Farg’ona Politexnika insitituti Energetika fakulteti 38-21 guruh talabasi Boqidinov Alijonning,,Metralogiya, standartlashtirish va mahsulot menejmenti’’fanidan Mustaqil ishi


Download 0.89 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1557293
Bog'liq
Boqidinov Alijon

Farg’ona Politexnika insitituti Energetika fakulteti 38-21 guruh talabasi Boqidinov Alijonning ,,Metralogiya, standartlashtirish va mahsulot menejmenti’’fanidan Mustaqil ishi.

Mavzu: Metrologiya fanining vujudga kelishi va rivojlanish tarixi. Reja: 1. Metrologiya fanining maqsad va vazifasi. 2. Metrologiya fanining vujudga kelishi. 3. Metrologiya fanining rivojlanish tarixi.

Metrologiya asoslari fanini o’rganishdan maqsad - talabalarda xalq xo’jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab chiqarish, savdo, nazorat va iste‘mol bilan bog’liq bo’lgan turli metrologik masalalar bilan shug’ullanish borasida yetarli bilim va malakalarni hosil qilishdir. Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta‘lim tizimida metrologiya asoslari bo’yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, kvalimetriya, sifatni o’lchash bo’yicha fundamental ma‘lumotlar o’rganiladi1.


Metrologiya asoslari fanini o’rganishdan maqsad - talabalarda xalq xo‗jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab chiqarish, savdo, nazorat va iste‘mol bilan bog’liq bo’lgan turli metrologik masalalar bilan shug‗ullanish borasida yetarli bilim va malakalarni hosil qilishdir. Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta‘lim tizimida metrologiya asoslari bo’yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya,
kvalimetriya, sifatni o’lchash bo’yicha fundamental ma‘lumotlar o’rganiladi. O’lchashlar inson faoliyatining ajralmas bo’lagi bo’lib uning xayotini o’lchashlarsiz
tasavvur etib bo’lmaydi. Kishi erta bilan uyg’ongan zahoti, birinchi navbatda vaqtni belgilaydi, choy ichganda esa haroratni, ishga yoki o’qishga qetayotganda masofani va h.k. O’lchashlar uzluksiz, takroriy yoki davriy ravishda, ba‘zan bilgan, ba‘zan esa bilmagan holda sodir bo’lib turadi.
Metrologiya fan sifatida o‗lchashlar, ularga Bog’liq va tegishli bo’lgan qator masalalarni o’z ichiga oladi. Metrologiya aslida yunoncha So’zdan olingan bo’lib, o’lchash, o’lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma‘nolarini bildiradi. Umumiy tushunchasini oladigan bo’lsak, metrologiya – o’lchovlar birliklarini o’rganuvchi fan.
Inson aql-idroki, zakovati bilan o’rganayotgan, shakllantirayotgan hamda rivojlantirgan
qaysi fanni, uning yo’nalishini olmaylik, albatta o’lchashlarga, ularning turli usullariga, o’zaro og’lanishlariga duch kelamiz. Bu o’lchash usuli va vositalari yordamida ularning birligini, yagona o’lchashni talab etilgan aniqlikda ta‘minlash metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi. Shu sababdan hozirda qaysi bir fan, ilmiy yo’nalish, u xoh tabiiy, xoh ijtimoiy Bo’lmasin, albatta, muayyan darajada metrologiya bilan bogliq. Inson qo’li yetgan, faoliyati doirasiga kirgan, ammo o’lchashlar va ularning vositalari o’rganilgan, izlangan hamda Ko’zlangan maqsadlarga erishish mumkin bo’lgan birorta yo’nalish yo’q. Shuning uchun ham metrologiya asoslarini bilish, uni o’z mutaxassisligi doirasida tushunish va amaliy qo’llash texnika hamda texnologiya soxalaridagi bakalavriat yo’nalishlari bitiruvchilari uchun muhim omillardan biri hisoblanadi.
Metrologiya - yunon tilidan olingan bo‗lib, "metron‖ - o’lchov , "logos‖ - fan degan ma‘noni anglatadi, ya‘ni so’zma-so’z tarjima qilganda o’lchov birliklari haqidagi fandir. Metrologiyaning asosiy vazifasi-o’lchov birliklarini o’rganish,tarixda mavjud o’lchov birliklarini zamonaviy o’lchov birliklari bilan qiyoslash, aniqlash. O’lchov birliklariga ehtiyoj insoniyatda ibtidoiy davrdan boshlab, jumladan, uy-joy, boshianalar qurishda, mehnat va uy-ro’zg’or qurollarini yasashda paydo bo’ldi. Metrologiya fani texnika, menejment va marketing sohalari yo’nalishlarida bakalavr va muhandislar tayyorlashda o’tilishi lozim bo’lgan fanlardan hisoblanadi. Oliy ta‘lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda metrologiya asoslari bo’yicha zarur va yetarli bo’lgan asosiy tushunchalarni shakllantiradi.
O’lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. Ushbu rivojlanish davrini uning mazmuni va mohiyatiga asoslangan holda quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin:
1. Antik rivojlanish davri.
2. Stixiyali rivojlanish davri.
3. Metrik tizimning joriy etilishi.
4. Metrologiya xizmatlarining integratsiyalashish davri,
Antik rivojlanish davri. O’lchashlarga bo’lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga kelgan. "O’lchash atamasining tom ma‘nosi bo’yicha tahlil etadigan bo’lsak, qadimgi davrda insoniyat asosan "organoleptik o’lchashlar‖ ya‘ni, o’zining his etish a‘zolari orqali muayyan fizikaviy xossa bo’yicha taxminiy ma‘lumotlar olgan.
Bunda mana shu his etish organlari o’lchash vositasi vazifalarini bajargan. Garchand bu kabi o’lchashlarda aniq qiymat olinmasa ham, har hil o’lchashda, aniqrog’i, baholashda muayyan bir o’lchovga nisbatan solishtirish amalga oshirilgan. Dastlab, solishtirish o’lchovi moddiy
Bo’lmagan, balki insonning o’z tajribasi, zakovati va atrof-muhitni bilish darajasiga qarab individual tarzda belgilangan Keyinchalik ish va ozuqa topish qurollari amalda qo’llana borgan sari solishtirish o’lchovlari moddiylasha borgan. Inson kundalik hayotida har xil
kattaliklar, masofalar, yer maydonlari yuzalari, jismlarning o’lchamlari va massalarini, vaqt va hokazolarni, bu jarayonlarning yuzaga kelish sabablarini, manbalarini bilmasdan, o’zining sezgisi va tajribasi asosida o’lchay boshlagan.
Insoniyat rivojlana borib, ish qurollari va yashash tarzini yanada takomillashtira borgan. Yashash va mehnat sharoitlarni yanada qulaylashtirish harakatida bo’lgan. Moddiy bo‗lmagan
O’lchovlar bilan ishlash noqulayligi, va individualligi tufayli uni moddiylashtirish yo’llarini axtara borgan. Shu asnoda turli o‗lchash birliklari paydo bo’lgan.
Adabiyotlar
1. International vocabulary of metrology - Basic and general concepts and associated terms. // Joint Committee for Guides in Metrology. 2012.
2. International vocabulary of metrology — basic and general concepts and associated terms. // Joint Committee on Guides for Metrology. 2008.
3. Lester A. Ross. Archaeological metrology: English, French, American and Canadian systems of weights and measures for North American historical archaeology. 1983. Ottawa. National Historic Parks and Sites Branch Parks Canada Environment Canada.
4.Ismatullayev P.R., Ma‘sudov A.N., Abdullayev A.X., Axmedov B.M., A‘zamov A.A.
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. - T.: O’zbekiston. 2001.
5.Qurbonov A.A. Metrologiya, standartlashtirish, yertifikatlashtirish (Oliy o’quv yurti talabalari uchun o’quv qo’llanma). - T., 2007.
Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling