Farg’ona politexnika instituti fakulteti
Download 0.71 Mb.
|
FaPI
Нozirgi paytda bosimning siyraklanishini va bosim o’zgarishlarini o’lchash uchun qung’iroqli asboblarning katta nomenklaturasi chiqariladi. Ko’rsatishlarni masofaga uzatish elektr hamda pnevmatik tizimlar orqali bajariladi. Bosimni o’lchashning chegarasi 98,1 dan 392,4 N/m2 gacha, aniqlik sinfi esa 1,5. Asbobning ikkilamchi asbob shkalasi bo’yicha yo’l quyiladigan asosiy hatosi ±2%.
Xalqali asboblar. Xalqali asboblar kichik bosim, siyraklanish va bosimlar farqini o’lchash uchun muljallangan. Bu asboblarning ishlashi «xalqali tarozi» prinsipiga asoslangan. Asbobning prinsipial chizmasi 4-rasmda keltirilgan. Bu asboblarning asosiy qismi kovakli metall xalqa 1 dan iborat. Uning prizma uchi harakatsiz tayanchga o’rnatilgan va yarimgacha suyuqlik (suv, moy yoki simob) bilan to’ldirilgan. Xalqaning pastiga 6 og’irlikdagi yuk biriktirilgan. Tusiq 2 va xalqadagi suyuqlik bush joyni 1 va 11 bushliqlarga bo’ladi. Bosim yoki siyraklanishni o’lchaganda xalqa bushliqlaridan biriga elastik naycha ulanadi, ikkinchi bushliq atmosferaga chiqdi. Bosimlar farqini o’lchash kerak bo’lsa xalqa bushliqlarining ikkalasiga ham naychalar ulanadi. Agar 1 va 11 bushliqlaridagi bosim bir xil (Р1 =Р2) bo’lsa, tusiqqa ikki tomondan ko’rsatiladigan kuch ham teng bo’ladi. Unda xalqa muvozanat holatda bo’ladi (4-rasm, a) Masalan, 1-bushliqdagi bosim, 2-bushliqdagi bosimdan kattaroq, (Р1 >Р2) bo’lsa, bosimlar farqi (Р1 -Р2) ning tusiq yuzasi 5 ga ko’rsatadigan ta‘siri natijasida aylantiruvchi moment hosil bo’ladi: (24) bu еrda S – tusiq yuzasi; R- xalqaning urtacha radiusi. Shu aylantiruvchi moment tufayli xalqa tayanch nuqtasi atrofida soat strelkasi yo’nalishida aylanadi. Xalqaning burilishi teskari ta‘sirli moment hosil qiladi: (25) bu еrda G – yukning og’irlik kuchi; a- yukning og’irlik markazi va tayanch nuqtasi orasidagi masofa, φ – xalqaning burilish burchagi Xalqa muvozanat holatida tuxtaganda ikkala moment ham muvozanatlashadi ()
Bundan xalqaning burilish burchagi va bosimlar farqi urtasidagi nisbat kelib chiqdi: (27) Og’irlik kuchi va xalqaning geometrik hajmi o’zgarmas bo’lgani uchun (27) tenglamani quyidagi shaklda yozish mumkin: Р1 -Р2 =Кsinφ (28) Xalqali difmanometrlar 250 Pa dan 1,6 kPa gacha bo’lgan bosimlar farqi va muhitdagi 25 kPa dan 0,1 Mpa gacha bo’lgan bosimlarni o’lchashga muljallangan. Asboblarning aniqlik sinfi 1 va 1,5. Xalqali asboblarning qalqovichli va qung’iroqli asboblardan afzalligi – uzatish mexanizmidagi zichlantiruvchi qo’rilmalarning yo’qlig’i va asbobning sezgir unsuri suyuqlik zichligiga bog’liq emasligidadir. Xalqali asboblarning kamchiligi – bosimni keltiruvchi naychalarning mavjudligidadir. Bu naychalar o’lchash paytida qushimcha hatolar paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling