Farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim “aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi
Download 254.4 Kb. Pdf ko'rish
|
12 Suyakli baliqlar sinfi, umumiy tavsifi, tashqi va ichki tuzilishi
Jinsiy organlari. Suyakli baliqlar suzgich pufagining yon tomonlarida odatda
juft jinsiy bezlar joylashgan. Urg‘ochisining tuxumdoni mayda donachalar shaklida uzunchoq bo‘ladi. Urg‘ochilarida myuller nayi yo‘qolib ketgan. Uning keyingi cho‘zilgan qismi tuxum yo‘li hisoblanib, bitta teshik bilan siydik-tanosil so‘rg‘ichiga ochiladi. 19 II BOB. O‘RTA OSIYONING OV AHAMIYATIGA EGA BO‘LGAN BALIQLARNING TUR TARKIBI, BIOLOGIK TASNIFI 2.1. Sun’iy suv havzalarida uchrovchi ayrim baliq turlarining biologik tasnifi O‘zbеkistоnning hаyvоnоt dunyosi o‘zigа hоs bo‘lib bаliqlаrning 80 dаn оrtiq turi suv hаvzаlаrimizdа qаyd etilgаn. Bаliqlаrning bа’zi turlаri (оrоl mo‘ylоvdоri, kurаkburunlаr, cho‘rtаn - mаrkа , pаrrаk) nоyob bo‘lib, fаqаtginа O‘rtа Оsiyo suv hаvzаlаridа uchrаydi. Ko‘p bаliqlаr O‘zbеkistоn ihtiоfаunаsini XX-аsrning ikkinchi yarmidа to‘ldirishdi. Bаliqlаrning аyrimlаri do‘ngpеshоnа, оq аmur, sеvan gulbаlig‘i iqlimlаshtirilgаn bo‘lib, bоshqаlаri, buqаbаliqlаr, аmur chеbаkchаsi, ilоnbоsh tаsоdifаn kirib kеlgаn. Dоimiy rаvishdа ekоlоgik muhitning o‘zgаrishi, аntrоpеn tа’sirlаr ko‘pchilik bаliqlаrning yashаsh shаrоitlаrini kеskin o‘zgаrishgа оlib kеlаdi. Shu sаbаbli, hоzirdа mаhаlliy turlаrining аyrimlаri kаm uchrаydigаn,ba’zi bаliq turlаri umumаn yo‘q bo‘lib kеtish аrаfаsidа. Quyidа O‘zbеkistоn suv hаvzаlаrining tаbiiy vа su’niy bаliqchilik ho‘jаliklаridа yеtishtirilаyotgаn, оv аhаmyatigа egа аyrim bаliq turlаri to‘g‘risidа mа’lumоtlаr yig‘ildi. Karpsimonlar (Cyprinidae) — zog‘orabaliqsimonlar: suyakli baliqlar sinfining turlariga eng boy oilasi, karpnamolar turkumiga mansub, 275 tacha guruhga bo‘linadigan 1500 dan ortiq turi bor. Ular Yevropa, Osiyo, Afrika va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Karpsimonlar daryo, soy, ko‘l, suv ombori va ariq kabi, asosan, chuchuk va ba’zi turlari qisman sho‘rroq suvlarda yashaydi. O‘rta Osiyoda bu oilaning 57 ta turi uchraydi. Karpsimonlar issiqsevar bo‘ladi. Shuning uchun sovuq tomonlarda kamroq, issiq tomonlarda ko‘proq, ayniqsa, Osiyoning janubi-sharqida juda keng tarqalgan. Ularning, asosan, chuchuk suv baliqlari, likin, Orol sug‘yoni kabi o‘tkinchilari ham bor. Bo‘yi 6—8 santimetrdan 180 santimetrgacha yetadi, lekin mayda va o‘rta bo‘ylilari ko‘proq uchraydi. Jag‘ida tishlari yo‘q, halqum suyaklarida bir yoki 2—3 20 qator o‘rnashgan tishlari bo‘-lib, ular ovqatni chaynash vazifasini bajaradi. Og‘zining atrofi ustki tomondan faqat jag‘oldi suyagi bilan o‘ralgan bo‘lib, bu suyak ustki jag‘ bilan qo‘shilgan va harakatchandir. Mo‘ylovi ikki-uch juftdan iborat, xolos. Suzuvchi pufaklari ichak bilan qo‘shilgan, ichaklarida oshqozon va pilorik o‘simtalari yo‘q, usti yirik tangachalar bilan qoplangan, lekin ba’zilari tangachasiz bo‘ladi. Karplar Cyprinus carpio oilasiga mansub bo‘lib, uning asosiy obyekti iliq suvli baliqchilik xo‘jaliklarida urchitiladigan asosiy zot hisoblanadi. Uning kishilar tomonidan madaniylashtirilgan zoti sazan (zog‘ora) baliq hisoblanadi. Karp so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib, serurug‘, ko‘p bolalovchi degan ma’nolarni anglatadi. Karp balig‘i aholi iste’mol qiladigan ommaviy baliq turi sifatida ko‘paytiriladi. Oziqlanishi, o‘sishi va ko‘payishi uchun eng qulay harorat 20-28 °C ni tashkil etadi. Karpning respublikamiz baliqchilik xo‘jaliklaridagi to‘dalari madaniylashtirilgan mahalliy shakli ukrain va venger karplarning nasllaridan iboratdir. Ular o‘simliklarning barglariga yopishib turadi. Download 254.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling