Farg’ona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya fakulteti


Download 21.07 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi21.07 Kb.
#1410136
Bog'liq
HISOBOTI


Farg’ona davlat universiteti
Pedagogika-psixologiya fakulteti
Amaliy psixologiya yo’nalishi
2-kurs 21/18- guruh talabasi
Kamronbek Mo’minov tomonidan
9-umumiy o’rta ta’lim maktabining
9-,,A’’sinf o’quvchilariga

Tavsifnoma


Sinfda 25 ta o’quvchi bo’lib ulardan 15tasi o’g’il bola, 10 tasi qiz bolalardan iborat. Ularning yoshlari 15/16 yoshoralig’ida. Sinf 2022-yilda tashkil etilgan bo’lib, sinfsardori Adhamov Ibrohimjon. Sinf bir birlari bilan juda ham ahil-inoqligini kuzatishimiz mumkin. Bir birlariga bo’lgan munosabati samimiy. Jamoa ishlarida faol va sinf uchun berilgan topshiriqni o’z vaqtida bajarishadi. Fanlarni o’zlashtirish darajasi o’rtachadan yuqorini tashkil etadi.
Ushbu sinfda a’lochi va tashkilotchi o’quvchilar ko’pchilikni tashkil etadi. Sinf o’quvchilari turli xil ko’rik tanlovlarda qatnashib faxrli o’rinlarni egallab kelayotganini guvohi bo’ldim. Sinf o’z faolligi bilan muassasadagi sinflardan ajralib turadi Muassasa o’quvchilari hali yosh bo’lishiga qaramasdan ularning psixologik savodxonligi yaxshi shakllangan va hayotiy bilim va tajribalari ham yaxshi o’zlashtirilganligini guvohi bo’ldim. Yana ba’zi o’quvchilarda o’smirlikka xos bo’lgan hislatlar qaysarlik, tez jaxlchiqish kabi holatlarni kuzatdim va shunday xulqqa ega bo’lgan o’quvchilar bilan suxbat olib bordim. Shu jumladan ular orasida juda aqilli va ixtirochi o’quvchilar ham mavjud .
Ushbu sinf o’quvchilarining bilimlari va qiziqishlarini hisobga olib shuni ayta olamanki ular kelajakda o’z sohasining yetuk ustalari bolib, elimiz bayrog’ini yuksaklarga kotarib yurtimizga munosib farzandlar bo’lib yetishadilar.

Muassasa psixologi: D.Yo’ldasheva


Amaliyotchi talaba: K.Mo’minov

Farg’ona davlat universiteti


Pedagogika-psixologiya fakulteti
Amaliy psixologiya yo’nalishi
2-kurs 21/18-guruh talabasi
Tolibov Hojiakbarning
9-umumiy o’rta ta’lim maktabida
o’tagan malakaviy amaliyot to’g’risida umumiy

HISOBOTI
Malakaviy amaliyot 2023-yilning 13-martidan 24-martigacha 9-umumiy o’rta ta’lim maktabida amaliyot o’tash dasturi ish rejasi asosida olib borildi. Ish rejaga ko’ra muassasada amaliyot davomida u yerdagi o’quv muassasa jamoasi va psixologi bilan tanishildi. Shuningdek umumiy kuzatish ishlari olib borildi.
Psixologning xizmat tashkil etish xonasi va jixozlanishi, ish faoliyatini tashkil etishi va olib borishi ish yuritish hujjatlari, oylik va yillik ish rejalari o’rganildi. Shuningdek ish hujjatlaridan namunalar olindi. Kuzatish kundaligi tayyorlandi va shaxslar aro munosabat, psixologik muhitni kuzatish ishlari natijalari qayd etib borildi. Shaxsni psixologik o’rganish uchun psixodiagnostika metodlari tayyorlandi va sinflardagi shaxslar aro munosabatlar, shaxsning individual xususiyatlari, shujumladan temperament, xarakter va boshqa individual xususiyatlarni psixodiagnostika qilish metodikalari o’tkazildi. O’quvchilarda psixologik savodxonlikni oshirish maqsadida psixologik trening davra suxbatlari o’tkazildi. Psixoprafilaktika, psixodiagnostika, psixologik maorif va ma’rifat targ’ibot va tashviqat ishlari olib borildi. O’smir yoshdagi xulqida o’zgarish kuzatilayotgan o’quvchilarga psixologik konsultatsiya ishlarida shaxslar aro muonosabatlar bo’yicha muassasa psixologi nazoratiostida individual maslaxatlar berildi.
Amaliyot davomida sinfda olib borilgan kuzatishlar asosida jamoaga psixologik tavsifnoma yozildi. Amaliyot davomida olib borilgan ishlar bo’yicha tayyorlangan hujjatlar tartibga solindi va amaliyot rahbariga taqdim etildi.

Muassasa psixologi: D.Yo’ldasheva


Amaliyotchi talaba: H.Tolibov
Farg’ona davlat universiteti
Pedagogika psixologiya fakulteti
Amaliy psixologiya yo’nalishi
2-kurs 21/18- guruh talabasi
Kamronbek Mo’minov tomonidan
9-umumiy o’rta maktabi
9-,,A’’ sinf o’quvchisi Abdullayev Azizbekga

Tavsifnoma
Abdullayev Azizbek sinfda barcha tengdoshlari bilan ham ahil. U sinfdoshlariga hurmat bilan murojaat qiladi. Darslarga faol qatnashadi va o’qituvchilari tomonidan uyga berilgan vazifani o’z vaqtida bajaradi. Sport mashg’ulotlarini ham sababsiz qoldirmaydi.Azizbekni kuzatishlarim natijasida yana shunga amin bo’ldimki u ko’plab sport musobaqalarida faxrli o’rinlarni egallab kelmoqda. Rahbariyat tomonidan sinf uchun berilgan topshiriqlar va shu muassasadagi jamoa ishlarida ham faol qatnashadi.Tengdoshlari ichida o’z o’rniga ega o’quvchilardan biri.
Abdullayev Azizbek bilan suxbatlar va o’zimning kuzatishlarim asosida shuni aytishim mumkinki, ushbu o’quvchining psixologik savodxonligi yaxshi rivojlanganligi va xayotiy bilimlari yaxshi darajada ekanligiga amin bo’ldim. Shuningdek muassasa tomonidan berilayotgan bilimlarni qoniqarli darajada o’zlashtirayotganligiga amin bo’ldim.
9-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchisi Abdullayev Azizbekning qiziqishlari va intilishlarini inobatga olgan holda aytishim mumkinki,bu o’quvchi kelajakda o’z sohasining yetuk ustasi bo’lib yetishishiga va yurtimiz ravnaqiga o’zining munosib hissasini qo’shishiga ishonch bildiraman.

Muassasa psixologi: D.Yo’ldasheva


Amaliyotchi talaba: K.Mo’minov



Download 21.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling