Farg’ona davlat universiteti O’qituvchi nutq m


Download 0.78 Mb.
bet45/48
Sana28.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1008896
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
Нутқ маданияти-китобча-3-курсларга

Nutqning sofligi. Har qanday narsaga baho berilganda, avvalo, uning asligi, boshqa keraksiz unsurlardan xoliligi, o'z mohiyatiga muvofiq toza tarkibga egaligi kabi me'yorlardan kelib chiqadi. Soflik sifati nutqni shunday baholash me'yorlaridan hisoblanadi. Aytish lozimki, nutqning bu kommunikativ sifati adabiy til va nutq Bilan jamiyat munosabatida namoyon bo'ladi. Shunga ko'ra nutqning sofligi nutqning adabiy til me'yorlariga va jamiyatdagi ma'naviy – axloq qoidalariga yot bo'lgan unsurlardan xolililigi bilan belgilanuvchi kommunikativ sifat tarzida baholash mumkin. Aytish joizki, kishi nutqining sofligi uning ma'naviy-ma'rifiy, lisoniy-madaniy saviyasini namoyon etadigan ko'rsatkichlardan biridir.
Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarning asosiysi sifatida quyidagilarni alohida ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiq:
1) shevaga xos so'z, ibora, grammatik shakllar, urg'u va talaffuz;
2) o'rinsiz qo'llangan chet so'z va so'z birikmalari (varvarizmlar);
3) jargon va argolar;
4) dag'al, haqorat so'z va iboralar (vulgarizmlar);
5) «ishlamaydigan» yoki parazit so'zlar;
6) idoraviy so'z va iboralar (kanselyarizmlar) va sh .k.
Nutq tuzuvchi o'z nutqining sofligi haqida qayg'urar ekan, albatta, mazkur unsurlarni qo'llashdan tiyilishi lozim.
Ma'lumki, shevaga xos so'zlar adabiy tilninng leksik me'yorlaridan tashqarida, shuning uchun ham uning nutqda ishlatilishi soflik sifatining buzilishiga olib keladi. Hatto nutqning to'g'ri tushunilishiga ham halaqit beradi.
Ayni paytda ta'kidlamoq joizki, badiiy adabiyot tili mutlaqo o'ziga xos nutq uslubi sifatida shevaga xos so'z va boshqa birliklarning muayyan maqsad bilan qo'llanishiga imkon yaratadi. Sheva so'zlari va grammatik shakllari, ya'ni dialektizmlar badiiy nutqda aniq estetik vazifani ko'zda tutgan holda qo'llaniladi. Ta'kidlash kerakki, dialektizmlarning estetik qimmat kasb etishi ularning badiiy nutqdagi me'yori, qanday ishlatilishi va aynan qanday turlarining tanlanishi bilan ham bog'liqdir.
Tabiiyki, turg'unlashgan nutqiy qoliplardan qutulish uchun, avvalo, tafakkurdagi qoliplardan voz kechish, mustaqil va ijodiy tafakkur malakalarini oshirib borish zarur. Bunga, ayniqsa, maktabda alohida ahamiyat berilishi kerak. Rasmiy uslubdan boshqa usulublarda qo'llangan tayyor nutqiy qoliplar o'quvchining ijodiy tafakkur ko'nikmalarining tarkib topishi, barqarorlashishiga halaqit beradi. Sof nutqning go'zal namunalari bo'lmish har jihatdan pishiq – puxta badiiy asarlarni muntazam mutolaa qilib borish o'z samarasini beradi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling