Farg’ona Politexnika insituti klt fakulteti tjbakt 69-20 Nizomov Nurmuhammad Soha iqtisodiyoti va menejmenti fanidan taqdimoti


Download 0.66 Mb.
Sana24.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1117359
Bog'liq
Nurmuhammad Iqtisod


Farg’ona Politexnika insituti KLT fakulteti TJBAKT 69-20 Nizomov Nurmuhammad Soha iqtisodiyoti va menejmenti fanidan taqdimoti
Mavzu: Ishlab chiqarish korxonalarida tavakkalchilik risk va uni pasaytirish usullari
Reja
  • Korxonalarda tavakkalchilikni boshqarishga turli yondashuvlar

  • 2)O`zqishloqxo`jalikmashlizingda tavakkalchilikni boshqarish amaliyoti
    3) Korxonalar tavakkalchiligi va uni boshqarish istiqbollari

Tavakkalchilik- bu muqarrar tanlov vaziyatidagi noaniqliklarni bartaraf etish bilan bog’liq jarayonda ko’zlangan natijalarga erishish omadsizlik va maqsaddan chekinish ehtimolini miqdor va sifat jihatdan baholash imkoniyati mavjud holdagi faoliyatidir.
Umuman Amerika tajribasida biznesmenlik tavakkalchilikdan iborat. Kimki hech bir tavakkal qilmasa, oxir oqibatda xonavayron bo’ladi
Biznesmen hali chiqargan mahsulotining bozori yurishishi kafolatiga ega bo’lmasdan ular ustida tadqiqotlar olib borishga, ishlab chiqarishni kengaytirish va yangilini ko’rishga tavakkal qilib o’n ming yoki millionlar dollar sarflaydi. Uning har bir harakatida omadsizlik xavfi yashiringan.
Kompaniya tomonidan 2001-2014 yillar mobaynida respublikamiz qishloq xo`jaligiga lizingga yetkazib berilgan texnikalar va lizing oluvchilar soni quyidagi jadvalda ko’rsatilgan
Tadbirkorlik – foyda olish maqsadida o‘z mol-mulkini tavakkkalchilik asosida biznesga tikish jarayoni ekanligi tufayli, bunday faoliyat doimiy ravishda ma’lum bir xatarlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Mamlakatimiz va xorijda to‘plangan tajribalar tadbirkorlik faoliyatini tavakkalchiliksiz amalga oshirib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan insonlarning hayoti umid va tushkunlik, tinimsiz mehnat va xavotirlarga to‘la bo‘ladi.
Tavakkalchilik – kelgusidagi vaziyat noaniq bo‘lgan sharoitda pirovard natija yaxshi bo‘lishiga umid bog‘lab, mol-mulk yoki foydadan mahrum bo‘lish (to‘liq yoki qisman) xavfini o‘z bo‘yniga olib amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidir
Tabiiy jarayonlar bilan bog‘liq tavakkalchilik
favqulodda yuz beradigan tabiiy ofatlarning (yer qimirlashi, yong‘in, suv toshqini, jala, do‘l, dovul, qurg‘oqchilik va boshqa) xavfi;
tabiiy-iqlimiy sharoitlar, ob-havoning keskin o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf-xatarlar va boshqalar.
Tijorat faoliyatiga oid tavakkalchilik
bozor konyukturasidagi o‘zgarishlar xavfi;
iste’molchilar talabining tushib ketishi xavfi;
bozorda taklif hajmining keskin oshib ketishi xavfi;
mahsulotning sotilmay qolishi xavfi;
raqobat ko‘rashiga bardosh berolmaslik xavfi;
mahsulot bahosining keskin pasayishi xavfi va boshqalar.
Moliyaviy faoliyatga oid tavakkalchilik
pulning qadrsizlanishi va inflyatsiya xavfi;
valyuta hisob rao‘amidagi mablag‘larning salbiy farqlanishi xavfi;
investitsion sarflarning o‘zini o‘oplamasligi xavfi;
pul oo‘imlari va aylanma mablag‘larning yetishmasligi xavfi;
debitor va kreditor o‘arzlarning ko‘payib ketishi xavfi;
qimmatli qog‘ozlar qiymatining tushib ketishi xavfi;
o‘arzga olingan mablag‘larni qaytarolmaslik xavfi va boshqalar.
Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy harakterdagi tavakkalchilik
milliy mojarolar, harbiy to‘qnashuvlar, g‘alayonlar, terrorizm xavfi;
ish tashlashlar, korrupsiya va jinoyatchilik xavfi;
kutilmaganda solio‘, bojxona va boshqa me’g‘riy qonunchilik hujjatlarining o‘zgarishi;
iqtisodiy beqarorlik va o‘sish sur’atlarining pasayishi;
eksport va import tartibini murakkablashtirish xavfi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq tavakkal-chiliklarning turlari
Tashqi omillarga bog‘liq bo‘lmagan tavakkalchilik ko‘pincha quyidagi sabablarga ko‘ra vujudga kelishi mumkin:
boshqaruv xodimlarining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va boshqa sohalarda noto‘g‘ri o‘arorlar qabul qilishi;
xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishdagi xatoliklar;
xodimlarning o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshuvi;
-subyektni rivojlantirish strategiyasi va biznes rejasini noto‘g‘ri shakllantirish;
o‘zini qoplamaydigan va aniq hisob-kitoblar qilinmagan loyihalarga qo‘l urish;
daromadlar va xarajatlarni doimiy nazorat ostiga olmaslik;
biznesdagi tashqi sheriklarni tanlashga mas’uliyatsizlik bilan yondoshuv;
buxgalteriya hisobini to‘g‘ri va aniq yuritmaslik;
hisobot shakllarini to‘g‘ri va aniq to‘lg‘asmaslik;
bozor konyukturasini, raqobat muhitini, talab va taklif nisbatini, iste’molchilarning hatti-harakatini va boshqa omillarni doimiy kuzatib bormaslik.
Tavakkalchilikning taxminiy ehtimolini aniqlash turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda tadbirkorlik tavakkalchiliklarini baholashning 4 usuli keltiriladi:
Statistik usul;
Ekspert usuli;
Analitik usul;
Kombinatsiyalashtirilgan usul.
ularning ta’sirida ko‘rilgan zararlarning darajasi o‘rganib chiqiladi.
Ekspert usulida ish tajribasi yuqori va mazkur sohada ekspert hisoblangan yuqori malakali mutaxassislarning fikrlari, aniq hisob-kitoblari va tavsiyalari e’tiborga olinadi.
Analitik usulda iqtisodiy-matematik usullar, vaziyatli ish o‘yinlari va eo‘timollar nazariyasidagi modellar yordamida tavakkalchilikning darajasiga baho beriladi.
Kombinatsiyalashtirilgan usul yuqorida keltirilgan barcha usullarni yoki ulardan bir nechtasini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik tavakkalchiligini hal qilish jarayonida tadbirkor oldida mavjud usullardan birini, ya’ni talabga javob beradiganini tanlash masalasi ko‘ndalang turadi. Buning uchun tadbirkor barcha holatlarni tahlil qilib chiqishi kerak. Tadbirkorlik tavakkalchiligini baholash va hisoblarning aniqligi mutaxassislarning malakasiga va ular hal qilayotgan holatga bog‘liq.
Tavakkalchilikni kamaytirishning quyidagi yo‘llari mavjud:
1. Tavakkalchilikning paydo bo‘lishidan qochish.
2. Tavakkalchilikning ta’sirini kamaytirish.
Birinchi holatda tadbirkor o‘z faoliyatiga xavf tug‘diradigan har o‘anday xatarni chetlab o‘tishga harakat qiladi. Ikkinchi holatda esa tadbirkor tavakkalchilikning subyekt ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyatiga ta’sirini (zararni) pasaytirish choralarini izlaydi. Tavakkalchilikni kamaytirishning yo‘nalishlarini belgilashda quyidagi holatlarni hisobga olish kerak: agar tadbirkorning faoliyat turi muqarrar ravishda tavakkalchilik bilan bog‘langan bo‘lsa, bunday holatda uni chetlab o‘tish imkoniyati bo‘lmaydi; bir turdagi tavakkalchilikdan qochish uning ikkinchi turini tug‘dirishi mumkin; tavakkalchilikdan qochish yuqori darajada foyda keltiradigan sohalarda biznes imkoniyatlarini cheklaydi;
tadbirkorlik faoliyatining ko‘lami yirik va kutilayotgan foydaning miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, tavakkalchilikning yuzaga kelishi ehtimoli ham shuncha yuqori bo‘ladi va hokazo.
Tavakkalchilikni kamaytirishda tadbirkor uning ta’sirini o‘ziga olishi, taqsimlashi yoki boshqalarga o‘tkazishi mumkin.Tavakkalchilikni o‘ziga olish quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
1. Oldindan rejalashtirilgan holda zararlarni o‘oplovchi maxsus zahira jamg‘armalarini yaratish.
2. Rejalashtirilmagan tavakkalchilikdan ko‘rilgan zararlarni foyda yoki aktivlar hisobidan qoplash.
Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling