Farg’ona jamaot salomatligi tibbiyot instituti tibbiy profilaktika a jamoat salomatligi fakulteti


Download 0.81 Mb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1386008
  1   2
Bog'liq
gigiyena tmi n1

Farg’ona jamaot salomatligi tibbiyot instituti tibbiy profilaktika a jamoat salomatligi fakulteti

Guruhi : 321

Fan nomi : Gigiyena.Tibbiy ekologiya

Bajardi: Nabijonova R.

Tekshirdi : Azimova M.

Mavzu: endemik kasalliklarni oldini olishning gigiyenik asoslari reja: 1. Endemik kasallik nima? 2. Endemik bo’qoq kasalligi 3.flyuoroz va karies kasalligi 4. urov yoki kashin va bek kasalligi


Endemik kasallik — bu maʼlum bir hududga xos boʻlgan kasallik. Koʻpincha atrof-muhitdagi har qanday kimyoviy element tarkibining keskin yetishmasligi yoki ortiqcha boʻlishi bilan bogʻliq. Oʻsimliklarda, hayvonlarda va odamlarda rivojlanishi mumkin. Masalan, oziq-ovqatda yod tanqisligi bilan hayvonlar va odamlarda oddiy boʻqoq (endemik zob) paydo boʻladi, ftor — karies, uning ortiqcha boʻlishi bilan — floroz, tuproqda selenning koʻpligi bilan — zaharli selen florasining paydo boʻlishi va boshqa koʻplab endemiklar.
Bundan tashqari, infektsiyalar endemik boʻlishi mumkin, ularning patogenlari doimiy ravishda maʼlum bir hududda yashaydi (saqlanadi) — masalan, Qozogʻistonda kemiruvchilar orasida vabo enzootikasi, Hindistonda vabo endemiyasi yoki subtropik Afrikadagi bezgak. Kasalliklarning endemikligini yuqumli kasalliklarning oʻxshash, ammo har xil tabiiy oʻchoqlari bilan aralashtirib yubormaslik kerak, maʼlum bir hududda yuqumli qoʻzgʻatuvchining mavjudligining turlararo yoki abiotik mexanizmining evolyutsion kelib chiqishi bilan bogʻliq[1][2].
Shvetsiyalik narkolog Niels Bejeruth individual moddalarga qaramlikning tarqalishi bilan bogʻliq endemiyalar haqida gapirdi. Bunday endemiklarga misollar alkogolizm yoki chekish qaramligi boʻlib, u maʼlum mamlakatlar yoki joylarda aholining muhim qismiga taʼsir qiladi.
.
Endemik bo‟qoq. Kasallikning kelib chiqishiga asosiy sabab organizmga yod elementining yetarli miqdorida tushmasligi xisoblanadi. Organizmning yodga nisbatan kunlik fiziologik ehtiyoji 120-200 mikrogram bo‟lib, bu miqdordagi yod asosan oziq-ovqat mahsulotlari orqali qabul qilinadi. Odam organizmiga suv orqali faqat 5% miqdorida yod qabul qilinadi, shuning uchun ichimlik suvi tarkibidagi yodning miqdori unchalik ahamiyatga ega emas, ammo muayyan joydagi umumiy yod tanqisligi haqida suv umumiy xabar beruvchi vosita bo‟lishi mumkin.
Endemik bo‟qoq kasalligi ko‟pincha qishloq aholi yashash joylarida uchraydi, chunki mahalliy aholi asosan shu yerda yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ovqatlanadi. SHaxar aholisi esa, turli geografik regionlardan keltirilgan va tarkibida turli miqdorlarda yod tutgan mahsulotlarni iste‟mol qiladi.
Endemik yod kasalligining rivojlanishida aholining ovqatlanish tarzi va turmush sharoitlari muayyan ahamiyatga egadir. Endemik bo‟qoq kasalligining asosiy belgilari - qalqonsimon bezning diffuzli kattalashishi xisoblanib, uning 5 ta bosqich farqlanadi. Yuqori tog‟li o‟lkalarda kasallikning og‟ir kechadigan shakllari qayd qilinadi, chunki ular faqat mahalliy mahsulotlarni va yumshoq ichimlik suvini iste‟mol qiladilar. O‟zbekistonda Toshkent, Sirdaryo, Farg‟ona vodiysi endemik o‟choq xisobida baholanadi.
Profilaktikasi: 1. Maxsus tadbirlar - ovqat mahsulotlari tarkibiga yodni qo‟shish (tuz, non mahsulotlari, uyushgan jamoa a‟zolariga antistrumin, yodomarin berish).
2.Umumiy tadbirlar - ovqat mahsulotlarining to‟la qiymatliligini oshirish, kundalik hayotimizdagi sanitar - gigienik sharoitlarni yaxshilash.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling