Farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim “aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi


Download 254.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/25
Sana19.06.2023
Hajmi254.4 Kb.
#1604241
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
12 Suyakli baliqlar sinfi, umumiy tavsifi, tashqi va ichki tuzilishi

 
Qora amur (Mylopharyngodon piceus) — karpsimonlar oilasining bir turi. 
Amur daryosi havzasida, Sharqiy Xitoy va Tayvan orolida tarqalgan chuchuk suv 
balig‘i, daryo va ko‘llarda yashaydi. O‘rta Osiyoga 1960-yili oq amur va xumbosh 
baliq bilan birga keltirilgan. 
5-rasm. Qora amur. 
Bo‘yi 120 santimetrcha, og‘irligi 35 kilogrammgacha boradi. Ustini qoplagan 
qora tangachalari yirik, qorin tomoni oqishroq. Halqum tishlari 1-2 qator, katta va 
yaxlit bo‘lib, chig‘anoq kabi qattiq narsalarni xuddi tegirmon toshi singari maydalab 
tashlaydi. Kichkina og‘zi boshining oldiga o‘rnashgan. Qora amur sekin o‘sadi, 7-9 
yoshida voyaga yetadi. Pelagik uvuldirig‘ini iyun-iyul oylarida, daryoning suvi 
ko‘tarilib, harorati 26-30 °C ga yetganida tez oqar yerlarga tashlaydi. Oziqasi 
molluska, qisqichbaqa va suv hasharotlaridan iborat. Xitoyda keng tarqalgan va 
ovlanadigan muhim baliqlardan biri hisoblanadi, yiliga 300 ming sentner va undan 
ham ko‘proq miqdorda ovlanadi. 
Qora amur O‘rta Osiyo hovuz xo‘jaliklarida ko‘paytirilmoqda.
Zarafshon oq chebagi (Leuciscus lehmanni)karpsimonlar oilasining bir 
turi. Zarafshon havzasi, Sirdaryo va uning Angren, Chirchiq kabi irmoqlarida, 
Amudaryoning Surxon va Kofirnihon irmoqlarida hamda Qashqadaryoda tarqalgan. 
Daryo tarmoqlari, katta-kichik ariq va soylar, kanal va suv omborlarining qirg‘oqqa 
yaqin yerlari va qo‘ltiqlarida yashaydi. 


25 
6-rasm. Zarafshon oq chebagi. 
Yevropa va Shimoliy Osiyoda tarqalgan. O‘rta Osiyoda Orol dengizida
Sirdaryo va Amudaryoda oz miqdorda uchraydi. Orqasi ko‘kimtir-kulrang va mayda 
xolli, yon tomonlari sarg‘ish, qorni oqishroq, suzgichlarida qora xollari bor. 
Umuman, bu baliqning rangi yashaydigan yeriga bog‘liq. 15 santimetr, Sibirda 
ba’zan kattaroqlari ham uchraydi. 
Oq qayroq (Aspius aspius) — sheresper, govshum; karpnamolar turkumining 
kenja turi, karpsimonlar oilasiga mansub. 
Yevropada Shimoliy, Boltiq, Qora dengiz havzalarida, Osiyoda Kaspiy 
dengizida, shuningdek, O‘rta Osiyoda Orol dengizida, Amudaryo, Sirdaryo, Chu va 
Sarisuv daryolarida, yirik suv omborlarida tarqalgan. Bo‘yi 80 santimetrcha, 
og‘irligi taxminan 5 kilogramm. Boshi yassi, suzgichlari va labi qizil. Usti kulrang-
ko‘kimtir, yonlari kumushrang, qorni oq. 
Yirtqich va og‘zi katta bo‘lsa ham jag‘ida tishlari yo‘q, lekin oxirgi jabra 
yoyida uzun va o‘tkir halqum tishlari bor. O‘ljasini anashuhalqum tishlari bilan 
g‘ajiydi. 

Download 254.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling