Farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim “aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi
Download 254.4 Kb. Pdf ko'rish
|
12 Suyakli baliqlar sinfi, umumiy tavsifi, tashqi va ichki tuzilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chipor do‘ngpeshanali baliq
- 2-rasm. Chipor do‘ngpeshona baliq
1-rasm. Zog‘ora baliq
Tuxumni ochib chiqishi suvning harorati 20 °C bo‘lganda molok (sperma) bilan otalangan uvuldiriqlardan 3 kunda lichinkalar hosil bo‘lganda yuz beradi. Harorat 21 16 °C bo‘lganda 5 kunda ochib chiqqan lichinkalarning uzunligi 5-5,5 mm bo‘lib, to‘liq shakllanmagan bo‘ladi. Lichinka uvuldiriqniochib chiqqandan so‘ng tashqi oziqalar bilan oziqlanmaydi. 1-2 kun harakat qilmasdan, tashqi muhitdan oziqlanmasdan sariq xaltadagi oziqa hisobiga o‘simliklarning bargiga osilib yashaydi. Rivojlanishi uchun qorin qismidagi suyuqlikni ishlatadi. Juda qisqa muddatdan so‘ng qorin qismidagi suyuqlikning ishlatilishidan kelib chiqqan holda lichinkalar tashqi oziqalar bilan plankton organizmlar mikroskopik suv o‘tlari bilan oziqlanishni boshlaydi. Chipor do‘ngpeshanali baliq (Hypophthalmichthys nobilis). Chipor do‘ngpeshanali baliq oq do‘ngpeshanani eslatadi. Biroq ulpor do‘ngpeshananing kallasi birmuncha kattaroq, tanasi kaltaroq va rangi esa olachipor bo‘ladi. Oyquloqlari va changchilari ham rivojlangan bo‘lib, filtrlovchi apparatni hosil qiladi. Lekin elak shaklida qo‘shilib ketmaydi. Qorinchasidagi qili qorin suzgichlarining asosida joylashgan. Oq do‘ngpeshanali baliqlarga nisbatan fe’l- atvoridan farq qiladi. Shovqin-suron hamda har xil ovoz chiqarilganda suvdan balandlikka sakramaydi. Bu baliqlarning vazni katta, tez o‘sadi. 2-rasm. Chipor do‘ngpeshona baliq Urg‘ochilari 4-5 yoshida, og‘irligi 3,5-4,5 kg ga yetganda tanasining uzunligi 55-65 sm keladi. Bunga dum uzunligi kir maydi. Shu vaqtda jinsiy voyaga yetadi. Serpusht bo‘ladi, tabiiy hovuzlarda 5 mln gacha, sun’iy hovuzlarda 1 mln dan ko‘proq. 22 Me’yoriy mahsuldorligi 500 ming uvuldiriqqa teng. Dastlabki 2-3 hafta mobaynida mayda zooplankton organizmlar (kolovratkalar), mayda qisqichbaqalar va boshqa o‘simliklar bilan oziqlanishga o‘tadi. To‘da-to‘da bo‘lib suzadi, bir hovuzdagi baliqlarning aksariyati bir xil kattalikda bo‘ladi. 2 yoshidan boshlab oq do‘ngpeshanaliga nisbatan tezroq o‘sadi. Oq amur (Ctenopharyngodon idella) Vatani Amur va boshqa Uzoq Sharq daryolari hisoblanadi. Iliq suvni sevadi. Yirik, tez o‘sadigan, tanasi torpedasimon, tangachalari yirik, daryolarda o‘sadiganlari 1 m 22 sm, tirik vazni 32 kg, tabiiy hovuzlarda uzunligi 1 m, og‘irligi 30 kg va undan ham ko‘proq bo‘ladi. Jinsiy yetilishi Rossiyaning janubiy viloyatlarida 3-4 yoshida, Krasnodar o‘lkasida 4-5 yoshida, Moskva viloyatida esa 7-8 yoshida ro‘y beradi. Serpushtligi 2 mln. Ko‘pincha 100000-800000 gacha uvuldiriq beradi, baliqlar uvuldiriqni aprel, avgust oylarida daryo o‘zaniga tashlaydi. Baliq urug‘i yopishqoq bo‘lmaydi. O‘zbekiston sharoitida urg‘ochilari 4-5 yoshida uzunligi 55- 65 sm (dumini hisobga olmasdan) va og‘irligi 3,5-4 kg bo‘ladi, erkaklari 1 yil ertaroq yetiladi. Odatda, nasl beruvchilardan 5 yoshdan oshganda foydalaniladi. Tabiiy hovuzlarda 1 mln tadan ko‘p bo‘ladi. Me’yoriy serpushtligi 500000 uvuldiriqqa teng. Download 254.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling