Farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim “aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi


Download 254.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/25
Sana19.06.2023
Hajmi254.4 Kb.
#1604241
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
12 Suyakli baliqlar sinfi, umumiy tavsifi, tashqi va ichki tuzilishi

Qon aylanish sistemasi. Zog‘ora baliqning yuragi tana bo‘shlig‘ining oldingi 
qismida qorin tomonida joylashgan. Uning faqat uchta bo‘limi: venoz sinusi 
(qo‘ltig‘i), yurak bo‘lmasi va uning ostida joylashgan muskulli yurak qorinchasi 
bor. Zog‘ora baliq va umuman, suyakli baliqlar yuragida arterial konus bo‘lmasligi 
bilan tog‘ayli baliqlar yuragidan farq qiladi. 
Yurak qorinchasidan yo‘g‘on qon tomiri — qorin aortasi chiqib, boshlanish 
joyida aorta so‘g‘oni deb ataladigan kengayish hosil qiladi. Aorta so‘g‘oni 
klapanlari va ko‘ndalang yo‘lli muskullari bo‘lmasligi bilan yurak bo‘limlaridan, 
xususan arterial konusdan farq qiladi, shuning uchun ham u yurak singari mustaqil 
urib (ishlab) turmaydi. Shunday qilib, qon olib keluvchi jabra arteriyalari, jabra 
yaproqlarida kapillarlar sistemasiga bo‘linib ketadi. Bu kapillarlarning juda yupqa 
devorlari orqali qon bilan jabrani yuvib o‘tivchi suv orasida gazlar almashinuvi ro‘y 
beradi. 
So‘ngra kislorodga boy arterial qon kapillarlar orqali qon olib ketuvchi jabra 
arteriyalariga yig‘ilib, natijada toza qon orqa (dorzal) tomonda joylashgan bir juft 
aorta ildiziga quyiladi. 
Aorta ildizlari boshning orqasida umurtqa pog‘onasining tagida bir- biri bilan 
qo‘shilib, butun organlarga qon olib boruvchi qon tomirlar chiqadigan orqa aortani 
hosil qiladi. 
Dum bo‘limidagi venoz qon toq dum venasi orqali keladi va ikkiga bo‘linib 
buyraklarga boradi. Suyakli baliqlarning ko‘pchiligida tog‘ayli baliqlarga qarshi 
o‘laroq faqat chap buyrakda, chap keyingi kardinal vena mayda kapillarlarga 


15 
bo‘linib qopqa sistemasini hosil qiladi. Keyingi o‘ng kardinal vena esa kyuvyerov 
qo‘shilishigacha uzluksiz boradi. Buyraklardan keluvchi keyingi kardinal venalar 
yurak atrofida bosh qismdan venoz qon olib keluvchi oldingi kardinal venalar bilan 
qo‘shiladi. Keyingi va oldingi kardinal venalarning qo‘shilishi natijasida yurakning 
venoz qo‘ltig‘iga quyiladigan juft kyuvyerov quyilishi hosil bo‘ladi. Jigar qopqa 
venasi ichakdan mustaqil boshlanadi. Bu vena jigarda kapillarlarga bo‘linadi va shu 
kapillarlar yana birlashib venoz sinusga quyiladigan jigar venasiga aylanadi. 
Tog‘ayli baliqlarga xos juft suzgichlardan qon olib keluvchi yonbosh venalar 
suyakli baliqlarda bo‘lmaydi. Baliqlarning yuragida har doim venoz qon bo‘ladi. 
Qon aylanish doirasi bitta; bunda arterial qon venoz qon bilan aralashib ketmaydi. 
Qon aylanish doirasi ikki funksiyani bajaradi: organizmning barcha hujayralarini 
oziq va kislorod bilan ta’minlaydi hamda venoz qonni qaytadan tiklaydi. Bu 
quyidagicha amalga oshadi. Arteriyalar orqali yurakdan venoz qon chiqib, 
jabralarga boradi, qon jabralarda oksidlanib arterial qonga aylanadi va arteriya qon 
tomirlari orqali yurakka keladi. Arterial va venoz qon ular tarkibidagi gazning 
sifatiga qarab aniqlanadi, natijada qonning nomi bilan qon tomirlarining nomlari 
hamma vaqt ham to‘g‘ri kelavermaydi. Masalan: qorin aortasi va olib keluvchi jabra 
arteriyalarida venoz qon bo‘ladi, shuning uchun qonning tarkibiga qaramasdan, 
balki yurakdan chiquvchi qon tomirlari arteriya va yurakka keluvchi qon tomirlari 
vena deb ataladi. 
Suyakli baliqlarning qon bosimi tog‘ayli baliqlarnikiga nisbatan yuqo- riroq 
bo‘ladi (suyakli baliqlarda 18-120 mm simob ustuni bo‘lsa, tog‘ayli baliqlarda 7—
45 mm simob ustuniga teng bo‘ladi). 
Nerv sistemasi va sezgi organlari. Suyakli baliqlarning bosh miyasi tog‘ayli 
baliqlarnikiga nisbatan birmuncha sodda tuzilgan. Uning hajmi nisbatan kichik, 
oldingi miya qopqog‘ida nerv moddalari yo‘q. Miya yarimsharlarining ichi (yon 
qorinchalari) tog‘ayli baliqlardagi kabi to‘siq bilan to‘liq ajralmagan. Miya 
yarimsharlarining oldingi tomoniga hidlov bo‘lagi, orqa tomoniga esa oraliq miya 
tutashgan. Oraliq miya nisbatan katta. Uning orqa tomonida epifiz, qorin tomonida 
esa gipofiz joylashgan. Ko‘rish nervlari kesishib, xiazma hosil qiladi. Suyakli 


16 
baliqlarda o‘rta miyava miyacha nisbatan katta, yaxshi rivojlangan. Oraliq miya 
katta yarimshar tomonidan berkitilgan. Uzunchoq miya asta-sekinlik bilan orqa 
miyaga qo‘shilib ketadi. 
Bosh miyadan 10 juft bosh miya nervlari chiqadi. Orqa miya tuzilishi bilan 
tog‘ayli baliqlarnikiga o‘xshash bo‘ladi. Umuman olganda, baliqlar va barcha 
umurtqali hayvonlar bosh miyasining barcha bo‘limlari, hayvonlar hayotida muhim 
ahamiyatga ega. Masalan, miyacha baliqlar harakatini, uzunchoq miya nafas olish, 
qon aylanish, hazm qilish organlari ishini boshqaradi. 

Download 254.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling