Farg’ona politexnika instituti Qurilish fakulteti gk va k kafedrasi


Download 0.64 Mb.
bet3/5
Sana20.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1637496
1   2   3   4   5
Bog'liq
Burxonova Maftuna Issiqlik texnikasi

Qatlamli o’txona sxemasi

a-gorizontal panjarali o’txona; b-tashlagichli o’txona; v-zanjirli o’txona; g-zanjirli teskari yo’lli va tashlagichli o’txona; d-tebranib turadigan cho’g’donli o’txona; ye-qiya cho’g’donli o’txona; j-jadal yonadigan o’txona (V.V.Pomerantsov sxemasi); 1-bunker; 2-zanjirli cho’g’don; 3-shlak bunkeri;

Hozirgi paytda qo’lda xizmat ko’rsatiladigan o’txonalar juda kam uchraydi. Ulardan unumdorligi kam (1-2m/soatgacha) bo’lgan qozonlarda foydalaniladi. Faqat ba’zi jarayonlar mexanizatsiyalashgan o’txonalar yarim mexanizatsiyalashgan deyiladi. Bunday o’txonalarda mexanizatsiyalashgan tashlagichlar ishlatiladi, ular juda mashaqqatli ishdan - yoqilg’ini cho’g’donga qo’lda tashlashdan ozod qiladi . Bunday o’txonalarni qo’llash qozon unumdorligini 6,5 – 10m/soatgacha oshirish imkonini beradi. Mexanizatsiyalashgan zanjirli cho’g’donni qo’llash qozonning bug’ unumdorligini 150 m/soat gacha oshirish imkonini beradi . Zanjirli cho’g’don yoqilg’i qatlam – qatlam qilib yoqiladigan hozirgi zamon kuchli o’txona uskunalarining asosiy qismi hisoblanadi

  • Hozirgi paytda qo’lda xizmat ko’rsatiladigan o’txonalar juda kam uchraydi. Ulardan unumdorligi kam (1-2m/soatgacha) bo’lgan qozonlarda foydalaniladi. Faqat ba’zi jarayonlar mexanizatsiyalashgan o’txonalar yarim mexanizatsiyalashgan deyiladi. Bunday o’txonalarda mexanizatsiyalashgan tashlagichlar ishlatiladi, ular juda mashaqqatli ishdan - yoqilg’ini cho’g’donga qo’lda tashlashdan ozod qiladi . Bunday o’txonalarni qo’llash qozon unumdorligini 6,5 – 10m/soatgacha oshirish imkonini beradi. Mexanizatsiyalashgan zanjirli cho’g’donni qo’llash qozonning bug’ unumdorligini 150 m/soat gacha oshirish imkonini beradi . Zanjirli cho’g’don yoqilg’i qatlam – qatlam qilib yoqiladigan hozirgi zamon kuchli o’txona uskunalarining asosiy qismi hisoblanadi

Teskari yo’lli zanjir - panjarali o’txonalarda toshko’mir va qo’ng’ir ko’mirlarni yoqish mumkin. Yoqilg’ini aralashtirish va kul hamda shlakni qisman yo’qotib turish uchun o’txonaga tebranib turadigan cho’g’donlar o’rnatiladi. Bu cho’g’donlar vaqti – vaqti bilan tebranib, shlakning oralarini bo’shatib uni kulxonaga tushiradi. Cho’g’don tebranganda yoqilg’i aralashib yonish yaxshilanadi. Qiya cho’g’donli o’txonalar bug’ unumdorligi 2,5 – 20 m/soat bo’lgan qozonlarda yog’och chiqindilarini yoqish uchun mo’ljallangan. Jadal yonadigan o’txonalar bug’ unumdorligi 6,5 t/soat gacha bo’lgan qozonlarda torflarni yoqish uchun qo’llaniladi. Qatlamli o’txonalarning asosiy kamchiligi yonish yuzasi kichikligi tufayli uning quvvatini cheklanganidadir. Kamerali o’txonalar (mash’alali) changsimon, suyuq va gaz holidagi yoqilg’ini yoqishga mo’ljallangan. Qattiq yoqilg’i maxsus tegirmonlarda kukun holiga keltirilib, havo oqimi bilan birgalikda o’txonaga uzatiladi. Kamerada yoqilg’i muallaq holatda yonadi .Kamerada yoqilg’i bilan birga kiradigan havo birlamchi havo deyiladi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling