Fargona Davlat Unversiteti Jismoniy madaniyat fakulteti


Download 30 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi30 Kb.
#232351
Bog'liq
Abduvahobov Z 19.48


Fargona Davlat Unversiteti

Jismoniy madaniyat fakulteti

19-48 guruh talabasi

Abduvahobov Zufariddinning

O'zbekiston tarixi fanidan

Oraliq nazorat ishi

16 - variant

1. Buyuk ipak yo'li

2. Turk xoqonligining tashkil topishi

3. Axmad Farg'oniy va uning ilmiy merosi

Javoblar.

1. Buyuk ipak yuli:

Xitoy hududidan boshlanib g'arb tomonga minglab kilometr masofaga cho'zilgan (12 ming km) , Sharq bilan G'arbni tutashtirgan bu noyob savdo yo'li ulug' ajdodlari.iz say -harkatkari samarasi o'laroq ummumbashariyat tadeijiy taraqiyotida yorqin iz qoldirgan .

Buyuk ipak yo'li tushunchasini birinchi bo'lib fanga taniqli nemis olimi Fon Rixtgofen olib kirgan . U 19- asirning 70- yillarida yozgan " Xitoy" nomli klasik asarida bu terminni chuqur ilmit asoslab berdi . Malumki , Xitoyning Sian shaxridan boshlangan Ipak yo'li Lanjou orqali Dunxuanga ( Sharqiu Turkiston ) kelib, bu yerdan ikkiga ajraladi . Ipak yo'lining janubi-g'arbiy tarmog'i Taklamakon sahrosi ( Mug'iliston) orqali Xo'tanga undan Yorkentga kelib, undan Balxa tomon o'tadi . Balxda yo'l yana uch tarmoqqa ajraladi . G'arbiy tarmog'i Marvga , janubiy tarmog'i Hindistonga shimoliy tarmog'i Termiz orqali Dabent , Nautak va Samarqand tomon yo'naladi . Ipak yo'lining shimoli- g'arbiy tarmog'i esa Dunxuandan Bami, Turfon orqali Tarim vohasi- Qashg'arga boradi. U yerdan Toshqo'rg'on orqali O'zgan , O'sh, Quva, Axsikent, Popga, Asht orqali Xo'jand , Zomin , Jizzahga , so'ngra Samarqandga borib tutashadi. Samarqanddan esa bu yo'l yana davom etib , Dabusiya , Malik cho'li orqali Buxoro , Romitonga , undan Varaxsha orqali Forobga borib, Amul shaxriga o'tadi . Amulda esa Marvdan Urganch sari yo'nalgan yo'lga qo'shiladi . Marv shaxri O'rta asrlar davrida Buyuk Ipak yo'li charrahalari kesishgan eng muhim hayotiy nuqta bo'lgan . Muhim jihati shundaki, Buyuk Ipak yo'lining g'arbdan keladigan savdo karvonlari , aytaylik , Italiya , Ispaniya va boshqa O'rta yer dengizi mamlakatlarining savdogarlari ham o'z mollarini Tir, Damashq, Kichik Osiyo , Eron orqali yana O'rta Osiyoning yirik savdo markazi Marvga olib kelar , shu yerdan Sharq tomon yo'llarini davom ettirardilar. Shu ma'noda Marvning turli dinlar ildiz otgan , turli madaniyatlar tutashgan joy bo'lganlogi alohida ahamiyatga molikdir .

Buyuk Ipak yo'li Sharqu G'arbni bog'lovchi , turli mamlakatlarning savdo - sotiq , tijorat aloqalarining eng asosiy vositasi bo'lganidan , bu yo'nalishda joylashgan davlatlar undan o' manfaatlari yo'lida foydalanishga , yoxud bu borada o'z mavqeyini mustahkamlashga intilganlar . Shu bois turli tarixiy bosqichlarda turli davlatlar bunga intilib , Buyuk Ipak yo'li istidan o'z nazoratlarini o'rnatganlar. Masalan , mil.av 6- 4 asrlarda Eron Axamoniylari, mil.av 4- asrda esa makedoniyalik Iskandar , mil.av. 2-1 asrlarda Rim Parfiya davlatlari o'rtasida bu borada qattiq raqobat kechgan . Yoxud Arab xalifaligi vujudga kelgunga qadar bu yo'lning Eron va So'g'diyona hududlaridan o'tgan qismida Eron va So'g'd savdogarlari yetakchilik ro'lini o'ynaganlar . Arab xalifaligi kuchayib , ko'plab hududlarni qo'lga kiritgach , bu yo'l arab savdogarlari tasarufiga o'tadi . Chingiziylar davrida Buyuk Ipak yo'lining tasarrufi butunlay ularning qo'l ostida bo'ladi . Buyuk Sohibqiron Amir Temur davriga kelib , uning qudratli saltanati vujudga kelgach , Buyuk Ipak yo'li sarhadlari yangidan kengayib , katta miqiyoslar kasb etib yanada rivoj topdi.

2. Turk xoqonligining tashkil tophshi.

6- asr boshlarida Olotoy o'lkasida siyosiy jarayonlar faollashadi . O'sha paytda hozirgi Mo'g'iliston va qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan Jujan xonligi hukumronlik qilardi . 6- asr boshlarida Olotoy turkiy qavmlar orasida Ashin urug'ining mavqeyi ko'tariladi Olotoydagi turkiy qavmlar orasida Ashin urug'ining mavqeyi ko'tariladi . Ashin urug'iga mansub Asan va Tuu 460-545- yillarda boshqa urug'larini o'zlariga bo'ysundiradilar va Oloyda turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar . Tuuning o'g'li Bumin Tele qabilasini ham bo'ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551- yilda Jujan xonining qo'shinlarini yengib , ularni o'ziga bo'ysundiradi . Bumin 552- yilda Xoqon deb e'lon qilinadi va yangi davlat - Turk xoqonligiga asos soladi . Uning poytaxti Olotoydagi O'tukan shahri edi. Xoqonlik tez orada kuchayib , uning dovrug'i ortib borgan. U ko'p bor Xitoyga yurishlar qilib , uning bir qancha hududlarini bosib olgan . Xitoy podsholigi Turk xoqonligiga har yili o'pon tariqasida yuz bo'lakdan iborat ipak mato barib turishga majbur bo'lgan.

553- yilda Buminxon vafot etgach , hakimyatga katta o'g'li Mug'anxon (553-572) o'tiradi. Mug'anxon 558- yilda jo'janlarga so'ngi bor qaqshatqich zarba berib, o'z davlati hukumronligini Tinch okeanigacha bo'lgan hududlarda mustahkamlaydi. Uning amakisi Istami bo'lsa , bu davrda xoqonlik hududini g'arbga tomon kengaytirib , Yettisuv, Qashqar va boshqa hududlarni egallaydi.

563- 567 yillar davomida Istami yabg'u qo'shinlari eftaliylar davlatiga ketma- ket zarbalar berib, O'rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo'gan yerlarni egallashga muvaffaq bo'ladi . Buning oqibatida Eftaliylar davlati qulaydi . Turk xoqonligi O'rta Osiyo yerlarini ishg'ol etgach , uning hududlari bevosita Eron chegarasiga tutashadi .

Xoqonlik Eron bilan yaxshi qo'shnichilik , savdo- sotiq aloqalarini o'rnatishga intiladi. Shu maqsadda , Eron shohi Xusrav 1 Anushirvonga turk malikasi uzatiladi , Eronga elchilar yuboriladi . Biroq Turk xoqonining Eronga ikki bor yuborgan elchilari faoliyati muofaqiyatsiz chiqqach, Eronning xoqonlik bilan murosaga bormasligi, uning qat'iy dushmanligi malum bo'ladi . Buning boisi Eron shohinig O'rta Osiyo hududlariga davogarligi edi. Bu esa, shubhasiz , bir necha bor xoqonlikning Eron bilan urushlar olib borishiga sabab bo'ladi . Istami qo'shinlari Eron shohi Xisrav 1 ni yengadi . Eron shohlari Turk xoqonligiga 400 ming Vizantiya tillasi hajmida tovon to'lashga majbur bo'ladi . Mag'unxon va uning avlodlari g'arbda Qora dengizga qadar hududlarni zabt etib o'lariga bo'ysundirgablar .

Turk xoqonligini 568-569 yillarda o'sha davirning qudrati davlati Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo- sotiq aloqalarini o'rnatishga intilib, So'g'd savdogari Maniax boshchiligidagi elchilarni u yerga yubordi. Elchilar imperator Yustian 2 qabulida bo'ladi. Shundan so'ng Vizantiyaning Zemarx boahliq elchilari xoqonlik davlatiga keladi . Bu esa shu davlatlar o'rtasida o'raro ishonch va savdo- tijorat munosabatlarini o'rnatishda muhim ahamiyat kasb etgan.

3. Ahmad Farg'oniy va unig ilmiy merosi.



O'rta Osiyolik allomalar orasida Ahmad al- Farg'oniy (797-865) nomi alohida ko'zga tashlanib turadi. Olimning to'liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al- Farg'oniy bo'lib, aslida Farg'onaning Quva shahrida tavallud topgan . Ilm yo'lida zahmat chekib ko'p yurtlarni kezgan. Umrining ko'p qismini xorijiy ellarda, xalifalik markazlarida o'tkazgan. Uning hayoti va faoliyati fanga bag'ishlanadi. Ahmad al- Farg'oniy yetuk astronom , matematik va geograf olim sifatida shuhrat topgan . Juda ko'plab fundamental asarlar muallifi , Bag'doddagi Baytul Hikma ( akademiya) ning nomdor namoyondalaridan biridir.

Al- Farg'oniy ilmiy salohiyatining mahsuli bo'lgan " Astranomiya asoslari haqida kitob" , "Asturlab yasash haqida kitob" , " Al- Farg'oniy jadvallari" , "Oyning Yer ostida va ustida bo'lish vaqtlarini aniqlash haqida risola " , "Yettisuv iqlimini hisoblash haqida" , " Al- Xorazmiy "Zij" ining nazariy qrashlarini asoslash" nomli kitoblari haqli ravishda jahon fani xazinasining noyob durdonalari sanaladi. U G'arb olimari orasida " Alfraganus" nomi bilan mashhur.
Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling