Farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim “aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi


Download 254.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/25
Sana19.06.2023
Hajmi254.4 Kb.
#1604241
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
12 Suyakli baliqlar sinfi, umumiy tavsifi, tashqi va ichki tuzilishi

Jinsiy organlari. Suyakli baliqlar suzgich pufagining yon tomonlarida odatda 
juft jinsiy bezlar joylashgan. Urg‘ochisining tuxumdoni mayda donachalar shaklida 
uzunchoq bo‘ladi. Urg‘ochilarida myuller nayi yo‘qolib ketgan. Uning keyingi 
cho‘zilgan qismi tuxum yo‘li hisoblanib, bitta teshik bilan siydik-tanosil 
so‘rg‘ichiga ochiladi. 
 
 
 


19 
II BOB. O‘RTA OSIYONING OV AHAMIYATIGA EGA BO‘LGAN 
BALIQLARNING TUR TARKIBI, BIOLOGIK TASNIFI 
 
2.1. Sun’iy suv havzalarida uchrovchi ayrim baliq turlarining biologik 
tasnifi 
O‘zbеkistоnning hаyvоnоt dunyosi o‘zigа hоs bo‘lib bаliqlаrning 80 dаn оrtiq 
turi suv hаvzаlаrimizdа qаyd etilgаn. Bаliqlаrning bа’zi turlаri (оrоl mo‘ylоvdоri, 
kurаkburunlаr, cho‘rtаn - mаrkа , pаrrаk) nоyob bo‘lib, fаqаtginа O‘rtа Оsiyo suv 
hаvzаlаridа uchrаydi. Ko‘p bаliqlаr O‘zbеkistоn ihtiоfаunаsini XX-аsrning ikkinchi 
yarmidа to‘ldirishdi. Bаliqlаrning аyrimlаri do‘ngpеshоnа, оq аmur, sеvan 
gulbаlig‘i iqlimlаshtirilgаn bo‘lib, bоshqаlаri, buqаbаliqlаr, аmur chеbаkchаsi, 
ilоnbоsh tаsоdifаn kirib kеlgаn. Dоimiy rаvishdа ekоlоgik muhitning o‘zgаrishi, 
аntrоpеn tа’sirlаr ko‘pchilik bаliqlаrning yashаsh shаrоitlаrini kеskin o‘zgаrishgа 
оlib kеlаdi. Shu sаbаbli, hоzirdа mаhаlliy turlаrining аyrimlаri kаm 
uchrаydigаn,ba’zi bаliq turlаri umumаn yo‘q bo‘lib kеtish аrаfаsidа. Quyidа 
O‘zbеkistоn suv hаvzаlаrining tаbiiy vа su’niy bаliqchilik ho‘jаliklаridа 
yеtishtirilаyotgаn, оv аhаmyatigа egа аyrim bаliq turlаri to‘g‘risidа mа’lumоtlаr 
yig‘ildi. 
Karpsimonlar (Cyprinidae) — zog‘orabaliqsimonlar: suyakli baliqlar 
sinfining turlariga eng boy oilasi, karpnamolar turkumiga mansub, 275 tacha 
guruhga bo‘linadigan 1500 dan ortiq turi bor. Ular Yevropa, Osiyo, Afrika va 
Shimoliy Amerikada tarqalgan. Karpsimonlar daryo, soy, ko‘l, suv ombori va ariq 
kabi, asosan, chuchuk va ba’zi turlari qisman sho‘rroq suvlarda yashaydi. 
O‘rta Osiyoda bu oilaning 57 ta turi uchraydi.
Karpsimonlar issiqsevar bo‘ladi. Shuning uchun sovuq tomonlarda kamroq
issiq tomonlarda ko‘proq, ayniqsa, Osiyoning janubi-sharqida juda keng tarqalgan. 
Ularning, asosan, chuchuk suv baliqlari, likin, Orol sug‘yoni kabi o‘tkinchilari ham 
bor.
Bo‘yi 6—8 santimetrdan 180 santimetrgacha yetadi, lekin mayda va o‘rta 
bo‘ylilari ko‘proq uchraydi. Jag‘ida tishlari yo‘q, halqum suyaklarida bir yoki 2—3 


20 
qator o‘rnashgan tishlari bo‘-lib, ular ovqatni chaynash vazifasini bajaradi. 
Og‘zining atrofi ustki tomondan faqat jag‘oldi suyagi bilan o‘ralgan bo‘lib, bu suyak 
ustki jag‘ bilan qo‘shilgan va harakatchandir. Mo‘ylovi ikki-uch juftdan iborat, 
xolos. Suzuvchi pufaklari ichak bilan qo‘shilgan, ichaklarida oshqozon va pilorik 
o‘simtalari yo‘q, usti yirik tangachalar bilan qoplangan, lekin ba’zilari tangachasiz 
bo‘ladi. 
Karplar Cyprinus carpio oilasiga mansub bo‘lib, uning asosiy obyekti iliq 
suvli baliqchilik xo‘jaliklarida urchitiladigan asosiy zot hisoblanadi. Uning kishilar 
tomonidan madaniylashtirilgan zoti sazan (zog‘ora) baliq hisoblanadi. 
Karp so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib, serurug‘, ko‘p bolalovchi degan 
ma’nolarni anglatadi. Karp balig‘i aholi iste’mol qiladigan ommaviy baliq turi 
sifatida ko‘paytiriladi. Oziqlanishi, o‘sishi va ko‘payishi uchun eng qulay harorat 
20-28 °C ni tashkil etadi. 
Karpning 
respublikamiz 
baliqchilik 
xo‘jaliklaridagi 
to‘dalari 
madaniylashtirilgan mahalliy shakli ukrain va venger karplarning nasllaridan 
iboratdir. 
Ular o‘simliklarning barglariga yopishib turadi. 

Download 254.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling