Fargona davlat universiteti matematika-informatika fakulteti


Download 0.87 Mb.
bet4/8
Sana27.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1131472
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mohinur 2008

Uskunalar paneli haqida


Adobe Photoshop dasturi darchasida turli uskunalar joylashgan. Bu panel turli tugmalardan iborat bo‟lib, har bir tugmacha Adobe Photoshop dasturining biror buyrug‟ini anglatadi. Agar darchada uskunalar paneli bo‟lmasa tavsiyanoma satrining Okno menyu bo‟limidan Instrumenti (Vkl panel) buyrug‟ini tanlang. Adobe Photoshop dasturida jami 46 tadan ortiq uskunalar mavjud bo‟lib, ulardan 20 tasi bevosita dastur ishga tushirilganda darchada ko‟zga tashlanib turadi. Qolganlarini qo‟shimcha buyruqlarni bajarish orqali ishga tushirish mumkin. Agar uskunalar panelida joylashgan tugmachaning ostki qism o‟ng burchagida kichik uchburchak shakli tasvirlangan bo‟lsa, bu tasvir ushbu tugmacha tarkibida o‟xshash buyruqni bajaruvchi uskunalar yashiringanlidan darak beradi. Yashiringan uskunani faollashtirish uchun kursorni maxsus belgili tugmacha ustidan sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda uskunalar panelidan tashqariga olib chiqiladi va kerakli tugmacha ustida kursorni qoldirib sichqonchaning chap tugmachasi qo‟yib yuboriladi.
Har bir tugmacha kursor yaqinlashtirilsa kursor belgisi ostida uskunaning qanday vazifani bajarishi haqidagi axborot paydo bo‟ladi.
Quyida Adobe Photoshop dasturida ishlash jarayonida keng qo‟llaniladigan uskunalarning qisqacha tavsifi keltirib o‟tiladi:
Pryamougolnaya oblast: Tasvirda to‟g‟ri to‟rtburchak shaklidagi maydonni beligilab olish (soha ajratish) uchun qo‟llaniladi. Bu uskuna yordamida tasvirdagi alohida maydonni belgilab olingandan keyin tasvirga kiritilgan barcha o‟zgarishlar faqatgina belgilangan maydon ichiga ta‟sir etadi. Ushbu tugmachaga qo‟shimcha tarzda “Shift” klavishasi ishlatilsa, belgilangan maydon hududi ortadi. “Shift” tugmasi o‟rnida “Alt” tugmasi qo‟llanilgan taqdirda belgilangan maydon hududi qisqaradi. Ushbu amal “Lasso” va “Volshebnoy palochke” uskunalari bilan ishlashda qo‟llaniladi.


Ellipticheskaya oblast: Tasvirda doira shaklidagi maydonni belgilab olish uchun qo‟llaniladi. Bu uskuna yordamida tasvirdagi alohida maydonni belgilab olingandan keyin tasvirga kiritilgan barcha o‟zgarishlar faqatgina belgilangan maydon ichiga ta‟sir etadi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling