Farg’ona davlat universiteti Ingliz til va adabiyoti fakulteti


Download 12.77 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi12.77 Kb.
#1351983
Bog'liq
Hisobot Xolmatova


Farg’ona davlat universiteti
Ingliz til va adabiyoti fakulteti 
Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi

Malakaviy amaliyot davri
Hisoboti
5.09.2022dan 27.05.2023gacha bo’lgan vaqt oralig’ida Farg’ona viloyati Farg’ona tumani 24-umumiy o'rta ta'lim maktabida malakaviy amaliyotda bo’ldim.
Amaliyotim davrida ingliz tili o’qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib qoidalari bilan tanishdim va o’rgandim.O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini muntazam ravishda kuzatdim va dars uchun kerakli bo’lgan turli o’qitish metodlari,yangi pedagogik texnologiyalar bilan ish olib borishni o’rgandim.Shu bilan birga noan'anaviy oqitish metodlarini dars jarayonida qo’llashni va eng muhimi,haqiqiy pedagog sifatida o’quvchi bilan tog'ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim.Ingliz tili o’qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni va mustaqil ravishda konspektlar yozishni,darsni to’g’ri tashkillash,mavzuga mos bo’lgan materiallar va ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallardan to’g’ri foydalanishni va eng muhimi o’quvchini o’z qiziqishlarini hisobga olgan holda darsga qanday qilib qiziqtirishni o’rgandim.Bunga qo’shimcha yana dars vaqtini tog'ri taqsim qilishni va mustaqil ravishda dars o’tishni o’rgandim va amalda sinab ko’rdim.Bunda menga ustozlardan o’zlashtirgan bilimlarim va malakalarim qo’l keladi.
Amaliyotim davomida bir qancha ochiq darslarni ham kuzatdim va ochiq darslarni qanday tashkillash,vaqtni to’g’ri taqsim qilish,ochiq dars o’tish davomida nimalarga e’tibor qaratish lozimligini hamda qanday tarqatma materiallardan foydalanish kerakligini ustozlardan o’rgandim.
Shu bilan birga maktabdagi har hafta bo’ladigan jamoat ishlarida qatnashdim,ma'naviyat soatlarini muntazam kuzatib bordim .Maktab o'quvchilari tomonidan o’tkaziladigan har bir tadbirda faol ishtirok etdim.Dars o’tish davomida ustozlardan dars ishlanmalari va dars rejalaridan qanday qilib foydalanish kerakligini o’zlashtirdim. Ishonamanki,ushbu amaliyotim davrida ustozlardan o’zlashtirgan bilimlarim va malakalarim,hamda keyingi bosqichlarda o’zlashtiradigan ko’nikmalarim menga o’z kasbim bo’yicha kelajakada yetuk mutaxassis bo’lishimga muhim poydevor bo’lib xizmati qiladi.
Maktab direktori:
Amaliyot rahbari:
Amaliyotchi talaba:
Download 12.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling