Farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim “aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi


Download 254.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/25
Sana19.06.2023
Hajmi254.4 Kb.
#1604241
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
12 Suyakli baliqlar sinfi, umumiy tavsifi, tashqi va ichki tuzilishi

Hid bilish organlari. Suyakli baliqlarning hid bilish organlari tog‘ayli 
baliqlarnikiga o‘xshash bo‘ladi, ya’ni ko‘zining oldida burun bo‘shlig‘i ko‘rinib 
turadi. Bu bo‘shliq bir juft yopiq hidlov xaltachalariga birlashadi. Ayrim tur suyakli 
baliqlarda, masalan, zog‘ora baliqlarda hid bilish organi vazifasini mo‘ylovlari ham 
bajaradi. 
Ta’m bilish organi barcha umurtqali hayvonlardagidek suyakli baliqlarda 
ham mayda ta’m bilish kurtakchalardan iborat. Ta’m bilish kurtakchalari, ta’m 
bilish hujayralaridan tashkil topgan. Har qaysi ta’m bilish hujayralarini mayda nerv 
shoxchalari o‘rab olgan. Ta’m bilish hujayralari baliqlarning nafaqat og‘iz 
bo‘shlig‘ida va halqumida, balki tcrining butun tashqi yuzasida ham tarqalgan 
bo‘ladi. 
Yon chiziq organlari ham alohida sezgi organlari bo‘lib, baliq tanasining ikki 
yoni bo‘ylab, boshidan dumigacha boradigan va teriga botib kirgan kanaldan iborat. 
Bu kanal tangachalarni teshib o‘tgan talaygina teshikchalar orqali tashqi muhit bilan 
bog‘langan. Bosh bo‘limida yon chiziqlar bir necha tarmoqlar beradi. Umuman, yon 
chiziqlar orqali baliqlar suv yo‘nalishini, oqim kuchini va suv osti predmetlariga 
yaqinlashganini sezadi. Ko‘pchilik baliqlarning og‘iz atrofida mo‘ylovlari bo‘lib, 
ular tuyg‘u vazifasini bajaradi. 
Ayirish organlari. Suyakli baliqlarda ham ayirish organi vazifasini bir juft 
uzun tasmasimon shakldagi tana, ya’ni mezanefros buyrak bajaradi va u qorin 
pardasi ostida umurtqa pog‘onasining ikki yonida joylashgan. Farqi shundaki, 


18 
suyakli baliqlarning ayirish sistemasi jinsiy organlari bilan bog‘liq emas. Uzun to‘q-
qizg‘ish rangdagi bir juft tana bo‘yragi (mezanefros) baliklar gavda bo‘shlig‘ining 
boshidan oxirigacha cho‘zilgan bo‘lib, suzgich pufagining ustida, umurtqalarining 
ikki yonida turadi. Buyraklarning oldingi uchi juda keng bo‘lib, o‘rta chiziqda bir- 
biriga qo‘shilib ketadi. Har qaysi buyrakning ichki cheti bo‘ylab bittadan siydik 
yo‘li o‘tadi va ular pastroqda bir-biri bilan qo‘shilib ketadi. Orqa tomondan esa 
siydik pufagiga qo‘shiladigan bitta umumiy kanalni hosil qiladi. Siydik pufagi 
siydik-tanosil so‘rg‘ichi uchida maxsus teshik orqali tashqariga ochiladi.

Download 254.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling