2-rasm. Chipor do’ngpeshona baliq
Urg’ochilari 4-5 yoshida, og’irligi 3,5-4,5 kg ga yetganda tanasining uzunligi
55-65 sm keladi. Bunga dum uzunligi kir maydi. Shu vaqtda jinsiy voyaga yetadi.
Serpusht bo’ladi, tabiiy hovuzlarda 5
mln gacha, sun’iy hovuzlarda 1 mln dan
ko’proq.
40
3-rasm. Oq amur.
Kichik
hovuzlarda yetishtirilsa, kelajakda hovuz baliqchiligining asosiy
obyektiga aylantirilishi mumkin. O’zbekiston olimlari
va mutaxassislari oldiga
qo’yilgan vazifalardan biri O’zbekiston sharoitida yetishtiriladigan o’simliklar bilan
oziqlantirish usullarini ishlab chiqarishdan iborat. Oq amur yaxshi meliorator
hisoblanadi. Ular zovurlardagi o’tlarni iste’mol qiladi. O’simliklarning
qoldiqlari
bilan ifloslanishdan saqlashga yordam beradi. Oq amur yuqori o’simliklar bilan
oziqlanadi, hovuzlarda uni tezda iste’mol qiladi. Yaxshi natijalarga erishish uchun
hovuzlarga o’rilgan o’tlarni solish talab etiladi.
4-rasm. Oq do’ngpeshona baliq.
Ko’paytirishda 4 yoshlik baliqlardan foydalaniladi. O’zbekiston
sharoitida
urchitiladigan oq do’ngpeshanali baliqning serpushtligi tabiiy hovuzlarda - 5 mln
gacha, sun’iy hovuzlarda - 1 mln dan yuqori, me’yoriy nasldorligi - 500 ming
uvuldiriqdan iborat bo’ladi. Kunlik oziqasi tirik vaznining 17 % ini tashkil etadi.
Dastlabki ikki hafta mobaynida lichinkalar zooplankton organizmlar (kolovratkalar,
mayda qisqichbaqalar) bilan oziqlanadi. To’da bo’lib suzadi, shuning uchun bir
hovuzda hamma baliqlar ko’pincha bir kattalikda bo’ladi.
41
5-rasm. Qora amur.
Bo’yi 120 santimetrcha, og’irligi 35 kilogrammgacha boradi. Ustini qoplagan
qora tangachalari yirik, qorin tomoni oqishroq. Halqum tishlari 1-2 qator, katta va
yaxlit bo’lib, chig’anoq kabi qattiq narsalarni xuddi
tegirmon toshi singari
maydalab tashlaydi. Kichkina og’zi boshining oldiga o’rnashgan. Qora amur sekin
o’sadi, 7-9 yoshida voyaga yetadi. Pelagik uvuldirig’ini iyun-iyul oylarida,
daryoning suvi ko’tarilib, harorati 26-30 °C ga yetganida tez oqar yerlarga tashlaydi.
Oziqasi molluska, qisqichbaqa va suv hasharotlaridan iborat. Xitoyda keng tarqalgan
va ovlanadigan muhim
baliqlardan biri hisoblanadi, yiliga 300 ming sentner va
undan ham ko’proq miqdorda ovlanadi.
6-rasm. Zarafshon oq chebagi.
Yevropa va Shimoliy Osiyoda tarqalgan. O’rta Osiyoda Orol dengizida,
Sirdaryo va Amudaryoda oz miqdorda uchraydi. Orqasi ko’kimtir-kulrang va mayda
xolli, yon tomonlari sarg’ish,
qorni oqishroq, suzgichlarida qora xollari bor.
Umuman, bu baliqning rangi yashaydigan yeriga bog’liq. 15 santimetr,
Sibirda
ba’zan kattaroqlari ham uchraydi.