Farg’ona politexnika instuti Kimyo-texnalogiya fakulteti kt to’nalishi 72-18 guruh talabasi Yusupov shaxbozning


Download 18.65 Kb.
Sana25.11.2020
Hajmi18.65 Kb.
#151579
Bog'liq
metralogiya


Farg’ona politexnika instuti

Kimyo-texnalogiya fakulteti

KT to’nalishi 72-18 guruh

talabasi Yusupov shaxbozning

Metralogiya , standartlashtirish



va sertifikatlashtirish asoslari “

fanidan

4-Amaliyot mashigining



Xisob varaqasi

Маvzu: Metrologiya bо’yicha asosiy atamalar, kattaliklar va kattalikni о’lchamligi

1. Ishning maqsadi :

Metrologiya bo’yicha asosiy atamalarni izohi hamda asosiy kattaliklar va hosilaviy kattaliklarni keltirib chiqarishni o’rganishdan iboratdir.
2. Savollarga javob:

1. Metrologiya, O’lchashlar birliligi, O’lchash vositalar, Birlik etaloni, Davlat etaloni, Metrologik xizmat, Davlat metrologik nazorati, O’lchash vositalarini qiyoslash, O’lchash vositalarini kalibrlash, O’lchash vositalarini tayyorlash (ta’mirlash, sotish, ijaraga berish)ga litsenziya, O’lchash vositalarini metrologik attestatsiya qilish, Davlat metrologiya nazorati, O’lchov vositalarini tekshiruvdan o’tkazish, Metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish, Yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari, o’lchov vositalarini kalibrlash huquqiga akkreditatsiya qilish, O’lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish, O’lchashlarni bajarish uslubiyoti, O’lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi, Yuridik shaxslarning metrologik xizmati.

2. Asosiy kattalik deb, kо’rilayotgan tizimga kiradigan va shart bo’yicha tizimning boshqa kattaliklariga nisbatan mustaqil qabul qilib olinadigan kattalikka aytiladi. Masalan, masofa (uzunlik), vaqt, temperatura, vorug’lik kuchi kabilar.

Hosilaviy kattalik deb, tizimga kiradigan va tizimning kattaliklari orqali ifodalanadigan kattalikka aytiladi. Masalan, tezlik, tezlanish, elektr qarshiligi, quvvat va boshqalar.

3. Hosilaviy kattaliklarning о’lchamligini aniqlashda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:

Tenglamaning о’ng va chap tomonlarining о’lchamligi mos kelmasligi mumkin emas, chunki, faqat bir xil xossalargina о’zaro solishtirilishi mumkin. Bundan xulosa qilib aytadigan bо’lsak, faqat bir xil о’lchamlikka ega bо’lgan kattaliklarnigina algebraik qо’shishimiz mumkin.

О’lchamliklarning algebrasi kо’payuvchandir, ya’ni faqatgina kо’paytirish amalidan iboratdir.

Bir nechta kattaliklar kо’paytmasining о’lchamligi ularning о’lchamliklarining kо’paytmasiga teng, ya’ni: A, B, C, Q kattaliklarining qiymatlari orasidagi bog’lanish Q = ABC kо’rinishda berilgan bо’lsa, u holda

dim Q = (dim A) (dim B) (dim C).

Birkattalikni boshqasiga bо’lishdagi bо’linmaning о’lchamligi ularning о’lchamliklarining nisbatiga teng, ya’niQ = A/Bbо’lsa, u holda

dim Q = dim A / dim B.

Darajaga kо’tarilgan ihtiyoriy kattalikning о’lchamligi uning о’lchamligini shu darajaga oshirilganligiga tengdir, ya’ni, Q = An bо’lsa, u holda,

dim Q = dim An.

Masalan, agar tezlik v = l/t bо’lsa, u holda

dim v = dim l / dim t = L/T = LT-1.

Shunday qilib, hosilaviy kattalikning о’lchamligini ifodalashda quyidagi formuladan foydalanishimiz mumkin:

dim Q = LnMmTk....,

bunda, L, M, T..., - mos ravishda asosiy kattaliklarning о’lchamligi; n, m, k..., - о’lchamlikning daraja kо’rsatkichi.
Xulosa: Men ushbu amaliy mashgʻulot ishini bajarish davomida juda koʻp maʼlumotlarga ega boʻldim. Toʻplagan maʼlumotlarimni hayotga tadbiq etishda foydalanaman.


Талаба
Гурух

Бажарилган сана

Укитувчининг имзоси

Yusupov Shaxboz

72.18 KT


23.11.2020




Download 18.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling