Farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim “aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi


Download 254.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/25
Sana19.06.2023
Hajmi254.4 Kb.
#1604241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
12 Suyakli baliqlar sinfi, umumiy tavsifi, tashqi va ichki tuzilishi

Bosh skeleti. Suyakli baliqlarning bosh skeleti ham akulalarning bosh skeleti 
singari ikkita asosiy bo‘limga: miya qutisi va vistseral skeletga bo‘linadi. Suyakli 
baliqlarning bosh skeleti deyarli faqat suyak to‘qimadan tashkil topgan bir qancha 
ayrim suyaklardan tuzilgan. 
Miya qutisi bir necha bo‘limga bo‘linib, bu bo‘limlarda bir qancha suyaklar 
joylashgan. Uning ensa bo‘limi ensa teshigini o‘rab turadigan to‘rtta ensa suyagidan 
tashkil topgan: katta ensa teshigining pastki qismida toq asosiy ensa suyagi, ikki yon 
tomonida bir juft yon ensa suyagi va ustida bitta ustki ensa suyagi bo‘ladi. 
Eshituv bo‘limida eshituv kapsulasini tashkil etadigan quloq suyaklari bor, ular 
zog‘ora baliq miya qutisining har tomonida to‘rttadan ko‘pchiligida tog‘ayligicha 
qoladigan ponasimon suyaklar yoki sfenoidlar yotadi. Suyakli baliqlarning visseral 
yoylari ham xuddi akulalarning vistseral yoylariga o‘xshash, jag‘ yoyi, til osti va 
jabra yoylaridan iborat.
Suyakli baliqlarda besh juft jabra yoylari bir-biri bilan o‘zaro harakatchan 
birikkan to‘rt juft suyakchalardan va yoylarni ostki tomondan birlashtiruvchi bitta 
(toq) element (kopula)dan hosil bo‘lgan. Suyakli baliqlarda beshinchi jabra yoyi 
(oxirgisi) kuchli reduksiyalangan. 
Suyakli baliqlarda yangi tuzilma — jabra qopqog‘i bo‘lib, u har tomondan 
giomandibulyar suyakka qo‘shiladigan to‘rtta yapaloq qoplag‘ich suyakdan: 
qopqoq, qopqoq oldi, qopqoq osti va qopqoq oraliq suyaklaridan tuzilgan. 
Suzgich qanotlar skeleti. Juft suzgich qanotlari suyakli baliqlarning 
ko‘kragida va qornida joylashgan. Ko‘krak juft suzgichining yelka kamari tanada 
tayanch vazifani bajaradi. 
Yelka kamari barcha suyakli baliqlarda kuchli reduksiyalangan birlamchi 
yelka kamaridan, ya’ni ikkita kichkina xondral — kurak va uning ostida joylashgan 
kora- koid suyaklardan iborat. Kurak suyagi ko‘krak erkin suzgich qanotining ichki 
skeleti — radialiyalar kelib qo‘shiladigan yerda joylashgan bo‘lib, uning o‘rtasida 
teshigi bor. Ikkilamchi kamar esa juda kuchli rivojlangan bo‘lib, miya qutisi bilan 


11 
birikadi. Ko‘krak erkin suzgich qanotining ichki skeleti kurak va qisman 
korakoiddan boshlanadigan bir qator mayda radialiyalardan iborat. Bu 
radialiyalarga suzgich qanot pallasida joylashgan va bo‘g‘imlardan tashkil topgan 
teri suyak shu'lalari bevosita birikadi. Akulalar ko‘krak suzgichidagi bazaliy 
elementlari suyakli baliqlarda reduksiyalangan. Erkin suzgich qanotlarning bu 
elementlari suyakli baliqlarda o‘zining tayanch funksiyasini yo‘qotgan va bu 
funksiyani birlamchi kamar elementlar (kurak, korakoid) bajaradi. 
Chanoq kamari bir-biri bilan qo‘shilib ketgan bir juft uchburchak suyak 
plastinkadan iborat. Ular qorin devori muskulida joylashib, umurtqa pog‘onasi bilan 
bog‘langan emas. Chanoq kamarining yon tomonlariga qorin suzgich qanotlari 
birikadi. Kamarga suzgich qanot pallalari teri suyak shu'lalari orqali birikadi. 
Suyakli baliqlarning qorin suzgichida radialiya va bazaliya elementlari 
reduksiyalangan. 
Suyakli baliqlar qorin suzgichining funksiyasi cheklanganligi sababli ularning 
tuzilishi soddalashgan. Shunday qilib, suyakli baliqlar juft suzgich qanotlarining 
ichki skeleti akulalardagiga nisbatan soddaroq tuzilgan, ya’ni oldigi juft suzgich 
qanotlarida bazaliyalar yo‘q, orqa suzgich qanotlarida esa bazaliyalar hamda 
radialiyalar ko‘pincha reduksiyalangan. 
Toq suzgichlari orqa, dum va anal suzgich qanotlardan tashkil topgan. Anal va 
orqa suzgich qanot ichki skeleti muskulda joylashgan radialiyalardan, tashqi skeleti 
esa suzgich qanot shu'lalaridan iborat. Dum suzgichi tashqi tomondan simmetrik va 
ichki tomondan assimetrik-gomotserkal tipda tuzilgan. Uning ustki pallasi ichiga 
umurtqa pog‘onasining oxirgi uchi joylashgan bo‘lib, pastki pallasi asosini esa 
kuchli o‘sib, keng tortgan qiltanoq (ostist) — o‘simta ushlab turadi. Tashqi skeleti 
teri shu'lalardan iborat. 

Download 254.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling