Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tibbiy profilaktika ishi yoʻnalishi


Download 12.17 Kb.
bet1/2
Sana07.10.2023
Hajmi12.17 Kb.
#1694635
  1   2
Bog'liq
Akusherlik va ginekologiya


FARGʻONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTI
TIBBIY PROFILAKTIKA ISHI YOʻNALISHI
320-GRUH TALABASI KOMILOVA GAVHAROYNING
AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYA FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Birinchi trimestrda qon ketishi sabablari va davolash usullari
homiladorlikda qon kelishi
Ko’pgina homilador ayollarda homiladorlik boshlanishi bilan ya’ni birinchi trimestr davomida qon ketishi va qonli dog’lar kuzatiladi. Biroq, homiladorlikda qon kelishi yoki dog’lanishning hammasi ham birinchi trimestrda xavfli emas, ammo tibbiy jihatdan uni baholash juda muhim ahamiyatga ega. Shifokorlar birinchi uch oylikda qon ketish sabablarini turli tahlil va tekshiruvlar natijasida aniqlashlari mumkin. Ular homiladorlikda qon ketish sababini aniqlaganlaridan so’ng davolash va buni boshqarish yo’llarini ishlab chiqishadi.
contents
Homiladorlikda qon ketishi sabablari
Homilador ayollarning deyarli 15-25 %i birinchi uch oylikda qon ketish holatini boshdan kechiradilar.
Birinchi uch oylikda qon ketishning sabablari:
Implantatsiyadan qon ketishi;
Subxorionik qon ketish;
Homilani erta yo’qotish;
Infeksiyalar va yallig’lanish;
Ektopik homiladorlik.
Implantatsiyadan qon ketishi
Urug’langan tuxum endometriyga o’rnashgandan keyin 1-2 hafta o’tgach yengil qon kelishi mumkin. Bu keng tarqalgan simptom implantatsiyadan qon ketishi sifatida tanilgan va bu tashvishlanishga sabab bo’lmaydi.
Subkorionik qon ketish
Subxorionik qon ketish xorion va bachadon devori o’rtasida qon ketish sodir bo’lganda yuzaga keladi. Xorion bu bachadon devorida joylashgan, embrionni o’rab turadigan membranadir. Xorion oxir-oqibat plasentani hosil qiladi.
Homiladorlikda subxorionik qon kelishi tashxisi odatda, ultratovush tekshiruv paytida namoyon bo’ladi. Bu holat hatto asoratsiz bo’lgan homiladorlikka ham ta’sir qilishi mumkin. Erta homiladorlik davrida subxorionik qon ketish erta tug’ilish va spontan abort xavfini oshirishi mumkin
Homilani erta yo’qotish
Shifokorlar homilaning erta yo’qolishini «yashay olmagan homiladorlik» deb atashadi. Odamlar bu holatni o’z-o’zidan bo’lgan abort yoki bola tashlash deb atashishadi.
Erta homiladorlikning yo’qolishining bir qancha sabablari bor. Birinchi trimestrdagi ba’zi umumiy sabablar quyidagilar:
Ektopik homiladorlik;
Homiladorlikning trofoblastik kasalligi;
Anembrion homiladorlik;
Tugallanmagan abort;
Infeksiyalar va boshqalar.
Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?
Birinchi trimetrda yoki homiladorlikning istalgan davrida qon ketish holati bo’layotgan ayollar albatta, shifokorga murojaat qilishlari kerak. Ehtimol, shifokor qonni tahlil qilishga buyuradi va qon ketish sabablarini aniqlash uchun qin tekshiruvlarini o’tkazadi.
Qon ketish har doim ham homila yo’qotilganligini ko’rsatmaydi. Agar shifokor homilarda biror asorat yuzaga kelishidan shubhalansa, ular birgalikda tegishli davolash usullarini muhokama qiladilar, bu homiladorlikni nazorat qilib borish, farzand tug’ilishini ehtiyotkorlik bilan kutish, dori-darmonlar yoki operatsiya amaliyotini o’z ichiga olishi mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, birinchi uch oylikda yengil qon ketish odatiy holdir. Shu bilan birga ba’zi hollarda qon ketish homilani erta yo’qotilishini ko’rsatishi mumkin. Bunday hollarda shifokorlar birinchi navbatda qon ketish sababini aniqlaydilar. Qon ketishning ba’zi ko’rinishlari xavfli emas, masalan, implantatsiyadan qon ketishi. Qindan qon ketishining boshqa sabablari, shuningdek, subxorionik qon ketishlari esa maxsus tekshiruvni talab qiladi.

Download 12.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling