Farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim “aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi


Download 254.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/25
Sana19.06.2023
Hajmi254.4 Kb.
#1604241
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
12 Suyakli baliqlar sinfi, umumiy tavsifi, tashqi va ichki tuzilishi

Ko‘rish organlari. Suyakli baliqlarning ko‘zi xuddi tog‘ayli baliqlarning 
ko‘ziga o‘xshash tuzilgan, ya’ni ularning ko‘zlari suvda ko‘rishga moslashgan. 
Uning shox qatlami yassi va juda zich, ko‘z gavhari sharsimon shaklda bo‘lib, shox 
qatlamga deyarli taqalib turadi. Shunga ko‘ra, ko‘zning oldingi kamerasi juda 
kichik. Sklerasi tog‘aydan iborat. Ko‘z soqqasi bo‘shlig‘ida baliqlarga xos bo‘Igan 
o‘roqsimon o‘simtalar bor. Bu o‘simtalar tomirli pardadan boshlanib, ko‘ruv 
nervining kirish joyiga yaqin yerda to‘r pardani teshib chiqadi va ko‘z gavhariga 
borib birikadi. O‘roqsimon o‘simta qisqarganda ko‘z gavhari ichkariga kiradi va 
natijada akkomodatsiya (fokusga tushirish) yuz beradi, ya’ni ko‘z fokusi yaqindagi 
narsani ko‘rishdan uzoqdagi narsani ko‘rishga to‘g‘rilanadi. Harakatchan ko‘z 
qovoqlari yo‘q. Kumush parda baliqlar uchun juda xarakterli. Bu parda rangdor 
pardaga ham o‘tib uning tashqi qatlamini hosil qiladi. 
Eshitish organlari faqat ichki quloqdan, ya’ni pardali labirintdan iborat. Ichki 
quloq, ya’ni pardali labirint suyak kapsulasiga o‘rnashgan. Tog‘ayli baliqlarniki 
singari pardali labirint bo‘shlig‘i suyuqlik — endolimfa bilan to‘lgan. Endolimfada 
mayda ohakli kristallar (eshitish toshchalar) otolitlar suzib yuradi. Bundan tashqari, 
endolimfada yana 3 ta yirik otolitlar ham bo‘ladi. Umuman, eshitish organlari 
tashqaridan ko‘rinmaydi, ular kalla suyagining orqa qismidagi suyaklarda o‘ngda va 
chapda joylashgan. Suvning zichligi tufayli tovush to‘lqinlari kalla suyaklari orqali 
yaxshi o‘tadi va baliqlarning eshitish organlari orqali qabul qilinadi. Baliqlar qirg‘oq 
bo‘ylab ketayotgan odamning oyoq tovushini, qo‘ng‘iroq va o‘q tovushini eshitadi. 
Baliqlar har xil tovush chiqarib, bir-biri bilan so‘zlashish qobiliyatiga ega. Tovush 


17 
chiqarish diapazoni yuqori, ya’ni 30 Gts dan 12 kGts ga boradi. Ovoz chiqarish 
signallari orqali baliqlar bir-birlariga oziq topish, dushmandan saqlanish va jinsiy 
aloqani xabar qiladi. Ularning tovush chiqarishi turlicha, ya’ni ot tuyog‘ining tosh 
yo‘lda yurganda chiqaradigan tovushiga o‘xshash, shildirab, g‘ijirlab, chertganga 
o‘xshab, ingrab va boshqacha ovozlar ham chiqaradi. Baliqlar, asosan tishlarini bir-
biriga ishqalab, bo‘g‘in suyaklari orasidagi ishqalanishlar orqali ham tovush 
chiqaradi. Ayrim baliq turlarida ovoz chiqarish ularning suzgich pufaklarining hajmi 
bilan ham bog‘liq bo‘ladi, chunki suzgich pufagi eshitish suyagi bilan bevosita 
ulangan bo‘ladi. 

Download 254.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling