Farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim “aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi


Download 254.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/25
Sana19.06.2023
Hajmi254.4 Kb.
#1604241
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
12 Suyakli baliqlar sinfi, umumiy tavsifi, tashqi va ichki tuzilishi

7-rasm. Oq qayroq 


26 
Dengizda va chuchuk suvda yashaydigan o‘tkinchi baliq. Orol dengizida 
yashaydiganlari 3-4 yoshida voyaga yetadi, urchish uchun avval daryo mansabida 2-
3 oy yashab, kuzda daryoga o‘tadi. Urg‘ochisi erta bahorda yarim metrdan 7 
metrgacha chuqurlikka, suvi tez oqadigan va tagi qattiq yerlarga, shuningdek, suvga 
cho‘kkan daraxt shoxlari va ildizlar ostiga 370 mingtacha uvuldiriq tashlaydi. 
Serpushtligi baliqning yoshiga bog‘liq. 
Chu daryosining Sirdaryodan uzilib va shu tufayli Orol dengizidan ajralib 
qolishi natijasida bu daryoda oq qayroqning hayot tarzi o‘zgarib, u o‘troq 
yashaydigan baliqqa aylangan. 
Oq qayroqning Kaspiy dengizida tarqalgan qizillab oq marka yoki xasham, 
Orol dengizida yashovchi Orol oq markasi kabi bir necha kenja turlari bor. Bularning 
hammasi ovlanadigan baliqlar, lekin xo‘jalik ahamiyati katta emas. Masalan, Orol 
oq markasi Orol dengizi havzasida ovlanadigan baliqlarning 11-12 foizini tashkil 
etadi, xolos. 
Kumush tovonbaliq (Carassius auratus) — karpsimonlar oilasining bir turi. 
Yevropa va Osiyoda keng tarqalgan. O‘rta Osiyoda avval faqat Sirdaryo mansabida 
ko‘plab uchragan, hozir O‘zbekistonning ko‘l, suv ombori, hovuz-baliqchilik 
xo‘jaliklari kabi havzalarida ko‘payib ketgan. Bu baliq joy tanlamaydi, har qanday 
sharoitga ko‘nikib ketaveradi. Uni tagi toshloq va suvi tez oqadigan daryolarda, tagi 
balchiq yoki loyqa ko‘llarda, shuningdek, ko‘lmak suvlarda uchratish mumkin, lekin 
ko‘llarda ko‘proq bo‘ladi. 
8-rasm. Kumush tovonbaliq. 


27 
Suv o‘simliklari muhiti bu baliq uchun juda qulay sharoitdir. U kislorodi kam 
suvlarda ham yashashga moslashgan. 
Uzunligi 30 santimetr, og‘irligi taxminan 1 kilogramm. Tanasi lappaksimon, 
suzgichlari katta, orqa suzgichining oldida arra tishli yo‘g‘on suyak shu’lasi bor. 
Shunga o‘xshash shu’la dumosti suzgichining oldida ham bo‘ladi. Orqasi ko‘kimtir, 
qorin tomoni kumushrangda. Shuning uchun ham unga kumush tovonbaliq deb nom 
berilgan. 
Qizil parra — chuchuk suv balig‘i. Yevropada tarqalgan, O‘rta Osiyoda Orol 
dengizi, Amudaryo va Sirdaryoda uchraydi. Qamish kabi o‘simliklar orasida, 
daryoda esa suv sekin oqadigan yerlarda yashaydi, o‘simliklardan xoli joylarga 
yaqin yo‘lamaydi. Bo‘yi 30 santimetrcha, lekin ko‘pincha 20-25 santimetrliklari 
ovlanadi. Tangachasi yirik, yon chizig‘i qorniga yaqinroq joylashgan, dum suzgichi 
biroz ingichka va uchli. Orqasi kulrang-ko‘k, qorni va yonlari kumushdek oq, orqa 
suzgichidan tashqari barcha suzgichlari qip-qizil rangda, shuning uchun ham qizil 
parra deb ataladi. 

Download 254.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling