qonuniy asos bo‗lganda qo‗llashlari mumkin. Komandir va
boshqa boshliqlar o‗z qo‗l ostidagilarga buyruq berish
huquqiga egadirlar.
Harbiy hizmatchilarning hususiy majburiyatlari va
huquqlari vaqtinchalik harakterga ega. Ba‘zi biror buyruq
yoki ko‗rsatmalarni faqat hizmat faoliyati vaqtidigina
bajarish majburiyatdir. Ular harbiy hizmat topshiriqlari va
ularni bajarish doimiy va kundalik ishlar tarkibiga kiruvchi
egallab turgan lavozim majburiyat va huquqlaridir. Ularga
bir kecha- kunduz davomida berilgan naryad, tekshirishga
tayinlangan shaxslar, yo‗riqchilar yoki davlat kommissiyasi
(masalan, imtihon xay‘ati), harbiy eshelon va boshqa
shahslar majburiyat va huquqlari kiradi.
Shunday qilib, harbiy hizmatchilarning huquqiy
holatlari, birinchidan fuqaroviy (bunda fuqarolar
O‗zbekiston Respublikasining hamma uchun umumiy
bo‗lgan), huquq va majburiyatlari, ikkinchidan Qurolli
Kuchlar mahsus xususiyatlaridan kelib chiqib, harbiy
xizmatning aloxida o‗ziga hos sharoitlaridan va uchinchidan
harbiy xizmatchilar xizmat darajasi va harbiy unvonidan
kelib chiqib, to‗rtinchidan esa egallab turgan lavozimi
majburiyat va huquqlardir.
Qurolli Kuchlar tarkibining to‗laligi davlat
tomonidan o‗rnatilgan va harbiy huquq tuzish me‘yorlari
bilan boshqariluvchi armiyaning to‗ldirilib borish, chegara
va ichki qo‗shinlarning, harbiy hizmatga aloqador shahsiy
tarkib va harbiy holatlar harbiy ta‘lim oluvchilar bilan
ta‘minlanib borilishi tushuniladi.
Harbiy xizmatni to‗ldirish usullari- bu
O‗zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini to‗liq
shakllantirish usullari fuqarolarni amaldagi harbiy hizmat
tartibi bo‗yicha o‗rnatilgan qonunlarga binoan olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |