mustahkam har-biy intizom, jangovar birodarlik va
o‗zaro bir-biriga madad berish jangdagi g‗alabaning
muhim kafolatidir. Har bir askar, kichik komandir va
ofiier dushmanlar-ni yo‗q qilishda hech qachon
ikkilanmasligi, qatiyat va jasurlik ko‗rsatishi kerak.
Har qanday xavf va qiyin-chilik, hatto, o‗z jonini
qurbon qilib bo‗lsa ham jan-govar vazifani bajarilishini
ta‘minlashi kerak.
Zamonaviy umumqo‗shin jangi — har bir jangchidan
yuksak jangovar maxrratni, jismoniy chiniqishni,
qurol-yarog‗ va texnikaning qudratidan to‗liq
foydalana bilishni, himoya va niqoblash vositalarini
unumli qo‗llashni, jang mobaynida tashabbus
ko‗rsatish va jangovar vazifani aniq va puxta
bilishni talab etadi. Bunga tinchlik davrida tinimsiz
o‗qish va amaliy mashg‗ulotlar o‗tkazish, jangga
tayergarlik ko‗rishda va janglar o‗rtasidagi
vaqtlardagi tayyorgarliklar orqali erishiladi.
Tinchlik davrida jangovar tayyorgarlikning asosiy
maqsadi bo‗lg‗uvsi dushmanni, uning taktik harakatlari
va tashkiliy tuzilishini o‗rganishdan hamda har
qanday vaziyatlarda ham dushmanni samarali
usullardan foydala-nib yakson qilishni o‗rganishdan
iboratdir.
Zamonaviy qurollar barcha o‗t ochish va zarba
beruvchi artilleriya, zenit, aviatsiya, o‗qotar,
muhandislik o‗q-dorilari hamda yondiruvchi o‗qdorilari sifatida qo‗lla-niladigan vositalardan tuzilgan.
Qurollar dushmanni tirik kuchlari, jangovar texnikasiga talofat berish va turli ob‘ektlarni buzib
tashlash va yakson qilish uchun qo‗llanishi mumkin.
Jangda artilleriya, tanklar, piyodalar jangovar mashinasi (bronetransportyor — BTR), zenit vositalari
va o‗qotar qurollar bilan, aviatsiya zarbalari
Do'stlaringiz bilan baham: |