Farg‘ona davlat universiteti rektori B. Sh. Shermuhammadovga Chet tillari fakulteti dekani V v. b M. Y. Mamajonovdan
Download 14.71 Kb.
|
Bildirishnoma Aptis 1
Farg‘ona davlat universiteti rektori B.Sh.Shermuhammadovga Chet tillari fakulteti dekani v.v.b M.Y.Mamajonovdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘grisida” gi PQ-5117 (2021 yil 19 may) sonli qarorining 5 bandiga muvofiq 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab: a) ta’lim muassasalarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik maoshlariga 50% miqdorida qo‘shimcha ustama haqqi to‘lab borilsin. Bunda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining kamida C1 darajadagi xalqaro sertifikatni olish uchun imtihon topshirish bilan bog‘liq xarajatlari Davlat budjetidan pedagog kadrlar malakasini oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar, davlat oliy ta‘lim muassasalari o‘qituvchilarining xarajatlari esa oliy ta‘lim muassasalarining o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilansin” deb belgilangan. Shunga binoan, Gumanitar yo’nalishlar bo’yicha chet tillari kafedrasi professor-o‘qituvchisi Nizomova Nargiza TESOL sertifikatiga ega bo’lganligini bildiraman va oylik maoshiga 50% ustama haq belgilab berishingizni so‘rayman. Yuqorida nomi qayd etilgan professor-o‘qituvchi Nizomova Nargizaning TESOL sertifikati ilova qilinadi. Chet tillari fakulteti dekani v.v.b: M.Y.Mamajonov Download 14.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling