Farg`ona davlat universiteti
Magistratura bo`limi
Ta’lim tarbiya nazariyasi (Texnologik ta’lim)
Mutaxasisligi II-bosqich magistranti
Xusanova Lobarxon Murodovnaning
IV-semetr mart oyi uchun
HISOBOTI
Farg`ona Davlat Universiteti Ta`lim tarbiya nazariyasi (Texnologik ta`lim) mutaxasisligi II-bosqich magistranti Xusanova Lobarxon Murodovnaning Ilmiy tadqiqot (stajirovka) va ilmiy pedagogic amaliyot davomida Texnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchilarining “Mahsulot tayyorlash texnalogiyasi” “Texnologik ta’lim praktikumi” “Texnik mexanika” “Zamonaviy asbob va jihozlarni ishlash texnalogiyasi” “Texnologik ta’lim o’qitish metodikasi” “Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash” “Elektr jihozlarini ishlatish va tamirlash” “Gidroavtomatika” “Metalmas materiyallar va ularning qo’llanilishi” “Uy ro’zg’or asoslari” “Qishloq xo’jaligi ishlarini tashkil etish texnologiyasi” fanlari dars mashg’ulotlarda qatnashdim. Ilmiy tadqiqot (stajirovka) va ilmiy-pedagogik amaliyoti davrining dushanba, seyshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba kunlari kafedra ustozlari Yo Usmonov, T Ahmedov, M Ahmedov, B Karimov, M Rahmonqulov,I.Karimov, B Razzoqov va ilmiy rahbarim S.Otajonov ustozlarning ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarini kuzatib tahlil qildim .Darslarda o`qituvchilarning pedagagik mahoratini,ilg`or pedagogic texnologiyalarni qo`llashidan o`zimga bilim va ko`nikmalar oldim.”Yog`och materiallaridan murakkab bo`lmagan detallar va buyumlar tayyorlash texnologiyasi” mavzusidagi dissertasiyam ustida ilmiy raxbarim bilan birgalikda ishladim. Dissertatsiya ishimni har bir qismini tugallangani butun ish hajmidagi ishonchlilik dalillarini qayta tekshirib xullosa va takliflarni shakillantirdim.Qo`yilgan muammoning mavjudligi va yechimini izohladim.Dissertatsiya ishim ilmiy rahbarim S.Otajonov tomonidan ko`rib chiqildi va tayyor holga keltirildi.
Magistrant: L.M.Xusanova
Do'stlaringiz bilan baham: |