Farg‘ona davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti Buxgalterya hisobi va audit yo‘nalishi


Download 20.55 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi20.55 Kb.
#1527286
Bog'liq
Farg


Farg‘ona davlat universiteti
Iqtisodiyot fakulteti
Buxgalterya hisobi va audit yo‘nalishi
113 ”A“ guruh talabasi
Xasanov Alisherning Moliya fanidan yozgan
Esseysi


Byujed zaxiralari va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish
Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yo’naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasidir.
Mohiyatiga ko’ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi bo’lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha xususiyatlarga ega va unga tegishli bo’lgan barcha funktsiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o’rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsa-da, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslari asosiy taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi
Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi: 1) byudjetga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar); 2) davlat byudjetining daromadlari.
Davlat byudjetiga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng avvalo, to’lovchilarning xarajatlaridan iborat bo’lib, ularning daromadlaridan chegirilsada, bir vaqtning o’zida ular davlat byudjetida davlatning daromadlari sifatida gavdalanadi. Ana shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan ishtirokchilar (tomonlar) o’rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga keladi. Davlat byudjetning daromadlarini oshirishdan manfaatdor bo’lsa, bu narsa u yoki bu darajada to’lovchilarning (yuridik va jismoniy shaxslarning) manfaatdorligini pasaytiradi. Davlat byudjetining daromadlari o’zining yaxlitligi bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga — ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi.

Davlat byudjetining xarajatlari xuddi uning daromadlari singari, ikkiyoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa tomondan esa — sub’ektlarning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan mablag’lar bo’lib, ularning daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga mo’ljallangan tegishli fondlarni shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ikkiyoqlama xarakter davlat byudjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki taqsimlash jarayonlarining oraliq bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Bu erda byudjet fondlarining egasi — davlat va pul mablag’larini oluvchilar — sub’ektlar o’rtasida yangi taqsimlash munosabatlari paydo bo’ladi. Daromadlar singari, davlat byudjetining xarajatlari ham ob’ektiv iqtisodiy kategoriyadir.


Davlat byudjeti ikki xil funktsiyani bajaradi: 1) taqsimlash; 2) nazorat.
Davlat byudjetining taqsimlash funktsiyasi orqali uning mohiyati namoyon bo’ladi. Bu davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlarining mazmunida yaqqol ko’rinadi.
Davlat byudjetining xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya bo’lgan byudjetning ko’rinishlaridan biri bo’lib, unga tegishli bo’lgan umumiy xususiyatlarga egadir. Davlat byudjetining xarajatlari xarajatlarning konkret turlari orqali namoyon bo’ladi. Byudjet xarajatlari konkret turlarining xilma-xilligi esa, o’z navbatida, quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funktsiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; byudjetning milliy iqtisodiyot bilan bog’langanligi; iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; byudjet mablag’larining namoyon bo’lish shakllari va h.k.
Davlat byudjetining barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
— ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
— milliy iqtisodiyotga xarajatlar;
— mudofaa xarajatlari;
— boshqaruv xarajatlari.
Milliy iqtisodiyotga byudjetdan xarajat qilinishi davlatning xo’jalik yurituvchi asosiy sub’ektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar keng miqyoslarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industriya asosida qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini texnika vositalari bilan qayta ta’minlashga imkon yaratadi. Shuning uchun ham davlat byudjetining bu xarajatlari orasida iqtisodiyot va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari alohida o’rin egallaydi. Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning o’z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi zarurligi bilan bog’liqdir.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat byudjeti hisobiga mablag’ bilan ta’minlanadigan sohalarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet mablag’laridan samarali foydalanishni nazoratini takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Barcha islohatlarning maqsadi byudjet siyosatida davlat byudjeti taqchilligini belgilangan me’yoridan oshib ketishiga yo’l qo’ymaslik, byudjet xarajatlarini samaradorligini oshirish, ijtimoiy xarajatlarning aniq maqsadli va manzilli bo’lishini ta’minlashdir. Byudjet ijrosini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish, byudjetdan mablag’ bilan ta’minlashni takomillashtirish hamda mablag’lardan samarali va maqsadli foydalanish, byudjet intizomini ta’minlash byudjet tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Byudjet jarayonlari, jumladan, byudjet ijrosi uni bajarilishini qat’iy ta’minlashda byudjetdan birinchi darajali ustivor ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish, ulardan maqsadli, samarali foydalanishda byudjet intizomini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan bir qatorda echimini kutayotgan muammolar ham mavjud.
Xulosa qilib aytganda, respublikamizda bozor munosabatlari sharoitida amalga oshirilayotgan iqtisodiy o’zgarishlarni ta’minlashdagi jarayonlar, jumladan, byudjet ijrosining bajarilishini qat’iy ta’minlashda, byudjetdan birinchi darajali ustivor ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishda va byudjet mablag’laridan maqsadli, samarali foydalanishda byudjet intizomini mustahkamlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish lozim.

G’aznachilik tizimining faoliyati nafaqat davlat moliyaviy resurslarni safarbar qilish orqali davlat xarjatlarini muntazam boshqarish imkoniyatinigina yaratibgina qolmay, ular ustidan samarali nazorat tashkil qilish imkonini ham beradi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat byudjeti hisobiga mablag’ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet mablag’laridan samarali foydalanish nazoratini takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga esa samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Ma’lumki, byudjet jarayonining asosiy bosqichlaridan biri davlatning moliyaviy nazorati hisoblanadi. Moliyaviy nazorat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan nazorat faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Download 20.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling