarbdir.  Birinchi  holatda  ijtimoiy  birlik,  ya’ni  qabila,  millat,  xalq 

(umuman  -etnos)  to‘g‘risida  gap  ketsa,  ikkinchisida  esa  konfessiyaviy  (diniy) 

birlashmalar  ustida  gap  boradi.  Agar  jamiyatning  etnik  tuzilmasida  etnik 

birliklarning  rivojlangan  shakli  –  millatlar  mavjud  bo‘lsa,  u  ko‘pmillatli  bo‘ladi. 

Yevropa, Amerika va Osiyodagi ko‘plab mamlakatlar shular jumlasiga kiradi. Agar 

etnik  strukturasida  qabilalar  bo‘lsa,  unday  jamiyat  polietnik  bo‘ladi.  Afrika, 

Okeaniya va Osiyoning qator mamlakatlaridagi jamiyatlar shular jumlasidandir. 

Jamiyatning  ijtimoiy-sinfiy  strukturasiga  kelsak,  u  sinflar,  qatlamlar,  tabaqalar, 

stratlardan iboratdir. Sinflar deganda odamlarning katta guruhlari tushuniladi, ular 

quyidagi  sifatlari  bilan  farq  qiladi:  a)  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  tizimidagi  ma’lum 

o‘rni; b) ishlab chiqarish vositalariga munosabati; v) mehnat taqsimoti tizimidagi 

roli; g) foyda olish usuli; d) ijtimoiy boylikdagi ulushi bilan. Lekin bir qator guruhlar 

ham  borki,  ular  sinflarga  xos  xususiyatlarga  ega  emas  (ziyolilar,  byurokratiya, 

lyumpenlar  va  boshqalar),  shunga  qaramay  ular  baribir  ijtimoiy  strukturaning 

elementi hisoblanadilar. 

Hozirgi 

zamon 


jamiyat 

falsafasida 

ijtimoiy 

strukturani 

o‘rganishda 

straktifikatsiyaviy  yondashuv  mavjud.  Uning  asoschilaridan  biri  P.A.Sorokinning 

yozishicha:  «Ijtimoiy  stratifikatsiya  –  bu  ierarxiya  darajasiga  qarab  differensiya 

qilingan  odamlar  (aholi)ning  bir  guruhlaridir.  Uning  asosi  va  mohiyati  huquq  va 

imtiyozlarning, javobgarlik va vazifalarning nomutanosib taqsimlanganligi, ijtimoiy 

qadriyatlarning  mavjudligi  yoki  yo‘qligi,  u  yoki  bu  hamjamiyatga  kiruvchi 

guruhlarni hokimiyati va a’zolar o‘rtasidagi ta’sirini bor-yo‘qligidan iborat. «Strat» 

va «sinf» tushunchalari bir-biriga yaqin bo‘lsa ham, ular bir-birlaridan farq qiladilar. 

«Strat»  tushunchasi  o‘zida  keng  doiradagi  hodisalarni  mujassamlashtirib,  «sinf» 

tushunchasiga nisbatan moslashuvchandir. 

Hududiy-yashash  strukturasi  «odamlarning  yashash  hududlariga,  ayni  bir  yoki 

turlicha 

yashash 

joylariga 

mansubligi 

bilan 


bog‘liq 

holdagi 


o‘zaro 

munosabatlarini»108 ifodalaydi. Strukturaning bu turi tarixda yaxlit, agrar, qishloq 

jamiyati  o‘zidan  shaharlarni  ajratib  chiqargan  davrda  paydo  bo‘lgan.  Bu  asosan 

mashg‘ulotlarning  yangi  turlari:  hunarmandchilik,  savdogarlik,  keyinchalik  – 




Download 194.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling