Farg‘ona davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti buxgalterya hisobi va audit 23/127 guruh talabasi qahhorov murodbekning tarix fanidan tayyorlagan slaydi
Download 2.15 Mb.
|
odiloff begzodjon5
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI BUXGALTERYA HISOBI VA AUDIT 23/127 GURUH TALABASI ODILJONOV BEKZODJON TARIX FANIDAN TAYYORLAGAN SLAYDI.Qishloq xo’jaligini joylashtirish bu alohida mahsulotlar ishlab chiqarishni mamlakatning viloyat ,tuman va boshqa hududlari bo’ylab taqsimlash bo’lib, jarayon uzoq davom etuvchi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga ko’ra o’zgaruvchandir. Qishloq xo’jaligining eng to’liq joylashtirilishi ushbu hududda ma’lum turdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi hamda u yoki bu turdagi yalpi va Tovar mahsulotlarining umumiy hajmidagi alohida hududlarning hissasi kabi ko’rsatkichlar bilan izohlanadi. Iqtisodiy islohatlar jarayonida, mulk munosabatlari tubdan o‘zgartirilib, hamma qayta tuzilmalar xususiy xarakterga ega bo‘lgan bir sharoitga keltirmay, mos ravishda ijtimoiy mehnat taqsimoti amalaga oshirilmasa, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ko‘tarilmaydi va qishloq xo‘jaligi oldida qo‘yilgan ulkan vazifalar to‘liq bajarilmaydi. Reja Qishloq xojaligi ekinlarini joylashtirish to’g’risida tushuncha. Qishloq xojaligi ekinlarini joylashtirishga va ixtisoslashtirishga ta’sir etuvchi omillar. Sanoat sohasidagi o’zgarishlar.MUSTAQILLIK YILLARIDA QISHLOQ XO‘JALIGI VA SANOAT SOHASIDAGI O‘ZGARISHLAR Mustaqillik yillarida respublikada qishloq xojaligi sohasiga bozor tamoyillarini joriy qilish va mulkchilik shakllarini toliq ozgartirish bilan tub islohotlar otkazildi, natijada xojalik yuritishning yangi shakllari paydo bolib, ular qishloq xojaligi iqtisodiyotining rivojlanishida oz aksini topdi. Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va oziq-ovqat mustaqilligini taminlash boyicha qishloq xojaligini strategik rivojlantirish doirasida otkazilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida songgi yillarda sohada yuqori suratlarga erishildi.Iqtisodiy islohatlarning butun zanjirida agrar sohadagi uzgarishlarga g‘oyat katta ahamiyat berilmoqda. Bu esa aholining aksariyati qishloqda yashashi, iqtisodiyotning agrar-sanoat tarzida ekanligi hamda xayotiy muhim muammolarni hal qilishda qishloq xo‘jaligining tutgan o‘rni bilan bog‘liq. Hozir iqtisodiyotning Ayni agrar sohasi katta imkoniyatlarga ega. Bu imkoniyatlardan foydalanib, aholini oziq-ovqat va sanoatni xom ashyo bilan taminlashni yaxshilabgina qolmay, Respublika qishloq aholisining turmushini farovon qilish ham mumkin. Qishloq xo‘jaligida o`zgarishlar demokratik usullar bilan, avvalo, dehqonchilik sohasidagi mavjud ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarni tubdan uzgartirish hisobiga amalga oshiriladi. Mehnatni tashkil etishning dehqon uchun tushunarli va foydali bo‘lgan shakllarini tiklash zarur. Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish orqali dehqonlarning daromadini oshirish borasida olib borayotgan tizimli ishlarimiz ham asta-sekin o‘z samarasini bermoqda. Masalan, 2017 yil yakunida 96 ming gektar hosildorligi past maydonlarda paxta va g‘alla o‘rniga 32 ming gektar yerda karam, turli sabzavot va ko‘katlar ekildi va bu maydonlardan olingan minglab tonna mahsulotlar eksport qilindi. Shuningdek, 11 ming gektarda intensiv bog‘ va yangi tokzorlar, 1 ming 500 gektarda issiqxonalar barpo etildi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling