Farg‘ona politexnika instituti fakultet dekanlari va o‘rinbosarlariga Xizmat xati


Download 13.75 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi13.75 Kb.
#1514419
Bog'liq
“English for Science”


Farg‘ona politexnika instituti
fakultet dekanlari va
o‘rinbosarlariga

Xizmat xati
Vazirlikning 2022-yil 8-iyun kungi 02-02/3200-sonli xatiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan jahon bankining “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasining moliyaviy koʻmagi doirasida joriy yil iyun oyidan boshlab respublikamizning tadqiqotchi olimlari uchun bepul “English for Science” oʻquv dasturining 3-mavsumini tashkil etish rejalashtirilgan.
Mazkur loyihaning asosiy mohiyati, 200 nafar saralab olingan mahalliy tadqiqotchi olimlar uchun oʻz ilmiy natijalarini yuqori iqtibosga ega yetakchi xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etish, hamda xalqaro grandlarni qoʻlga kiritishda akademik ingliz tili boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan.
Shu munosabat bilan, sizdan ushbu dasturni keng targʻib qilishda xamda ishtirok etish istagini bildirgan professor-oʻqituvchi va ilmiy hodim, doktorant, stajyor tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilarni joriy yilning 30-iyuniga qadar quyidagi havola orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishlarida amaliy yordam berishinmgizni soʻraymiz.
“English for Science” oʻquv dasturi uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish havolasi: https://forms.gle/MoJicNiHhbmsSMB36
Ushbu xatga asosan, ma’lumotlarni kafedralarga yetkazib berishingizni so‘raymiz.


Ijrochi: N. M. Ismailov
Download 13.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling