Farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim “aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi


Download 254.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/25
Sana19.06.2023
Hajmi254.4 Kb.
#1604241
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
12 Suyakli baliqlar sinfi, umumiy tavsifi, tashqi va ichki tuzilishi

9-rasm. Qizil parra. 
Bu baliq ko‘rinishidan qizilko‘zga juda o‘xshab ketadi, ammo qornidagi 
pushtagi va old og‘iz ekanligi bilan undan farq qiladi. 
Qizil parra mart-iyun oylarida urchiydi, urchish vaqti yashaydigan yerning 
iqlim sharoitiga bog‘liq. Dastlab ikki yasharlilari, so‘ngra boshqalari urchiydi, 100 
mingdan 230 minggacha bo‘lgan uvildirig‘ini suv o‘simliklariga qo‘yadi. Uvuldiriq 
tez rivojlanadi, harorati 20-22 °C da suvda lichinkasi 3 kunda chiqadi. 


28 
Sharqiy qizilqanot ugay (Leuciscus brandti) — karpnamolar turkumining bir 
turi, karpsimonlar oilasiga mansub. Yapon va Oxota dengizlari havzasida tarqalgan. 
Bo‘yi 50 santimetrcha, og‘irligi 1,5 kilogrammgacha, urchish davrida erkagining 
qorni va yon tomonlarida uzun va tiniq qizil rangli yollar paydo bo‘ladi, suzgichlari, 
jabra qopqog‘i, ko‘z atroflari va lablari ham qizarib qoladi. Shuning uchun ham 
sharqiy qizilqanot deb nom berilgan. 
Maydalari daryoda gala bo‘lib yuradi, qiyinroq ko‘payishib, ular ham dengizga 
yo‘l oladi. Xo‘jalik ahamiyati aytarli katta emas, yoyma to‘r bilan ovlanadi. 
Patma chaboq (Abramis brama)— O‘rta Osiyo baliqlarining bir turi
karpsimonlar oilasiga mansub. Yevropaning kattagina qismida, O‘rta Osiyoda esa 
Orol dengizi, Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon daryosida tarqalgan, Issiqko‘l, 
Balxash ko‘li va suv omborlarida ko‘paytirilgan. Bu baliq tinch oqadigan va 
oqmaydigan suvlarda yashaydi, sho‘r suvga chidamli. Shuning uchun sho‘r suvli 
Kaspiy va Orol dengizlarida, chuchuk suvli daryo va ko‘llarda ham yashayveradi. 
Dengiz va katta ko‘llarda bu baliq qirg‘oqdan uzoqda ham ko‘p uchraydi. Qirg‘oqda 
yashaydiganlari mayda, ingichka va rangi biroz qoramtir, ochiq suvda 
yashaydiganlari esa ularga nisbatan katta va yo‘g‘on bo‘ladi. 
10-rasm. Patma chaboq 
Patma chaboq 4 yoshida voyaga yetadi. Uvuldirig‘ini may oyida, suv isigan 
paytda tashlaydi. Urchish vaqtida ertalab suv yuzida qornini tepaga qilib, suvni sekin 


29 
chapillatib yuradi. Serpusht baliq — 400 mingtacha uvuldiriq tashlaydi. Tuxumdan 
lichinkasi 3-4 kunda chiqadi. 
Rangi yashaydigan muhitga bog‘liq. Loyqa suvli daryolarda yashovchilarining 
orqasi 
och 
kulrang, 
yon 
tomonlari 
xira 
kumushrang. 
Tiniq 
suvda 
yashaydiganlarining orqasi qoramtir yoki bo‘zrang, boshi ko‘kimtir, yonlari esa 
sarg‘ish bo‘ladi. 

Download 254.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling