Farg’ona davlat universiteti sirtqi ta’lim fakulteti
Download 198.39 Kb.
|
Farg’ona davlat universiteti sirtqi ta’lim fakulteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaror daraxtlarini qurish usullari
QQQT evolyutsiyasi. Qarorlar qabul qilishga ko’maklashuvchi tizim o’z rivojlanishi jarayonida quyidagi yo’lni bosib o’tdi.
Birinchi tizimlar – tranzaksiyalarni qayta ishlash tizimi (TRS) bo’lib oldindan berilgan shaklda axborotlarni ro’yhatga olish, to’plash, saqlash va berishning eski operasiyalarni bajarishga mo’ljallangan kompyuter tizimidir. Bunday tizim doirasida qaror qabul qilish faqat axborot bilan ta’minlanadi. Qaror daraxtlarini qurish usullariMySQL da standart funksiyalardan foydalanish. Barcha turdagi standart funksiyalarni PhpMyAdmin da sinovdan o‘tkaziladi. Birinchi turdagi standart funksiyamiz bu son turidagi jarayonlarni amalga oshiruvchi funksiyadir. Bu qanday amalga oshirilishi yoki uni qanday tushinish mumkin degan savollarni bo’lishi tabiiy holder. Bu savollarga bir og‘iz gap bilan matematika deb javob qaytarish yetarlidir. CHunki har bir fanda matematik mantiq yotadi va bu bilan muammolar echiladi. Keling, huddi shu amallardan bir qanchasini biz ham so‘rovlar ostida uni sinab ko‘ramiz. ABS() – sonning absolyut qiymatini hisoblaydi. Misol tariqasida 1-Rasm, olingan natija esa 2-Rasm
ACOS() – sonning radiandagi qiymatini -1 va 1 oralig‘idagi miqdorda hisoblaydi. Misol tariqasida 3-Rasmni, natijasi sifatida esa 4-Rasmni ko‘rishimiz mumkin. CEIL() – sonning butun qismini hisoblaydi. Misol uchun 5-Rasmni keltirib o‘tamiz, natijasi esa 6-Rasmda ko‘rsatilgan
DEGREES() – bu funksiyaning vazifasi radianda berilgan sonning qiymatini gradusga o‘giradi. Misol uchun 7-Rasmni ko‘rsatish mumkin, natijasi esa 8-rasmda keltirilgan. FLOOR() – bu funksiya sonning o‘zidan kichik bo‘lgan eng katta butun sonni topishda qo‘llaniladi. Misol uchun 9-Rasmni keltiramiz va natijasi sifatida 10-Rasmni
FORMAT(X,D) – bu funksiya X haqiqiy sonning kasr qismini D ta butun songacha yaxlitlaydi va uni hisoblaydi. Misol uchun 11-Rasmni keltiramiz va natijasi sifatida 12-rasmga e’tibor qaratamiz. Endi keyingi turdagi standart funksiya bilan tanishamiz, ya’ni satrli standart funksiya. Bu funksiya odatda yozilgan simvollarning hossalarini ifodalaydi. Bunga misol sifatida bir qancha SQL so‘rovlar va ularning natijalarini kelitirib o‘tamiz: ASCII() – bu funksiya satrda yozilgan belgilar to‘plamini ASCII jadvalidagi o‘rnini ifodalaydi. Misol uchun 13-Rasmni keltiramiz va natijasi sifatida 14-rasmga e’tibor qaratamiz.
BIN(M) – bu funksiya M sonini 2 lik sanoq sistemasiga o‘tkazadi. Misol uchun 15-Rasmni keltiramiz va natijasi sifatida 16-rasmga e’tibor qaratamiz. BIT_LENGTH(‘matn’) – bu funksiya matn simvollar ketma ketligini necha bit o‘lchamda ekanligini aniqlaydi. Misol uchun 17-Rasmni keltiramiz va natijasi sifatida 18-rasmga e’tibor qaratamiz.
CHAR(X) – bu funksiya berilgan X son o‘rniga mos keladigan ASCII jadvalidagi simvolni joylashtiradi. Misol uchun 19-Rasmni keltiramiz va natijasi sifatida 20-rasmga e’tibor qaratamiz. CONCAT() – bu funksiya berilgan satrdagi bir nechta simvollar ketma-ketligini bir-biriga qo‘shadi. Misol uchun 21-Rasmni keltiramiz va natijasi sifatida 22-rasmga e’tibor qaratamiz.
3-turdagi standart funksiya bu sana va vaqt ustidagi amallarni bajaradi. Bunga misol sifatida bir qancha SQL so‘rovlar va ularning natijalarini kelitirib o‘tamiz: CURDATE() – bu funksiyaning vazifasi joriy yil, oy va kunni chiqarishdir. Misol uchun 23-Rasmni keltiramiz va natijasi sifatida 24-rasmga e’tibor qaratamiz.
NOW() - bu funksiyaning vazifasi joriy yil, oy, kun, soat, minut, sekundni chiqarishdir. Misol uchun 25-Rasmni keltiramiz va natijasi sifatida 26-rasmga e’tibor qaratamiz.
CURTIME() – bu funksiyaning vazifasi joriy vaqtni ko‘rsatishdan iboratdir. Misol uchun 27-Rasmni keltiramiz va natijasi sifatida 28-rasmga e’tibor qaratamiz.
Demak, bu kabi standart funksiyalar bizga bir qancha qulayliklar keltirishi mumkin. CHunki shu kabi funksiyalarni yaratish bir qancha vaqt va istedot talab qilishi mumkin. Bizda uni yaratishga xojat yo‘q. SHunchaki ularni borligini bilgan holda ularni kerakli vaziyatda chaqirish yetarlidir. 2-BobDownload 198.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling