Farg’ona davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti Amaliy psixologiya yo’nalishi21. 17-guruh talabasi zulfizar hoshimovaning “buyuk fred va psixoanaliz ta’limoti” mavzusida tayyorlagan taqdimoti


Download 128.75 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi128.75 Kb.
#1563223
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zulfizar Hoshimova 21.17.

“Id” tajovuzkormi?

  • “Id” tajovuzkormi?
  • “Id” doimo “Men” va “Super-men” bilan murosasiz jang olib boradi, chunki ular “Id”ni doimo nazorat qilishga intiladi-da. “Id” kuchli quvvatga ega bo‘lsa-da, “Men” uni ong ostidan suzib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun ham “Id” tajovuzkordir. “Men” nazoratni to‘la qo‘lga olgunga qadar instinktlar go‘yoki odamning hayot tarzini, ya’ni xulq-atvorini belgilab bergan. “Men”ning rivojlanishi odamning hayot tarzini o‘zgartirib yubordi va uning xulq-atvorini nazorat ostiga oldi. Shunga qaramasdan, psixoanalitiklar “Id”ga odamning hayot tarzini belgilab beruvchi asosiy manba sifatida qarashadi. “Id” o‘zgarmas, “Men” esa rivojlanib va o‘zgarib boradi.
  • “Ego” – bu “Men” degani!
  • Odam boshqa jonzotlardan aql-zakovat, ya’ni ongning borligi bilan farq qiladi. Demak, ong “Men” demakdir. Agar odam faqat “Id»” qonuniyatlariga bo‘ysunib yashaganida edi, uning hayot tarzi hayvonlarnikiga o‘xshab qolardi. Vaholanki, odam faoliyati ongli jarayon ekan, u o‘z xatti-harakatlarida ham, asosan, ongga tayanadi. Biroq bu xatti-harakatlarni “Id” belgilab beradi.

Psixoanalitiklar odamni, aniqrog‘i, uning ruhiyatini tirik hujayraga o‘xshatishadi. Bunda hujayraning tashqi pardasi “Men” bo‘lsa, uning ichki tarkibi “Id”dir. Hujayraning ichida moddalar almashinuvi natijasida katta energiya to‘planadi va kuchli energiyaga ega bo‘lgan “Id” tashqariga yorib chiqqisi keladi. Bunga esa hujayraning tashqi pardasi, ya’ni “Men” yo‘l qo‘ymaydi.

  • Psixoanalitiklar odamni, aniqrog‘i, uning ruhiyatini tirik hujayraga o‘xshatishadi. Bunda hujayraning tashqi pardasi “Men” bo‘lsa, uning ichki tarkibi “Id”dir. Hujayraning ichida moddalar almashinuvi natijasida katta energiya to‘planadi va kuchli energiyaga ega bo‘lgan “Id” tashqariga yorib chiqqisi keladi. Bunga esa hujayraning tashqi pardasi, ya’ni “Men” yo‘l qo‘ymaydi.
  • “Id” va “Men” orasidagi munosabatlar yaxshimi?
  • Z.Freyd “Men” va “Id” orasidagi munosabatlarni chavandoz bilan ot orasidagi munosabatlarga qiyoslab ham tushuntirib bergan.
  • Chavandoz otni o‘zi boshqarsa-da, faqat uning quvvati hisobiga harakatlanadi. Kerak paytda chavandoz yuganni qattiq ushlab, otni to‘xtatishi va o‘zi xohlagan tomonga yo‘naltira olishi zarur. Aks holda u yiqilib, qattiq jarohat oladi yoki halok bo‘ladi. Ba’zi vaziyatlarda qachon to‘xtash va qaysi tomonga yurish kerakligini chavandoz emas, balki otning o‘zi tanlaydi. Masalan, chavandoz uxlab qoladi, charchaydi yoki kasallanadi.
  • “Men” (chavandoz)ning ahvoli “Id” (ot)ning ahvoliga qaraganda bir oz murakkabroq.
  • Chunki “Men” bir tomondan atrof-muhit, ya’ni tashqi olamning qonun-qoidalariga amal qilishi, ikkinchi tomondan kuchli ot (“Id”)ni boshqarishi kerak. “Men” ham tashqi olam, ya’ni “Super-men”ning talablarini, ham “Id”ning ehtiyojlarini qondirishi uchun doim xavotirda yashaydi. Bu talablarni bajarish uchun “Men” doim sergak bo‘lib turishi kerak, bu talablar bajarilmasa, aybdorlik hissi aynan “Men” bo‘yniga tushadi. Demak, “Men” doimo o‘zini himoya qilish yo‘llarini izlaydi. Z.Freyd nevrozlarning kelib chiqishini ushbu ziddiyatli munosabatlardan izlagan.
  • Keyinchalik Z.Freyd yaralangan harbiy xizmatchilarda ham nevroz va isteriya holatlarini kuzatadi. Bu kasalliklarni jinsiy mayl bilan izohlab bo‘lmasdi, albatta.
  • Endi Z.Freyd ong ostiga qamalgan va qondirilmagan ehtiyojlarni boshqacha yo‘l bilan qondirish yo‘llarini izladi, ya’ni u seksual faoliyatni boshqa faoliyat bilan almashtirish (sublimatsiya) mumkinligini ilgari surdi. Bu faoliyat nima? Ular axloq qonunlariga zid kelmaydigan faoliyatdir (fan, madaniyat, sport, ijod va h.k.). Bu nazariyani Z.Freydgacha ham o‘rganishgan. Biroq Z.Freyd insoniyat yaratgan madaniy boyliklarni ana shu xil almashtirish (sublimatsiya) mahsuli deb bildi.
  • “Super-ego” – bu “Super-men”!
  • Xo‘sh, unda “Super-men” nima? Ma’lumki, hujayralar to‘plami to‘qimani, to‘qimalar a’zolarni, a’zolar esa organizmni tashkil qiladi. Demak, “Super-men” – barcha “Men”lar yig‘indisi. Hujayra organizmda hayot kechirgani kabi, organizm ham hujayrasiz yashay olmaydi. Organizm – bu “Super-men”. “Super-men” – bu jamiyat qonunlari, axloq prinsiplari va din talablari. “Men” “Super-men” talablariga bo‘ysunib yashashi kerak. Aks holda u halokatga uchraydi. Demak, bu 3 ta tuzilmadan “Men”ga og‘ir. Chunki u bir tomondan “Id”ni qoniqtirishi, ikkinchi tomondan “Super-men” talablariga amal qilishi kerak. Freyd fikricha, shuning uchun ham “Men”da nevroz rivojlanadi.

Download 128.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling