Farg‘ona davlat universiteti z. Botirova maktabgacha pedagogika ma`ruza matni I kurs farg‘ona 2022 Tuzuvchi: Z. Botirova


Download 337.83 Kb.
bet44/51
Sana01.04.2023
Hajmi337.83 Kb.
#1315305
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   51
Bog'liq
Ma\'ruza 1-kurs 2-semestr

Mehnat tarbiyasi
Mehnat tarbiyasi yosh avlodni tarbiyalashda markaziy o‘rinlardan birini egallaydi. Rivojlanishning asosiy vazifalaridan biri mehnat tarbiyasi va ta’lim samaradorligini umumiy ta’lim ukuv muassasasi talabalarini kasb tanlash, mustaqil hayotga amaliy va texnika inqilobi va hozirgi zamon ishlab chiqarish sharoiti talabalarning mehnat tarbiyasi va ta’limi ana shu talablar darajasiga ko‘proq muvofiq bo‘lishini talab qilayotir. Nega deganda tarbiyalanuvchilar ukuv yurtini tamomlagandan keyin ishlab chiqarishning butun tizimini bemalol bilishlari va unda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tezda payqab olishlari kerak.
«Umumiy va kasb-hunar ta’limini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari»da ta’kidlanadiki, mehnat tarbiyasini shaxsni shakllantirishning eng muhim omili va xalq xo‘jaligining mehnat resurslariga talabini qondirish vositasi deb bilish kerak.
Mehnat faoliyati jarayonida inson tabiatini o‘zgartiribgina qolmay u bilan birga o‘zi ham o‘zgaradi. Mehnat faoliyati shaxsning axloqiy fazilatlarini shakllantirishga uning tabiat va jamiyatga qarashli tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat inson aqliy qobiliyati jarayonini o‘z ijodiy faolligini namoyon qilib ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi va takomillashtiradi. Mehnat tufayli insonning ma’naviy munosabatlari shakllanadi. Jismoniy jihatdan kamol topib o‘z mehnat ko‘nikmalari va malakalarini rivojlantira boradi.
Mehnat faoliyatini tashkil etishga kuyiladigan umumiy talablarni kuyidagi jadvalda keltirib utildi.



Mehnat faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar.



Mehnat faoliyatining axloqiy asosda, ijtimoiy-g‘oyaviy mazmunga egaligi.

Mehnat faoliyatini jamoa xarakteriga egaligi.

Mehnat topshiriqlarini berishda,bolalarlar imkoniyati
ni hisobga olish.

Mehnat faoliyatining tizimli va rejali bo‘lishiga erishish.

Mehnat faoliyatining ijodiy xususiyat kasb etishi.

Ammo har qanday mehnat ham shaxsni har tomonlama tarbiyalash va kamol toptirish omili bo‘lavermaydi. Ekspulatatsiya va zo‘ravonlikdan xoli bo‘lgan mehnatgina insonga hal qiluvchi va tarbiyalovchi ta’sir ko‘rsatadi. Agar inson majburan mehnat qilsa bu jarayon ma’naviy rivojlanishga xalaqit beradigan va ma’naviy mamnuniyat keltirmaydigan mehnatga aylanadi.


O‘quv yurtlarida mehnat tarbiyasini rivojlantirish yo‘llarini ijodiy ishlab chiqishda shaxs mehnatini tashkil etish metodikasiga jiddiy e’tibor berish kerak. Mehnatdan maqsadga muvofiq foydalanilsagina u tarbiyalanuvchilar ma’naviy kamolotini omili bo‘lib qolishi mumkin. Buning uchun mehnat shaxsni qiziqtirishi, jismoniy mehnatgagina emas, balki aqliy mehnat bo‘lishi lozim. Shaxs mehnat natijasini tushunishi kerak. Shaxs faqat ukuv muassasasidagina emas, undan tashqarida ham mehnat qilishi kerak. Mehnat tarbiyalanuvchilar uchun ularning qurbi etadigan ijodiy faoliyat bo‘lishi lozim. Mehnat tarbiyasini bir qator etakchi vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • umumfoydasi uchun mehnat qilish zarurligi;

  • talabalarda jamoa mehnat faoliyatida ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan barqaror ma’naviy va irodaviy xislatlarni tarbiyalash;

  • talabalarni umumiy bilim va politexnik bilimlar tizimi bilan hozirgi zamon ishlab chiqarishda qatnashish uchun zarur bo‘lgan maxsus mehnat ko‘nikmalari va malakalari bilan qurollantirish;

  • talabalarga bo‘lajak kasbni ongli tanlashda yordam berish;

  • mehnat madaniyati asoslarini tarbiyalash, tarbiyalanuvchilarning iqtisodiy tarbiyasi.

Mehnat tarbiyasining vositalari quyidagilar:

  1. Ijtimoiy foydali mehnat.

  2. Oilaviy mehnat.

  3. Mehnat faxriylari va turli mehnat vakillari bilan uchrashuv.

Mehnat ikki xil bo‘ladi:
Aqliy mehnat.
Jismoniy mehnat.
Aqliy mehnat - shaxs uchun eng og‘ir mehnatdir. Bu mehnat aqliy zo‘r berishni talab qiladi, uzoq vaqt davom etadi va qunt bilan shug‘ullanishni talab qiladi. Bu mehnatning murakkabligi yana shundaki, bundagi natijalarning namoyon bo‘lishi qiyinroq bo‘ladi, bu natijalarni shaxs deyarli tushunmaydi.
Aqliy mehnati jarayonida tarbiyalanuvchilar turli darajada murakkablikka ega bo‘lgan va mustaqillikni turli darajada talab qiladigan bir qator aqliy, hamda amaliy xarakterlarni egallaydilar. Bu esa ularda bilimga qiziqishini, aqliy faoliyatning samarali turlarini shakllantiradi.
Aqliy mehnati tarbiyalanuvchilarning qurbi etadigan darajada bo‘lishi kerak. Tarbiyalanuvchilarning qurbi etmaydigan mehnat inson organizmiga ziyon etkazadi. O‘qishdan ko‘nglini sovutishi mumkin. Shu sababli pedagog har bir tarbiyalanuvchining yosh xususiyatini va ta’lim olishga individual tayyorligini aniqlash, shaxsning e’tibori va tafakkuridagi xususiyatlarini bilishi, mehnat va dam olish rejimiga rioya qilishi muhimdir. O‘quv mehnatning bosh vazifasi-shaxsni o‘qishga o‘rgatishdan, uni ûquv mehnati metodikasi va texnikasini qurollantirishdan, ûzi bilim oladigan bo‘lish imkoniyatini berishdan iborat. O‘quv mehnati jarayonida ta’sir qiladigan ko‘nikma va malakalar tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy foydali unumli mehnatda qatnashishga tayyorgarligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiyalanuvchini bûlajak mehnat faoliyatiga tayyorlash uchun yaxshi poydevor bo‘ladi. Pedagogning ukuv muassasasi tarbiyalanuvchilarida darsliklar, kompyuter texnikasi bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirishda mehnat tarbiyasiga doir ishi ayniqsa muhim ahamiyatga ega. O‘quv mehnati jarayonida aqliy mehnat madaniyati hosil qilinadi. O‘rtoqlik, xayrixohlik, intizomlilik, uyushqoqlik singari fazilatlar tarbiyalanadi. Binobarin, bularning bari mehnat tarbiyasini eng samarali hal qilish uchun xizmat qiladi.

Download 337.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling