Reja:2.Yo’lovchilar oboroti - Passajir oboroti tushunchalarining barisi yuk oboroti tushunchalar bilan bir xil bo'lib, qo'shimcha aniqliklarni talab etmaydi. Aytilganlarga ko'ra passajirlar oborotini sutka soatlari, hafta va oy kunlari, ayrim punktlar, marshrutlar, tuman, shahar va avtobuslar yo'nalishiga bog'lab o'rganishlik zarurati bor.
- Passajirlar oqimi deyilganda bir yo'nalish bo'yicha qatnayotgan passajirlar umumiy miqdori tushuniladi. Passajirlar oqimi tushunchalarining ham barisi yuk oqimi kabi epyura va sxema shakllarida berilib u ma'lum marshrut bo'lagi, marshrut va yo'nalish, tumandagi passajirlar tashish keskinligini bildiradi
Reja:3. Yo’lovchilar oqimi. - Passajirlar oqimini o'rganishda barcha qatnovlarni ikki guruhga bo'lamiz: ishlab chiqarish bilan bog'liq va ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan passajirlar oqimi.
- SHahardagi passajirlar oboroti yil mavsumi, xafta kunlari, sutka soatlari va yo'nalishlar bo'yicha o'zgaruvchanligi bilan xarakaterlidir.
- Fasliy o'zgaruvchanlik ayniqsa kurort shaharlari va yirik madaniy markazlari uchun xarakaterli va ularda yaqqol ko'zga tashlanadi. Bunda passajirlarning eng ko'p miqdori yoz oylariga to'g'ri keladi.
- Hafta kunlari o'zgaruvchanlikdagi eng ko'p passajirlar miqdori dam olish, bayram va bayram oldi kunlari bilan bog'liq bo'ladi.
- Sutka soatlari bo'yicha passajirlar oqimini o'zgarish xarakateri ish boshlanish oldi va ishlar tamom bo'lish vaqti bilan bog'liq.
Reja:3. Yo’lovchilar oqimi. - Avtobus marshrutlarida passajirlar oqimini o'rganishning turli uslublari bor va ular ichida avtobus xaydovchisi to'ldiruvchi chipta-hisob varaqasi ko'rsatgichlariga asoslangan statistika usuli alohida o'rin tutadi. Bu usuldan foydalanish uchun tashish jarayonida passajirlarga sotilgan chiptalar harfi belgisi va tartib raqamlar marshruti boshlang'ich va so'nggi, agar iloji bo'lsa marshrut ichidagi ko'p passajirlar amashish orqali punktida yozilib berilishi lozim. Bunda to'ldirilgan chipta-hisob ko'rsatgichlari har bir reys uchun bo'lishligi shart
Do'stlaringiz bilan baham: |