Farg‘ona davlat Universiteti magistratura bo‘limi 70220301 – Tarix ( yo‘nalishlar va faoliyatlar turi bo‘yicha) Mutaxasisligi magistranti Kosimova Charosxon Abdulazizovnaning


Download 10.94 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi10.94 Kb.
#1635259
Bog'liq
Taqriz Kosimova Charos


Farg‘ona davlat Universiteti magistratura bo‘limi
70220301 – Tarix ( yo‘nalishlar va faoliyatlar turi bo‘yicha)
Mutaxasisligi magistranti Kosimova Charosxon Abdulazizovnaning
Turkistonda sovet matbuotining vujudga kelishi tarixi 1917-1924 yillar” mavzusidagi magistrlik dessertatsiyasiga
tashqi taqriz
Kosimova Charosxon Abdulazizovnaning “Turkistonda sovet matbuotining vujudga kelishi tarixi” mavzusida amalga oshirgan tadqiqoti juda ham dolzarb mavzu hisoblanadi.
Tadqiqotning kirish qismi mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, tadqiqot predmeti, obyekti, o‘rganilganlik darajasidan iborat. Tadqiqot ishi kirish, asosiy qism, uch bob, olti paragrfdan tashkil topgan.
Tadqiqotning birinchi bobida Turkiston matbuotining shakllanishi va uning faoliyatida o‘lka hayotiga milliy matbuotning kirib kelishida shart-sharoitlar hamda milliy ruhda ilk gazeta va jurnallarning tashkil topishi. Matbuot iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy jarayonlarning yoritilishi aks etgan.
Ikkinchi bobda 1917-1924 yillarda matbuot sohasidagi o‘zgarishlar va uning ahamiyati. Turkiston milliy matbuotida o‘zgarishlar, yani sovet matbuotining vujudga kelishi natijasida milliy ruhdagi gazetalarning taqiqlanishi hamda iqtisodiy-siyosiy hayotning yoritilishi bayon etilgan.
Uchinchi bobda sovet davriy matbuotida xorijiy davlatlardagi siyosiy-iqtisodiy jarayonlarning yoritilishida birinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng va G‘arb va Osiyo mamlakatlardaji handa boshqa hududlardagi iqtisodiy va siyosiy jarayonlarning yoritilishi aks etgan.
Turkistonda sovet matbuoti tarixi arxiv materilallari asosida o‘rganilgan, tarixiy ilmiy adabiyotlar, jurnalistik tadqiqotlar shuningdek og’zaki tarix usullaridan foydalangan.
Xulosa qismida Kosimova Charosxon magistrlik disertatsiyasining boblari bo‘yicha umumiy xulosa qilgan va tadqiqot ishi bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini ishlab chiqqan.
Turkiston sovet matbuoti tarixini o‘rganishda davriy matbuot muhim manba hisoblanadi. Bu davrda Tukistonda yuzaga kelgan davriy matbuot materiallari bugungi kunda manba sifatida katta ahamiyat ega. Matbuot sahifalarida turli xil fikrlar, rang-barang qarash va yondashuvlarga keng yo‘l ochib berishi, hayotimizda yuz berayotgan yangilanish va o‘zgarishlarga insonlarning ma’rifatli munosabatini uyg‘otishi, xolislik va haqqoniyat tamoyillariga tayanib faoliyat yuritishi lozim. Ushbu tadqiqot ishida ham bu masalalarga to‘xtalib o‘tilgan
Shu o‘rinda mavzuga doir adabiyotlar va manbalardan, statistik ma’lumotlar, joriy arxiv materiallari, og’zaki tarix usulidan unumli foydalanib ochib berilgan.
Magistrlik dissertantsiyasini tugallangan ish deb hisoblayman va uni Davlat attestatsiya komissiyasida rasmiy himoya uchun tavsiya etaman.

Taqrizchi:


Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, U.Mansurov.
Download 10.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling