Farg‘ona politexnika instituti «ishlab chiqarishda boshqaruv» fakulteti


-mavzu. Amaliyot natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish va amaliyot daftarini rasmiylashtirish


Download 248.25 Kb.
bet9/9
Sana03.12.2023
Hajmi248.25 Kb.
#1797568
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amaliyot XISOBOTI Ibroximov Aburayxon 1111

8-mavzu. Amaliyot natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish va amaliyot daftarini rasmiylashtirish
Tanishuv amaliyoti hisoboti bo’yicha bo’yicha shuni xulosa qilish mumkinki, mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmog’i bo’lmish bank tizimimiz bugungi kun zamon talabiga javob berishi uchun o’z faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni, bank mijozlariga qulayliklar yarata oladigan turli xil zamonaviy chakana xizmatlarni qo’llashi birinchi darajali dolzarb masala hisoblanadi.
Shunday zamonaviy texnologiyalar asosida masofaviy bank xizmatlari, xususan Internet-banking xizmatining faol joriy etilishi eng muhim masalalardan biridir.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan elektron tijorat va elektron to’lovlar imkoniyatlaridan oqilona foydalanilganligi tufayli tijorat ishida hamkorlarni topish, shartnomalarni tuzish, tashqi bozorga tezkor chiqishda keng imkoniyatlar yaratilib, ushbu imkoniyatlar ularning raqobatbardoshligini oshirishda asos bo’lib xizmat qilmoqda. O‘z navbatida, bunday holat milliy iqtisodiyotimizning barqarorligini ta’minlamoqda.
Shunday ekan, ushbu sohani yanada kengaytirish, bank mijozlari uchun qulay imkoniyatlar yaartishda tinmay izlanishlar olib borish lozim, deb o’ylayman. Bizga ma’lumki, har bir sohada raqobat muhiti mavjud, ya’ni banklarimiz mijozlar jalb qilish borasida raqobatlashishadi. shunday ekan, banklarimiz doimo mijozlarga qulaylik yaratib, ularning e’tiborini qozonish maqsadida yangi zamonaviy bank xizmatlarini taklif qilib borishlari zarur.
“Hamkorbank”ni yanada rivojlantirish va yakuniy natijalarga erishish maqsadida quyidagi yo’nalishlarda chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda:

  • bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash bo’yicha ishlarni yanada faollashtirish;

  • ko’rsatilayotgan bank xizmatlari turlarini, raqamli bank xizmatlarini ko’paytirish va sifatini yanada yaxshilash, xususan, bank infratuzilmasini rivojlantirish, ayniqsa, qishloq joylarda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo’llagan holda masofadan turib bank xizmatlarini ko’rsatish ko’lamlarini yanada kengaytirish.

Xalqaro tashkilotlardan jalb qilinishi mumkin bo’lgan mablag’larni yuridik shaxslar va aholi depozitlari oshishi hisobiga kamaytirish va buning oqibatida tashqariga chiqib ketishi mumkin bo’lgan foiz to’lovlarini mamlakat ichida ushlab qolish lozim. Tijorat banklari tomonidan aholi bo’sh pul mablag’larini yuqori foizli, jozibador omonatlarga jalb qilishi bilan bankdan tashqari pul aylanmalarini bankka jalb qilish, aholining investitsion faolligini oshirish va barqaror daromad manbaiga ega bo’lib, turmush tarzini o’sishiga xizmat qiladi.
Respublikamiz iqtisodiyotini rivojlanishi va uning ravnaq topishida banklarning tutgan o’rni katta bo’lib, ular tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar natijasida nafaqat o’zlarini, balki xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishiga yaqindan yordam beradi, hamda takror ishlab chiqarish imkoniyatlarini yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, tijorat banklar iqtisodiyotning muhim moliyaviy “qon tomirlari” hisoblanib, ularning faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish mamlakatning tegishli qonun va me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Mamlakatimizda bu boradagi jarayon doimiy ravishda rivojlanib va takomillashib bormoqda.
Tijorat banklarning funksiyalari haqida gap ketganda, bu jarayonni nafaqat banklar nuqtai nazaridan, balkiuning mijozlari manfaatlaridan ham kelib chiqib so‘z yuritish lozim. Shu jihatdan banklarning funksiyalarini o‘rganishda ularni quyidagi mezonlariga e’tibor qaratish lozim:
makroiqtisodiy darajada, banklar va real sektorishtirokchilari o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar;
banklarning tashkiliy-huquqiy va mulkiy shaklijihatidan amal qilishi (Markaziy bank, tijorat banki, ixtisoslashgan bank va boshqalar).
Shuningdek, alohida qayd etish lozimki, ilmiy-tadqiqot ishimda ta’kidlab o’tilgan barcha masalalar “Hamkorbank” tizimini amaliyoti uchun kelajakda juda muhim ahamiyat kasb etishi ravshan hodisa.
Shunday ekan endilikda aynan yangi raqamli bank xizmatlari joriy etilib, banklar faoliyatining kelajagini tahkil etuvchi tizimlar sifatida katta sahnaga chiqqanda ushbu yuqorida berilgan takliflarning naqadar amaliyotga mos kelishini kuzatishimiz mumkin bo’ladi.
Download 248.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling